Iskandar — bu CHirchiqdan birinchi suv oluvchi kanalning nomi. 1889 yili bu kanal o`rnida kichik bir «sart» arig`i bo`lgan, bu ariqni podsho Aleksandrning qarindoshi Konstantin Romanov qayta qurdirib, unga «Oq podsho» Aleksandr nomini qo`ydiradi. U joy obo donlashtirilib, axoli yashaydigan joyga aylantiriladi va erli xalq odatiga ko`ra Aleksandrni Iskandar deb yurita boshlaydilar. Hozirgi kunga qadar ham shu nom bilan yuritilib kelinmoqda.
Betagali — Toshkent viloyatida Betagalisoy, Betaga-li degan joylar mavjud. Betaga so`zi mayda o`t demakdir. Bu o`t buta-buta, ya`ni to`p-to`p bo`lib o`sadi. ehtimol, butaka so`zi vaqtlar o`tishi bilan «betaga» bo`lib ketgandir. Bobur aytgandek, betagani ayniqsa yilqi yaxshi ko`radi. Betaga egan yilqi yaxshi semiradi. Betagali yaylovda yurgan biyalarning qimizi yog`li va yoqimli bo`ladi. Betagalisoy va Betagali — Qo`ytosh degan joylarda hali ham yilqilar boqiladi.
Sirdaryo va Farg`ona viloyatlarida ham Betagali — Qo`ytosh degan yaylov va yassi tog` bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |