2-Mavzu. Mustaqillik yillarida zargarlik


-Mavzu. Mustaqillik yillarida qurilgan maqbara va masjidlar



Download 0,9 Mb.
bet5/6
Sana13.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#548722
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalq san\'ati

8-Mavzu. Mustaqillik yillarida qurilgan maqbara va masjidlar

Reja:



  1. Mustaqillik yillarida qurilgan maqbaralar

  2. Mustaqillik yillarida qurilgan masjidlar

  3. Mustaqillik yillarida maqbara va masjidlarga e’tibor

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Insoniyat uchun barcha e’zozda bo’lgan omillar qadriyat sanalib kelinadi. Uning tarkibida millatning ma’naviy boyliklari hisoblanmish axloqiy qoidalar, an’ana-yu bayramlar, udumlar bilan bir qatorda moddiy qadriyatlari ham hurmatga musharraf hisoblanadi. Ammo davr, tuzum nuqtai nazaridan ularga doim ham bir xil munosabat bildirilmaydi. Ajdodlarimizdan me’ros qolgan tarixiy inshootlar: madrasa-yu maqbaralar, masjidlar ham asrlar davomida turli sinovlardan o’tdi. Mustamlakachilik yillarida xalqning ma’naviy qadriyatlari bilan barobar ushbu moddiy qadriyatlarning qimmati bir muncha tushirildi. Noloyiq munosabatlar sabab ularning ba’zilari yarim xaroba holatiga kelib qoldi, ba’zilari esa umuman yo’qolib ketdi.


Inson uchun qadrli tushunchaning nechog‘lik ulug‘vorligi haqida bir tarixiy voqea ham guvohlik beradi. 1956-yil. Samarqand. SSSR rahbarining buyrug’i ostida “Islom olami bilan do’stlik” shiori niqobida arab davlatlari bilan diplomatik aloqa o’rnatish boshlangan edi. Shunday harakatlar avj olgan bir davrda Livandagi jamoat arbobi, mamlakat parlamenti deputati, “Jaridat Tarabul” gazetasining egasi Shayx Nadim al-Jisr Sovet Ittifoqiga tashrif buyurishga roziligini bildiradi. Rejaga ko’ra u Moskva, Kiyev, Yalta, Sochi shaharlariga borishi kerakligiga qaramay, Imom al-Buxoriy qabrini ziyorat qilishini qat’iy talab qiladi. Qutlug’ qadamjolar toptalgan o’sha paytda hukumat uchun qabr qayerda joylashganligini aniqlab topish ham ancha vaqtni oladi. Qabr Xartang qishlog’ida ekanligi ma’lum bo’ladi. Ammo maqbara vayrona, yonidagi masjid esa kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonaga aylantirilgandi. Bu ahvoldagi joyga mehmonni olib kelib bo’lmasligini o’ylagan tashkilotchilar Moskvadan Toshkentga to`rt soatda uchib keladigan samolyot o’rniga Samarqandgacha poyezdda to`rt kunda olib borish mumkinligini chamalashadi… Ungacha maqbara atrofini tozalashga katta kuch sarflanadi. Ammo shunga qaramay ziyoratgohchalik epaqaga keltirib bo’lmaydi. Shayx Nadimga bir kun davomida Toshkentni ko’rsatib, Samarqandni ham kuni bo’yi aylantirib, kechasi Xartangga olib kelishadi. Shayx Nadim al-Jisr qabrga yetib borgach tiz cho’kib, yerni o’padi, ko’zda yosh bilan Qur’oni Karim oyatlarini o’qiydi. Ziyoratdan qaytgach, rahbarlardan atrofdagi tuproqlari bilan Buxoriy xokini o’shancha og’irlikdagi tilla evaziga berishlarini so’raydi…[1]
Xalqimizning eng tabarruk go’shalari – masjidlar, ilm ziyosi taralib turgan madrasalar, ulug’larga ehtirom ramzi sifatida qad rostlagan maqbaralar – bularning bari millatning kim ekanligidan dalolat berib turuvchi ulkan boylik. Ularga nisbatan bepisandlik, muborak yerlarni oyoqosti qilish hech bir mantiqqa, odamiylikka to’g’ri kelmas harakat edi, albatta. Mustaqillik bizga nafaqat erkni, tilni, dinni qaytarib berdi, balki u bizga tarix zarvaraqalarida yashirin yotgan ayrim haqiqatlar va obidalarimiz qadrini ham tiklab berdi.
Istiqlol yillarida yuqorida tilga olingan muhaddis olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning ilm, din yo’lida qilgan ulkan ishlari munosib baholandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida maqbara o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi.[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida yodgorlik majmui Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurildi. Maqbara markazida oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatildi. Maqbaraning o‘ng tomonidan daxmaga tushish yo’li qilindi. Sag‘ananing aynan ostida joylashgan Imom al-Buxoriy jasadlari qo‘yilgan qabr marmartosh bilan qoplandi. Hovlining chap tomonida masjid bunyod etildi. Hovlining o‘ng qanotidagi binodan esa Qur’oni Karimning noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom al-Buxoriy asarlarining nashrlari joy olgan kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi o’rin egalladi. Hozirda ushbu qadamjoni kuniga yuzlab mahalliy aholi va sayyohlar ziyorat qiladi, majmua masjidida juma va hayit namozlari o’qiladi.
1992-yil aprel oyida Saudiya Arabistoniga safar qilgan Prezidentimiz Islom Karimovga podshoh Fahd ibn Abdulaziz al-Saud hazrati oliylari ehtirom ifodasi sifatida Ka’batulloh ka’bapushining katta bo’lagini hadya qilgan edi. Prezidentimiz esa ushbu sovg’ani al-Buxoriy maqbarasi majmuiga tuhfa qildi.
XVI asr inshootlari durdonasi hisoblanmish, Shamsiddin Muhammad Kurtiy, Xoja Yusuf Qoshg’ariylar singari o’z zamonasining yetuk olimlari dars bergan Toshkentdagi “Ko’kaldosh” madrasasi ham turli zilzilalar, urushlar oqibatida o’z jilosini yo’qotgan edi. Rus hukumati davrida madrasa ta’miri jarayonida yo’l qo’yilgan loqaydliklar sabab bino dastlabki ko’rinishini yo’qotdi. Hujralar esa omborxona va ustaxonalarga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston musulmonlari idorasi va madrasaga tushgan xayr-ehsonlar, shahar hokimiyati ko’magi bilan katta ta’mirlash ishlari olib borildi. Madrasa faoliyat boshlanganidan to 1999-yilga qadar “Ko’kaldosh madrasa masjidi” deb nomlangan edi. 1999-yilda esa O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yangi Nizom tasdiqlanib, 1999-yil 18-avgustda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida rasmiy ro’yxatdan o’tgandan so’ng “Ko’kaldosh Toshkent islom o’rta maxsus bilim yurti” deb nomlandi. Bilim yurti 1999 -yil 10-oktyabrda maxsus ruxsatnoma olib, 1-noyabrdan rasmiy faoliyat ko’rsata boshladi. Bilim yurtida Qur’oni Karim, Hadisi Sha’rif, sarf, nahv, mutolaa kabi diniy ilmlar bilan birga o’zbek tili va adabiyoti, tabiat, geografiya, ingiliz tili, fizika, matematika, astronomiya, informatika va boshqa dunyoviy fanlar ham o’qitila boshlandi.
XV asrga oid Shayx Xovanda Tohur maqbarasi va uning shimoli-g’arbiy tarafida joylashgan 1487-1502-yillarda qurilgan Toshkent hokimi va Zahiriddin Muhammad Bobur bobosi Yunusxon maqbarasi ham mustaqillik yillarida yana obod etildi. Ushbu maqbaralar joylashgan hududda 1999-yil O’rta Osiyoda yagona hisoblanmish Toshkent islom universiteti tashkil etildi. “Zangi ota” majmuasi ham to’liq ta’mirdan chiqarilib, eng so’lim go’shalardan biriga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-yanvaridagi farmoyishiga asosan qayta tiklangan va 1998-yil 16-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilib foydalanishga topshirilgan “Xoja Ahror Valiy” jome’ masjidi, 1995-1997-yillarda butunlay qayta qurilgan “Shayx Zayniddin buva” masjidi bugun mamlakatda diniy erkinlik timsollari sifatida shahar ko’rkiga ko’rk qo’shmoqda.
Bunday bunyodkorlik ishlariga, qadimiy me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylashga yo’naltirilgan loyihalarga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ana shunday sa’y-harakatlar evaziga 1991-yilda Xivadagi Ichanqal’a qo’riqxonasidagi, 1993-yilda Buxoro shahri markazidagi, 2000-yilda Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritildi.[3] Yana shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillik sharofati bilan nafaqat ko’hna obidalar tiklanyapti, balki ular safiga yangidan yangi maqtasa arzigulik inshootlar ham qo’shilyapti. Muhtasham “Bunyodkor” stadioni, 2014-yilda ochilib, O’zbekiston bo’yicha musulmon dinining eng yirik markazlaridan biriga aylangan, an’anaviy sharq uslubida qurilgan “Minor” masjidi shular jumlasidandir!
Xulosa o’rnida aytganda, tarixiy yodgorliklarning davlat nazorati ostiga olinganligi, ajdodlar me’rosiga chuqur hurmat bildirilishi va moddiy qadriyatlarga nisbatan yosh avlod qalbiga mehr urug’ining sepilishi mamlakat mustaqilligini yanada mustahkam bo’lishiga katta hissa qo’shadi. Shu bilan bir qatorda ular nafaqat o’zbek millatining, balki butun bashariyatning ulkan boyligi sifatida kelajakka yuz tutadi. Ular o’zga davlatlar nigohida o’zbek millatining kim bo’lgani va kim ekanligi haqida shohidlik berib turadi.



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish