2-mavzu: Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining ijtimoiy-madaniy masalalari. Reja



Download 38,26 Kb.
bet2/3
Sana08.04.2022
Hajmi38,26 Kb.
#537192
1   2   3
Bog'liq
2-Ma\'ruza. Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining ijtimoiy-madaniy masalalari.

Pedagogik innovatsiyalar deganda, pedagogik yangiliklarni oʻrganish, oʻzlashtirish, ularni baholash, foydalanish va amaliyotga tatbik etish tushuniladi.

Amaliyotchilarni koʻproq yangilanishlarning aniq natijalari tashvishga solsa, olimlarni aksincha faoliyatga tegishli boʻlgan bilimlar tizimi qiziqtiradi.

  1. Tashkiliy innovatsiyalarga taʼlim muassasasini boshqarishning yangi metodlarini amalga oshirish, tashki aloqa oʻrnatish va ish oʻrinlarini tashkil etish tushuniladi. Tashkiliy innovatsiyalar taʼlim muassasasining oʻkuv-tarbiya jarayoni samaradorligiga qaratilgan va maʼmuriy buyruqbozlikdan voz kechadigan faoliyat turidir.

Tashkiliy innovatsiyalar yangi metodlar asosida xodimlarning maʼsuliyati va vakolatidan kelib chiqib ish taqsimotini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Bu esa, oʻz navbatida ishlab chiqarish va yaxlit pedagogik jarayonning takomillashishiga olib keladi. Iqtisodiy innovatsiyalar deganda, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilinishi natijasida, jahon standartlariga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.
Oʻzbekistonda koʻp ukladli bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida, taʼlim sohasida xam iktisodiy innovatsiyalar shakllanmokda.
U kuyidagicha koʻrinishga ega:

  • davlat tomonidan taʼlimni yangi mexanizm asosida moliyalashtirish;

  • taʼlim oluvchilarning oʻz-oʻzini moliyalashtirishi;

  • korxonalar tomonidan taʼlim tizimini moliyalashtirishning yangi mexanizmi;

  • taʼlim tizimida mehnatga haq toʻlashning yangi mexanizmi;

  • taʼlimdagi faoliyat koʻlamini iktisod qilish mexanizmi.

  1. Texnologii innovatsiyalar yukorida keltirilgan pedagogik, tashkiliy va iqtisodiy innovatsiyalar bilan muvofikdashtirilgan va oʻzaro aloqadorlik asosida amalga oshirilsagina, u oʻzining yukori samarasini beradi.

Texnologiya innovatsiyalarni ishlab chiqish va keng tatbik etish, taʼlim jarayonida zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari innovatsion oʻkuv jarayoni rivojlanishining muhim omilidir. Yangi axborot texnologiyalarini oxirgi oʻn yillikdagi takomillashuvi va rivojlanishi taʼlim tizimiga yangiliklarni kirib kelishini tezlashtirdi va kuchaytirdi.
Hozirgi kundagi innovatsion taʼlim tizimida keng tarqalgan texnologiyalarning asosiy turi sifatida kuyidagilarni ajratsak boʻladi:

  • audio va video kassetalar, disklar;

  • telefon;

  • radio va televideniye;

  • elektron pochta;

  • kompyuter oʻrgatish programmalari;

  • Internet;

  • telekonferensiya (audio-konferensiyalar, audio-grafik, video- konferensiyalar, kompyuter konferensiyalari).

S.Turgunovning fikricha, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshkarishda innovatsion salohiyatiga koʻra yangiliklar modernizatsiya, unifikatsiya, faoliyatni takomillashtirish, shaklan oʻzgartirish, rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan modifikatsion innovatsiyalar; oldindan maʼlum boʻlgan metodlarning elementlarini yangi tizimga birikishini nazarda tutuvchi birikkan innovatsiyalar; oʻxshashlikka va umumiylikka ega bulmagan radikal innovatsiyalar innovatsion jarayon- larning asosi sifatida belgilanishi mumkin.
Innovatsiyalarning xususiyatlariga kura ularni turli xil asoslar bilan turlicha tasniflash mumkin, yaʼni bugungi kunda yangilik kiritishning tugallangan tasnifi mavjud emas. Shu bilan birgalikda bizning tadqiqotlarimiz doirasida aniklangan maʼlumotlarga kura, pedagogik jarayonlarni tashkil etishda va samaradorligini taʼminlashda eng avvalo, yangiliklarni pedagogik jarayonlarning qaysi boʻgʻiniga tyogishli ekanligini inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadiʻ.
O.G.Xomeriki oʻquv-tarbiya jarayonining u yoki bu tarkibiy qismi bilan bogʻliqlikda innovaniyalarni quyidagi turlarga ajratib koʻrsatadi:

  1. taʼlim mazmuniga doyr innovatsiyalar;

  2. oʻquv-tarbiya jarayoni metodlari, metodikasi va texnologiyasiga doyr innovatsiyalar;

  3. oʻkuv-tarbiya jarayonini tashkil etishga doyr innovatsiyalar;

  4. taʼlim tizimini boshkarishga doyr innovatsiyalar4 5.

M.M.Potashnik va V.S.Lazarevlar taʼlimda qoʻllanilish koʻlamiga koʻra innovatsiyalarni kuyidagi turlarga ajratib koʻrsatishadi:

  1. lokal, alohida, oʻzaro bogʻlanmagan xususiy innovatsiyalar;

  2. oʻzaro bogʻlangan, xususiy innovatsiyalar majmuini ifoda etuvchi modulliʻ innovatsiyalar;

  3. butun taʼlim muassasasini kamrab oluvchi tizimli innovatsiyalar6.

Yangilikning uzgarish tezligi va yangilik darajasiga koʻra innovatsiyalarning koʻproq detallashtirilgan tasnifini N.Yu.Postalyuk quyidagicha taklif etadi:

  1. Nol rakamli innovatsiyalar - tizimning dastlabki xususiyat- larini regeneratsiya qilish (anʼanaviy taʼlim tizimi yoki uning elementlarini kayta ishlab chiqish).

  2. Birinchi raqamli innovatsiyalar tizimda mikdor oʻzgarishlar kiritish bilan tavsiflanadi. Bunda innovatsiyaning dastlabki sifati oʻzgarmaydi.

  3. Ikkinchi rakamli innovatsiyalar esa, tizim ichidagi elementlarni kayta guruxdashtirish yoki tashkiliy jihatlarini oʻzgartirish bilan tavsiflanadi (masalan, mavjud pedagogik vositalarning yangi koʻrinishi, ketma-ketligini oʻzgartirish, ulardan foydalanish ioidalari va boshqalar).

  4. Uchinchi raqamli innovatsiyalar taʼlim tizimining yangi shart- sharoitlarga moslashuvchan oʻzgarishini oʻzida ifoda etadi.

  5. Toʻrtinchi raqamli innovatsiyalar yangi yechimga ega boʻladi (bular koʻpincha taʼlim tizimining baʼzi tarkibiy qismlari funksiyasini kengaytirishni taʼminlashga karatilgan sifatli sodda, oʻzgarish- lardir).

  6. Beshinchi raqamli innovatsiyalar taʼlim tizimining yangi avlodini yaratishni nazarda tutadi (tizimning barcha yoki koʻpchilik dastlabki xususiyatlarini oʻzgartirish).

  7. Oltinchi raqamli innovatsiyalarni amalga oshirish orqali “yangi turdagi” taʼlim tizimi yaratiladi. Bunda tizim xosil qiluvchi tamoyil saklangan xolda, tizimning funksional xususiyatlari oʻzgaradi.

  8. Yettinchi rakamli innovatsiyalar taʼlim tizimini tubdan oʻzgartirishga karatilgan. Bunda taʼlim tizimining asosiy funksional tamoyili oʻzgaradi va tu tarzda yangi pedagogii tizim hosil boʻladi1.

Pedagogii innovatsiyalarning bunday xilma-xilligi boshkaruv jarayonida ularni anii mezonlar asosida tanlab olishni taqozo etadi. Pedagogii innovatsiyalarni baholashning umumiy jihatlariga kuyidagilarni kiritish mumiin:

  1. baholanayotgan yangiliining dolzarbligi;

  2. yangilikning taʼlim muassasasi rivojining umumiy goyasiga mosligi;

  3. yangilik iiritishning natijaviyligi;

  4. goyaning innovatsion saloxiyati;

  5. goyaning metodik pshlanganligi;

  6. yangilik oʻzlashtirilayoggan muassasaning salox,iyat darajasi;

  7. yangiliiia munosabati boʻyicha turli guruxdagi oʻqituvchilarning kiziqishlari darajasi;

  8. oʻzlashtirish uchun zarur vaqt;

  9. yangi gʻoyani oʻzlashtirish uchun sarflanadigan moliyaviy va moddiy- texnik taʼminot;

  10. tashkiliy shart-sharoitlar;

  11. meʼyoriy-xuquqiy taʼminlanganlik;

  12. pedagogika nazariyasi va amaliyotining soʻnggi yutuqlariga mosligi". 7 8

Pedagogik innovatsiyalarni yuqorida bayon etib oʻtilgan tasniflariga asoslangan holda, Sh.Zufarov tasnifi boʻyicha pedagogika kollejlarida qoʻllanilishi mumkin bulgan pedagogik innova- siyalarning kuyidagi umumlashgan tizimini xosil qilish mumkin:

  1. Ishlab chiqarish munosabatlarining chuqurlashuvi bilan bogʻliqlikda innovatsiyalarni kuyidagi turlarga ajratib kursatish mumkin:

  1. modifitsiyalashgan innovatsiyalar. Masalan, “elektron gurux jurnallari”, “elektron dekanat”;

  2. tuzatish kirituvchi innovatsiyalar. Masalan, “yangi taxrirdagi reyting Nizomi”;

  3. oʻzgartirish kirituvchi innovatsiyalar. Masalan, “internet- taʼlim”;

  4. integrallashgan innovatsiyalar. Masalan, «shaxsga yoʻnalti-rilgan masofaviy taʼlim texnologiyalari».

  1. Taʼlim jarayonining tarkibiy kismlariga munosabatiga kura pedagogik innovatsiyalarni kuyidagi guruxlarga boʻlish mumkin:

  1. taʼlim maqsadi va vazifalari bilan bogʻliq pedagogik innovatsiyalar. Masalan, «identiv oʻquv maqsadlarini oʻkuv vazifalariga aylantirish»;

  2. taʼlim va tarbiya mazmuni bilan bogʻliq innovatsiyalar. Masalan, “taʼlim mazmunini integratsiyalash va differensiyalashtirish”, “axborotlashtirish va prognozlash”;

  3. taʼlimning shakl, metod, vosita va texnologiyalari bilan bogʻliq innovatsiyalar. Masalan, noanaʼnaviy dare shakllari, interfaol metodlar, multimedia vositalari, taʼlimning samarali texnolo­giyalari (modulli taʼlim texnologiyalari, madaniy-insonparvarlik yondashuv texnologiyalari);

  4. taʼlim olganlikni tashxis etish bilan boglik innovatsiyalar. Masalan, oʻquv portfoliolari.

  1. Taʼlim subyektlarining shaxe shakllanishiga munosabatiga koʻra pedagogik innovatsiyalar quyidagi guruxdarga boʻlinadi:

  1. pedagog va oʻkituvchilarning maʼlum bir qobiliyatlarini rivojlantirishga doyr innovatsiyalar. Masalan, birgalikdagi xamkorlikdagi faoliyatni rivojlantirish;

  2. pedagog va oʻkuvchilarning BKM, faoliyat usullari, kompetentligini rivojlantirishga doyr innovatsiyalar.

  1. Pedagogik qoʻllanilish sohasiga koʻra pedagogik innovatsiyalar kuyidagi turlarga bulinadi:

  1. oʻquv jarayonida qoʻllaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, taʼlimning axborot texnologiyalari;

  2. oʻquv kursida kullaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, elektron xarita;

  3. taʼlim soxasida kullaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, taʼlimni demokratlashtirish;

  4. taʼlimni boshkarish sohasida kullaniladigan innovatsiyalar. Masalan. taʼlimning davlat boshkaruvidan davlat-jamoatchilik boshqaruviga utilit i.

  1. Pedagogik jarayon ishtirokchilarining uzaro xarakat turiga kura pedagogik innovatsiyalar kuyidagi guruhlarga boʻlinadi:

  1. jamoada oʻqitishga doyr innovatsiyalar;

  2. guruxdi ukitishga doyr innovatsiyalar;

  3. tyutor lik;

  4. fatsilitatorlik;

  5. repetitorlik.

  1. Funksional imkoniyatlariga koʻra pedagogik innovatsiyalar kuyidagi turlarga boʻlinadi:

  1. shart-sharoit bnlan boglik innovatsiyalar (taʼlimiy muxitni oʻzgartirishni taʼminlaydi, ijtimoiy-madaniy shart-sharoit va boshkalar);

  2. mahsulot kurinishidagi innovatsiyalar (pedagogik vositalar, loyixalar, texnologiyalar).

  3. boshkaruvga doyr yangiliklar kiritish.

  1. Amalga oshirish usullariga kura pedagogik innovatsiyalar kuyidagi turlarga boʻlinadi:

  1. rejali pedagogik innovatsiyalar;

  2. tizimli pedagogik innovatsiyalar;

  3. davriy pedagogik innovatsiyalar;

  4. stixiyali pedagogik innovatsiyalar;

  5. tasodifiy pedagogik innovatsiyalar;

  6. oʻz-oʻzidan yuzaga keluvchi pedagogik innovatsiyalar.

  1. Makonga yoʻnalganligiga koʻra pedagogik innovatsiyalar kuyidagi turlarga boʻlinadi:

  1. aloxida pedagog faoliyatiga doyr pedagogik innovatsiyalar;

  2. pedagoglarning metodik birlashmasiga doyr pedagogik innovatsiyalar;

  3. alohida taʼlim muassasasi faoliyatiga doyr innovatsiyalar;

  4. tuman, shahar, viloyat, respublika mikyosidagi pedagogik innovatsiyalar;

  5. xalkaro miqyosdagi pedagogik innovatsiyalar.

  1. Ijtimoiy-pedagogik axamiyatiga kura pedagogik innovatsiyalar kuyidagi turlarga boʻlinadi:

1) aloxida taʼlim muassasalariga doyr pedagogik innovatsiyalar;
2) anik kasbiy-tipologik gurux pedagoglariga xos pedagogik innovatsiyalar.

  1. Novatorlik tadbirlari kulamiga kura pedagogik innovatsiyalar kuyidagi turlarga boʻlinadi:

  1. lokal;

  2. ommaviy;

  3. global.


Download 38,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish