qaynovchi – 60, 60-95, 95-122, 122-150, 150200°C fraktsiyalar standart sifatida
ajratib olinadi. So’ngra, qisman bosimi 135,3-666,5 Pa vakuum ostida (1÷5 mm.
sim. ust) o’rta fraktsiya 200-250, 250-300 va 300-350°C ajratib olinadi.
Vakuumdagi qaynash harorati bilan atmosfera bosimi ostidagi qaynash harorati
o’rtasida bog’liqlikni hisobga oluvchi maxsus hisoblash formulasidan yoki
nomogrammalardan ko’p hollarda UOP – nomogrammasidan foydalaniladi.
Moy fraktsiyalarini ajratish uchun nasadkali apparatlar o’rniga fraktsiyalarni
550°C haroratgacha parchalamaydigan gidravlik qarshiligi kichik bo’lgan aylanma
harakat qiluvchi rotorli kolonkalardan foydalaniladi. Yuqori haroratda qaynovchi
moy fraktsiyalarni ajratish uchun molekulyar haydash usulidan foydalanish
mumkin. Bu jarayon chuqur vakuum sharoitida borib, (qoldiq bosim 0,1 Pa) bunda
bug’lanish va kondensatsiyalanish orasidagi masofa (1030 mm) molekulaning erkin
harakatlanish masofasidan kichik bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda bug’langan
molekulalar o’zaro to’qnashmay kam energiya sarflab kodensatorga yetib oladilar.
Zamonaviy rotorli sirtiy jihozlar qaynash harorati 650°C gacha bo’lgan
fraktsiyalarni parchalamay ajratib olishga imkon yaratdi. Benzin fraktsiyalarining
yaxlit holdagi uglevodorodlarini ajratib olish uchun har xil bosimdagi
rektifikatsiyalash usulidan foydalaniladi. Qaynash harorati bir-biriga yaqin bo’lgan
uglevodorod aralashmalar masalan, C
8
–alkenlarni ajratish uchun yuqori tartibli
ixcham holatda rektifikatsiyalash usulidan foydalaniladi. Misol tariqasida yuqori
haroratda qaynovchi O–kisilol izomerini ajratish uchun (M – kisilol va O – kisilol
bu juft komponentlarning nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyenti – α, 180°C haroratda
farqi 1,135 ga teng) likopchalari 100-150 tadan iborat bo’lgan rektifikatsion
kolonkalardan foydalaniladi. Bu kolonnaning sug’orish karraligi (5÷8):1 ga tengdir.
Neft mahsulotlarini haydash usuli bilan ajratish, ularning qaynash haroratidagi
farqqa asoslangandir. Haydash usulida bir-biriga aralashadigan suyuq moddalarni
yoki suyuq neft mahsulotlarni qattiq moddalardan (ularning eritmalarida) ajratiladi.
Haydash usulida 120
0
–130°C qaynaydigan moddalarni tozalashda yoki bir-biridan
ajratishda suv sovutkichlardan shiddat bilan o’tkaziladi, 130°C dan yuqori haroratda
qaynaydigan moddalarni tozalash va ajratishda suv sovutkichidan suvni sekinlik
bilan o’tkazamiz. Aks holda harorat farqi kattaligi natijasida moddalarni ajratishda
va havo sovutkichlardan – oddiy shisha naylardan foydalaniladi. Moddalarni
qaynash harorati orasidagi farqi katta bo’lsa, ularni oddiy haydash usuli bilan ajratib
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: