2-Mavzu. O’lchash vositalari va tizimlari. Reja O’lchash to’g’risida umumiy ma’lumotlar; 2



Download 50,86 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi50,86 Kb.
#902652
1   2   3   4
Bog'liq
2..-Ma\'ruza(1)

O’lchash tasnifi.

U yoki bu o’lchash prinsiplarini amalga oshirish uchun turli xil texnik vositalar qo’llaniladi.
O’lchashlarda qo’llaniladigan va meyorlashtirilgan metrologik xossalarga ega bo’lgan texnik vositalar o’lchash vositasi deb ataladi.
O’lchash vositalari va prinsiplarini belgilovchi qoidalar to’plamiga o’lchash usuli deyiladi.
Texnik o’lchashlarda bevosita baholash, differensial va kompensasion (nolli) usullar keng tarqalgan. Bevosita baholash usulida o’lchanayotgan kattalikning qiymati bevosita o’lchash asbobining hisoblash qurilmasi yoki bevosta ishlovchi o’zgartirgichning signali orqali aniqlanadi. Bu usul masalan, bosimni prujinali manometr bilan, tok kuchini ampermetr bilan, haroratni qarshilik termoo’zgartirgichlari bilan o’lchashda qo’llaniladi.
Differensial usulda o’lchash asbobiga kattalikning o’lchanayotgan va asosiy (ma’lum) qiymatlarining farqi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, massasi bir kilogrammdan ortiq bo’lgan jismlarning massasini tarozi toshlaridan foydalanib o’lchash va o’lchash diapazoni bir kilogrammgacha bo’lgan ko’rsatuvchi tarozilarda o’lchashlar. Bunday usul o’lchashlar farqini hatto yuqori aniqlikka ega bo’lmagan asboblar bilan o’lchaganda ham yetarlicha aniq natijalarni olish imkonini beradi. Biroq buning uchun kattalikning asosiy (ma’lum) qiymati yuqori aniqlikda bo’lishi va o’lchanayotgan kattalik qiymatiga juda yaqin bo’lishi kerak.
Kompensasion (nolli) usulda o’lchanayotgan kattalik qiymati yuqori aniqlik bilan oldindan ma’lum bo’lgan kattalik bilan kompyesasiyalanadi, ya’ni ular o’rtasidagi farq ma’lum kattalikning o’zgarishi hisobiga nolga keltiriladi. Ushbu usulda qo’llaniladigan o’lchash asbobi (nol-asbob) faqatgina ikkita kattalik o’rtasida tenglik o’rnatilganligi yoki ularning farqi nolga tengligini ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Ushbu usulga misol sifatida termo – e.Y.k. ni o’lchash va qarshilikni muvozatlashuvchi ko’prik yordamida o’lchashni keltirish mumkin. Kompensasion usul o’lchanayotgan kattalik muvozanatlashuvchi ma’lum kattalikning aniqligi va nol-asbobning sezgirligiga qo’yilgan aniqlik darajasi bilan belgilanuvchi yuqori o’lchash aniqligini ta’minlaydi.
O’lchash vositalari boshqa texnik qurilmalardan farqli ravishda meyorlashtirilgan metrologik xossalarga, ya’ni o’lchash natijalarining aniqligi va ishonchligini belgilovchi xossalar va kattaliklarning ma’lum son qiymatlariga ega.
O’lchash informasiyasi signalini kuzatuvchi bevosita qabul qilishiga qulay shaklda chiqaruvchi o’lchash vositasi o’lchash asbobi deb ataladi.
O’lchash asbobidan foydalanib kuzatuvchi o’lchanayotgan kattalikning son qiymatini o’qishi yoki hisoblashi mumkin. O’lchash asboblari analogli va raqamli bo’ladi. Analogli o’lchash asbobidagi ko’rsatish o’lchanayotgan kattalikning o’zgarishini uzluksiz funksiyasi hisoblanadi. Raqamli o’lchash asbobida ko’rsatish o’lchash informasiyasi signalini diskret o’zgartirish natijasi hisoblanuvchi raqamli shaklda beriladi.
O’lchash asboblari ko’rsatuvchi va qayd qiluvchi turlarga bo’linadi. Ko’rsatuvchilarida – qiymat shkala yoki raqamli tabloda aks ettiriladi. Qayd qiluvchilarida esa ko’rsatilayotgan qiymatlar diagrammali qog’ozga raqamli yoki uzluksiz shaklda bosiladi yoki informasiya shaklida xotira qurilmasida saqlanadi. O’lchash asboblarida o’lchanayotgan kattalikni vaqt yoki boshqa mustaqil o’zgaruvchi bo’yicha integrallash kabi turli o’zgartirishlarni amalga oshirish mumkin.
O’lchash informasiyasi signalini uzatish, qayta ishlash yoki saqlash uchun qulash ko’rinishda ishlab chiqishga mo’ljallangan, lekin kuzatuvchi bevosita qabul qilishi uchun uzatmaydigan o’lchash vositasiga o’lchash o’zgartirgichi deyiladi.
Inson o’zining sezgi organlari bilan o’lchash o’zgartirgichining signalini qabul qila olmaydi. O’lchash informasiyasining uzatilishi o’zgartirgichning chiqish signali parametrini informativ o’zgarishi bilan amalga oshiriladi. Differensial-transformatorli o’zgartirgichda o’zak holatining o’zgarishi transformatorning ikkinchi chulg’ami chiqishidagi o’zgaruvchan tok signalining amplitudasini o’zgarishiga proporsional ravishda mos keladi.

Download 50,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish