Haydashda hosil bo’luvchi qo`shimchalar (xvostlar).
Neftni
atmosfera
bosimida
haydash
texnologiyasi
Neftni haydash jarayoni asosan, uni ma’lum
haroratgacha qizdirib, tarkibidagi uglevodorodlarni bug‘
holatga o‘tkazib, keyin sovutish natijasida suyuq holatga
ya’ni distillyatlar va qoldiq hosil qilishdir. Haydash
vaqtida qaynash haroratlari bilan farq qiladigan ikki
komponentdan tashkil topgan aralashma t
1
qaynash
haroratigacha qizdiriladi. Bunda oson qaynaydigan
mahsulot bug‘lanadi va tizimdan chiqarilib sovutiladi.
Distillyat va qoldiqni toza holda ajratib olish uchun
haydash jarayonini bir necha marta qaytarish kerak.
Buning uchun rektifikatsiya jarayonidan foydalaniladi.
Rektifikatsiya jarayoni maxsus tarelkalar bilan
jihozlangan kolonna tipidagi vertikal silindrik shakldagi
qurilmada olib boriladi. Rektifikatsiya jarayonida
qarama - qarshi harakatlanayotgan bug‘ va suyuq
fazalar ko‘p marta bir-birlari bilan to‘qnashadi, bug‘ faza
past haroratda qaynaydigan komponent bilan, suyuq
faza yuqori haroratda qaynaydigan komponent bilan
boyitiladi.
Neftni birlamchi haydash atmosfera sharoitida,
qoldiq qismi esa vakuumda haydaladi. Haydashdan
hosil
bo‘lgan
distillyatlar
tarkibidan
engil
komponentlarni ajratish uchun “o‘ta qizdirilgan bug‘”
ishlatiladi. Suv bug‘ining sarfi atmosfera kolonnasi
uchun neftga nisbatan 1,5-2,0 % (mass), bug‘latuvchi
kolonnada esa 2,0-2,5 % (mass) ni tashkil etadi.
Neftni atmosferali haydash qurilmalarida asosan
neftdan yoki neft aralashmasidan to‘rt distillyatli
fraktsiyaga va qoldiq mazutga ajratiladi. Uglevodorodli
gazlar va vodorod sulfidli gazlar yonaki mahsulot
hisoblanadi. Qurilmaning texnologik sxemasi 4.12 -
rasmda tasvirlangan.
Xom-ashyo ikki karra bug‘latishda ikki kolonnali
(birinchisi oddiy, ikkinchisi murakkab) qurilma
texnologik tizimini ko‘rib chiqamiz. Neft birinchi
rektifikatsion kolonnaga kelguncha bir yoki bir necha
oqimda issiqlik almashtirgichlarda 200-220°C haroratda
qizdiriladi. Birinchi kolonna yuqori mahsulotlari engil
benzin va kam miqdordagi gaz hisoblanadi. Qolgan
distillyatlar ikkinchi kolonnada olinadi. Har ikkala
kolonna uchun umumiy holda quvurli pech xizmat
qiladi.
Oddiy kolonna yuqorisidan ajraluvchi engil benzin
bug‘lari (oxirgi qaynash harorati 160°C gacha bo‘lgan
fraktsiyalar) 3 - havoli sovutgichda kondensastiyalanadi,
so‘ngra kondensat va gazlar 4 - suvli sovutgichda
sovutiladi va 5 - gaz separatorida ajratiladi. Bu erdan 7 -
nasos yordamida barqarorlashtirish blokiga yoki
ikkilamchi haydashga yuboriladi. Engil benzinni bir qismi
2 - kolonna yuqori tarelkasiga sovuq sug‘orish sifatida
qaytariladi. Qisman benzinsizlantirilgan neft 2 - kolonna
pastki qismidan 1 - nasos yordamida 6 - zmeevikli
pechga kiritiladi. Pechda bug‘-suyuqlik holatida (330-
360°C) qizdirilgan neft asosiy 14 - rektifikatsion
kolonnaga beriladi. Pechda qizdirilgan neftning bir qismi
2 - kolonnada retsirkulyat sifatida qo‘llaniladi. Kolonna
yuqorisidagi mahsulot benzin fraktsiyasi bo‘lib, uni 2 -
kolonnadan olingan benzin bilan taqqoslaganda biroz
og‘irdir. 14 - kolonna bo‘ylab chiqayotgan benzin
bug‘lari, shuningdek, suv bug‘lari 15 - havoli
sovutgichda
kondensatsiyalanadi.
16
-
suvli
sovutgichdan so‘ng 17 - gaz separatorida gaz, benzin va
suvga ajratiladi. Suyuq benzin fraktsiyasi 22 - nasos
yordamida ikkilamchi haydashga beriladi, bir qismi esa
14 - kolonnani yuqori tarelkasiga “sovuq sug‘orish”
sifatida qaytariladi. Bug‘latuvchi kolonnalar 18 va 19
orqali 20 va 21 nasoslar yordamida 140°C - 240°C va 240
-350°C (yoki 140-220°C va 220-350°C) da qaynovchi
fraktsiyalar chiqariladi. Birinchisi kerosin fraktsiyasi
issiqlik almashtirgich 23, havoli sovutish qurilmasi 24 va
suvli qobiq quvurli sovutgichdan so‘ng qurilmadan
chiqariladi. Ikkinchi dizel yoqilg‘isi isiqlik almashtirgich
26, sovutgich 27 va 28-suvli sovutgichdan so‘ng
qurilmadan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |