2-mavzu. Ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi. Reja


Falsafa kategoriyalarining tasnifi



Download 40,7 Kb.
bet4/7
Sana06.07.2022
Hajmi40,7 Kb.
#749728
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Маъруза

Falsafa kategoriyalarining tasnifi. Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi.
Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so‘zlar bilan ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan o‘zlashtiriladi, ba’zan ular mazkur hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma’lum bo‘lmagan hodisani ifodalash uchun sun’iy tarzda yaratilgan so‘zlar – neologizmlar ham ancha ko‘p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o‘laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya’ni erkin talqinga yo‘l qo‘ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo‘ladi.
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‘rganar ekan, albatta o‘z kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog‘liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o‘zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma’lum darajada umumiy bo‘lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo‘llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‘lgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi
Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas.
Falsafiy kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh vazifasi hisoblanadi. Falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va o‘zlashtirish usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan metodologiyasini, umuman borliqni, ayniqsa inson borlig‘ini tushunish me’yorlarini yaratish orqali normativ funksiyani ham bajaradi.
Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin.
1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya, borliq va yo‘qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z kategoriyalar apparatiga egadir.
3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo‘limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha’n va qadr-qimmat, hayot ma’nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz.
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik.
Biz munosabatdosh kategoriyalarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Umumiylik, yakkalik, xususiylik kategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi hisoblanadi.
Yakkalik – faqat mazkur ob’ektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya.
Umumiylik ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan o‘xshashligini belgilovchi xossalar bilan ifodalanadi.
Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – atoqli ot bilan ifodalanadi. Falsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o‘xsh
Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo‘lgan va umumiyga nisbatan yakka bo‘lgan narsa yoki hodisa. Masalan: modda (qonun moddasi) – yakka; qonun – xususiy; huquq - umumiy. «Qonun» tushunchasi «modda» tushunchasiga nisbatan umumiydir. O‘z navbatida «qonun» tushunchasi «huquq» tushunchasiga nisbatan yakkalikni aks ettiradi.
Yakkalik, umumiylik va xususiylik kategoriyalari bilish jarayonida uning tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o‘ynaydi.
Mohiyat va hodisa. Mohiyat – ob’ektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga xos bo‘lgan qonuniyatlarini belgilaydi. Hodisa – bu narsada, jarayonda qarshimizda bevosita namoyon bo‘luvchi xossalar, tomonlar yig‘indisini ifodalash uchun mo‘ljallangan kategoriya.
Mazmun va shakl. Mantiqda mazmun tushunchasi uning muhim belgilari majmuini anglatadi. Falsafada mazmun narsaning negizini tashkil etadigan, uning mavjudligi, rivojlanishi va shakllarining o‘zgarishini belgilaydigan qismlar, elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. Ko‘rib turganimizdek, mantiq va falsafadagi mazmun tushunchalari bir-birini istisno etmaydi, balki bir-birini to‘ldiradi. Demak, mazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi elementlar, tomonlar, xossalar, aloqalar va tendensiyalarning yig‘indisi.
Shakl – narsaning tuzilishi, strukturasini, mazmun elementlarining uyushish, bir-biri va tashqi omillar bilan o‘zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa. Shaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o‘tadi. Shakl tufayli jism jism bo‘la oladi.
Butun va qism. O‘zaro bog‘langan soddaroq narsalardan tashkil topadigan har qanday predmetning murakkab tuzilishini ifodalovchi falsafiy kategoriyalarning ayrim nisbatan ajralmas majmuani tashkil etadi.
Butun o‘zini tashkil etuvchi qismlarning birligidir. U o‘z qismlarining o‘zaro aloqasi tufayli mavjud bo‘lib, bu aloqaning barqarorligi mazkur butunning tuzilishida o‘z ifodasini topadi.
Butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashuvi va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasi.
Qism – butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalik. Masalan, yaxlit bir butun sifatidagi H2O molekulalarining qismlari – vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. Butun o‘z qismlarining oddiy yig‘indisidan iborat emas. Ma’lumki, vodorod yonadi, kislorod yonishni quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to‘sqinlik qiladi.

Sistema, element struktura. Butun va qism kategoriyalarini sistema, struktura, element kategoriyalari to‘ldiradi va rivojlantiradi.


Hozirgi talqinda sistema muayyan yaxlitlikni tashkil etuvchi qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo‘lgan elementlarning organik to‘plami sifatida tavsiflanadi. Sistema (yunon. systema – birlashtirish, yaratish) – bir-birining o‘rtasida qonuniy bog‘lanish yoki o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgan muayyan elementlar yig‘indisi. Har qanday sistemaning strukturasi avvalo uning tarkibiy elementlariga bog‘liq. O‘z navbatida, elementlarning xossalari ham ko‘p jihatdan o‘zlari hosil qilgan sistemaning strukturasi bilan belgilanadi. Sistema va element tushunchalari butun va qism kategoriyalariga yaqin turadi. Ammo ular ayniy tushunchalar emas.
Element –(lot. elementum – birlamchi modda) – butunning nisbatan bo‘linmas qismi. Qism tushunchasi o‘z hajmiga ko‘ra «element» tushunchasidan kengroq, chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo‘linmas qism. Element narsaning boshqa bo‘linmaydigan zarrasini anglatuvchi kategoriya. Xususan, modda atomlardan tashkil topadi va atomlar moddaning elementlari hisoblanadi. Ammo bizga ma’lumki, atom parchalanadi. Nima uchun biz elementar zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? Shuning uchunki, elementar zarralar moddaning emas, balki turli-tuman maydonlarning elementlari hisoblanadi.
Struktura (lot. struktura – tuzilish, joylashuv, tartib) sistemaning tuzilishi va ichki shakli, mazkur sistema elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligi. Struktura narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy aloqa usuli.
Sabab va oqibat. Qanday voqea yuz bermasin, barchasining o‘z sababi bor. Sabab (lot. causa – sabab) shunday bir hodisaki, u boshqa bir hodisaning oqibatini bevosita belgilaydi, yuzaga keltiradi. Sababiyat mohiyatini bir hodisaning boshqa hodisani yuzaga keltirishi, sababning oqibatni yaratishi tashkil etadi.
Yuz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi.
Dunyoda barcha hodisalar, o‘zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. Sababiyat qonuni dunyoda barcha hodisalar sababiy belgilangan degan qoidaga asoslanadi. Sababiyat qonunini tan oluvchi va uni borliqning barcha hodisalariga tatbiq etuvchi faylasuflar deterministlar deb, sababiyat qonunini inkor etuvchi faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi.
Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir sabab ko‘plab oqibatlarga sabab bo‘lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko‘p sonli sabablar yotishi mumkin. Ayrim sabablar cheksiz oqibatlar zanjirining ilk manbai hisoblanadi. Ba’zi bir sabablar «zanjir reaksiyasi» ko‘rinishini kasb etishi, ya’ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o‘z navbatida, ikki yoki undan ortiq oqibatga sabab bo‘lishi mumkin.
Bahona va shart. Sabab, bahona va shartni farqlash lozim. Bahonani sub’ektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqea yoki sherikning harakati o‘zining, odatda, noto‘g‘ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi. SHartlar-amaldagi yoki ehtimol tutilgan sababning mavjudlik muhitini tashkil etadigan ichki omillar va tashqi munosabatlar majmuidir. Sabab-oqibat munosabatlari tizimida shartlarning amaldagi ahamiyatini tushunish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Fuqaro A. xotini suzishni bilmasligidan xabardor bo‘lgani holda, undan qutulish uchun uni dengiz bo‘ylab sayohatga yuboradi. Oqibatda xotini suvga cho‘kib o‘ladi. Erning harakatlari xotin o‘limining sababi hisoblanadimi? Bu misol shartlar o‘z holicha oqibat sababi bo‘la olmasligini, lekin sababning amalga oshishiga ko‘maklashadigan yoki monelik qiladigan omil hisoblanishini ko‘rsatadi.
Zaruriyat va tasodif. Zaruriyat- bu hodisalar o‘rtasidagi ularning qonuniy o‘zgarishi va rivojlanishini belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar. Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin turadi, muqarrar tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, nosoz tormoz muqarrar tarzda avtomobil halokatiga, uning yo yaqinroqdagi narsalar, yo harakatlanayotgan boshqa avtomobillar bilan to‘qnashuviga olib keladi yoki u piyodani urib ketishiga sabab bo‘ladi.
Ammo dunyoda hamma narsa zaruriyat sifatida paydo bo‘ladimi? Yo‘q, dunyoda tasodifiy voqealar, hodisalar ham bor.
Tasodif – ob’ektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini yoki muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; soddaroq qilib aytganda muayyan sharoitda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lgan narsa tasodifiy hisoblanadi. Tasodif voqelikning asosan tashqi sharoitlar, yuzaki, beqaror aloqalar va mazkur hodisa uchun ikkinchi darajali omillar ta’sirida paydo bo‘luvchi holatlarini aks ettiradi. Tasodif zamirida narsaning mohiyati emas, balki unga boshqa narsalar va hodisalarning ta’siri yotadi. Tasodif yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan narsa sifatida ta’riflanadi.
Imkoniyat va voqelik. Imkoniyat-narsaning uning tugallanmagan, potensial rivojlanishidagi ob’ektiv mavjud bo‘lgan va ichdan belgilangan holatini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha. Har bir vaziyatda imkoniyatlarning muayyan to‘plami mavjud bo‘lib, ulardan biri amalga oshgani boshqalari chetda qolganini anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi» va amalga oshish xususiyatiga ichdan zarur tendensiyalarga nisbatan tasodifiy hisoblangan sharoitlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu sababli voqelik doim ichki va tashqi, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodifning dialektik birligidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy rivojlanish va tabiatning o‘zgarishi sohasida imkoniyatning voqelikka aylanishi kishilarning ongli yo‘l tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi.
Ammo imkoniyat qanday ob’ektiv asoslarga ega bo‘lsa, imkonsizlik ham shunday ob’ektiv asoslarga egadir. Imkonsizlik – ikoniyatga zid tushuncha. Imkonsizlik tushunchasi ikki xil ma’no kasb etadi. Birinchisi – predmetning tabiatiga mos kelmaydigan narsa bo‘lishi mumkin emas. Masalan, arpa urug‘idan bodring etishtirish mumkin emas. Imkonsizlik tushunchasining boshqa bir ma’nosi imkoniyat va zaruriyat kategoriyalarining munosabatlari bilan bog‘liq. Zaruriyat va imkoniyat – bir zanjir bo‘g‘inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati uning boshqa bir holati bo‘lishi mumkinligini belgilaydi. Ammo predmetning rivojlanishida, odatda, ko‘p sonli muqobil imkoniyatlar mavjud bo‘lgani bois, ulardan birini tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir imkoniyatning ro‘yobga chiqishi qolgan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish imkonini bermaydi. Tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o‘ylamasdan sodir etgan qilmishidan afsus chekmagan odam topilmasa kerak. Ba’zan imkonsizlik boy berilgan imkoniyat tarzida mavjud bo‘ladi. Bu holda imkoniyat imkonsiz bo‘lmagan narsa sifatida va ayni vaqtda zarur bo‘lmagan narsa sifatida namoyon bo‘ladi.
Voqelik – amalga oshgan, aktuallashgan borliqni tavsiflovchi falsafiy kategoriya: voqelik amalga oshgan imkoniyat hisoblanadi.
Voqelik tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, voqelik – bu mavjud borliq, biz yashayotgan dunyo, uning ongimizdagi in’ikosidir. Voqelik tushunchasi ayrim predmetning borlig‘iga ham tegishlidir. Bu ma’noda u ob’ektning holatini tavsiflovchi mazkur lahzadir. Ikkinchidan, voqelik ro‘yobga chiqqan imkoniyat sifatida tavsiflanadi. Bu ma’noda voqelik tushunchasi imkoniyat kategoriyasining nisbatdoshi hisoblanadi. Ular bir-biriga o‘tuvchi qarama-qarshiliklardir. Imkoniyat potensial, voqelik esa aktualdir. Imkoniyat – abstrakt va mazmun jihatidan qashshoq tushuncha. Voqelik – muayyan va mazmunan boy tushuncha, chunki u ko‘p sonli xossalar, individual betakror jihatlarni o‘z ichiga oladi.

Download 40,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish