Reja 1. O’lchash to’g’risida umumiy ma’lumotlar;
2. O’lchash tasnifi;
3. O’lchash usullari.
O’lchash – tajriba yo’li bilan moddiy obyektlarning ixtiyoriy miqdoriy tavsiflarini olish.
O’lchash jarayoni o’zida maxsus texnik vositalar yordamida tajriba orqali fizik kattaliklarning qiymatlarini topish jarayonini namoyon etadi.
Ko’pgina hollarda o’lchash jarayonida o’lchanayotgan kattaliklarni son qiymati 1 ga teng va fizik kattalikning birligi yoki o’lchov birligi deb ataluvchi boshqa kattaliklar bilan solishtirish amalga oshiriladi.
O’lchash natijasi – bu kattalikni o’lchash natijasida, masalan uni o’lchov birligi bilan solishtirish orqali topilgan son qiymati. O’lchashning asosiy tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega:
(1.1)
bu yerda Q – o’lchanayotgan fizik kattalik; q – o’lchov birligi; R – o’lchash natijasi yoki o’lchanayotgan kattalikning son qiymati.
Fizik kattalikning birligi – fizik kattalikning bir xil tabiatli fizik kattaliklarni miqdoriy baholash uchun asos sifatida qabul qilingan o’lchami. Fizik kattaliklarning birliklarini xalqaro masshtabda unifikatsiyalash maqsadida Xalqaro birliklar tizimi SI yaratilgan.
O’lchanayotgan fizik kattaliklarning son qiymatini olish usuliga ko’ra barcha texnik o’lchashlarni bevosita (obyekt bevosita o’lchov birligiga ega vositaga qo’yilgan hollarda, masalan chizg’ich yordamida uzunlik o’lchanganda) va bilvosita turlarga ajratish mumkin. Bilvosita o’lchash usulida kattalikning son qiymati o’lchanayotgan kattalik bilan quyidagicha bog’liqlikka ega bo’lgan bevosita o’lchash natijalari asosida topiladi:
(1.2)
bu yerda y – qidirilayotgan kattalik; x1 , x2 ,…, xn – bevosita o’lchash usuli orqali o’lchanayotgan kattalikning son qiymatlari.
Bilvosita o’lchash usuliga jismlarni zichligini massa va hajmni o’lchash natijalari orqali aniqlashni, o’tkazgichlarning solishtirma elektr qarshiligini ularning qarshiligi, uzunligi va ko’ndalang kesim yuzasi orqali aniqlashni, chuqurlikni exolot yordamida o’lchashlarni misol keltirish mumkin.
Tajribaviy amaliyot va ilmiy izlanishlarda shuningdek umumiy va qo’shma o’lchash usullari ham mavjud bo’lib, bu o’lchash usullari ishlab chiqarish sharoitlarida mikroprosessorli vositalarning kiritilishi bilan amalga oshiriladi.
O’lchash natijalariga vaqt, o’lchash joyi, o’lchayotgan shaxs va boshqalarning ta’sir ko’rsatmasligi uchun o’lchashlarning bir xilligini ta’minlash zarur.
Buning uchun quyidagilar kerak:
o’lchov birligi (masalan, SI tizimi);
etalonlar;
o’lchash vositalari (ishchi va namunaviy asboblar);
tekshirish sxemasi – turli darajadagi ishchi va namunaviy o’lchash vositalarini birgalikda ishlash tartibini reglamentlashtiruvchi hujjat.
O’lchash o’lchash prinsipini belgilovchi fizik hodisalarga asosida amalga oshiriladi. Masalan, haroratni o’lchash moddalarning kengayishi asosida; bosimni o’lchash muvozanatlashuvchi suyuqlik ustunlarining balandligi bo’yicha amalga oshiriladi. Umumiy va qo’shma o’lchashlarda aniqlanayotgan kattalik bevosita usul orqali o’lchanayotgan kattalikning tenglamalar tizimiga bog’liq bo’ladi. Umumiy o’lchash usulida tenglamaga bir xil nomdagi kattaliklar kiritiladi.