Mamlakatimiz hududida bunyod etilgan masjidlarning rivojlanish tarixiga doir qarashlar



Download 25,89 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi25,89 Kb.
#694328
Bog'liq
maqola


MAMLAKATIMIZ HUDUDIDA BUNYOD ETILGAN MASJIDLARNING RIVOJLANISH TARIXIGA DOIR QARASHLAR


Dadajon Qahhorov
Toshkent arxitektura-qurilish instituti magistranti


Annotasiya. Ushbu qo’llanmada yurtimiz hududlarida qurilgan masjidlarning hozirgi kunga qadar rivojlanish bosqichlari haqida malumot berilgan. Shu bilan bir qatorda Mustaqillik davrida qurilgan masjidlar haqida alohida to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar: masjid, gumbaz, qubba, mehrob, maqbara, naqqoshlik, me’morlik, ustun, ravoq.

Masjid – barcha mo’min-musulmonlar uchun Allohga ibodat qiladigan muqaddas joy hisoblanadi. "Masjid" so'zi arabchadan "ibodat qiladigan joy, sajdagoh" deb tarjima qilinadi. Muqaddas Islom dini dunyo bo’ylab eng keng tarqalayotgan din hisoblanadi. Shuning uchun ham mo’min, musulmonlarning ibodatlarini go’zal tarzda ado etishlari uchun masjidlar qurilishi yildan-yilga butun dunyo bo’ylab oshib bormoqda.


Jumladan bizning diyorlarimizda ham yildan–yilga go’zal va muhtasham masjid binolari qad roslamoqda. Muqaddas islom dini bizning o’lkalarimizga kirib kelgandan boshlab aniqroq qilib aytadigan bo’lsak VIII-asr boshlaridan boshlab masjidlar qurilishi boshlangan. Masjidlar birinchi navbatda shaharlarda, keyinchalik qishloqlarda so’ng mahallalarda barpo etila boshlagan. Ilk qurilgan masjidlar ko’rinishlari xozirgi kundagidan bir muncha farq qiladi. Masjid nomoz xonasining qibla tomonida mehrob, undan o’ng tarafda esa vazxonlik uchun mo’ljallangan minbar ham doimiy ravishda masjidlarda bo’lgan. Masjidning hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora boʻlgan. VIII-asrdan boshlab bizning diyorlarimizda masjidlar qurilishi boshlangan bo’lsa. Hozirgi kunga kelib bizning mustaqil Oʻzbekistonimiz hududida 2000 dan ziyod masjidlar o’z faoliyatini yurutib kelmoqda.
Masjidlar VII—VIII asrlardan turli musulmon mamlakatlarning mahalliy meʼmorlik anʼanalarida еtakchi oʻrinni egallab, oʻziga xos uslubda qurila boshlagan. Asosan murabba yoki toʻgʻri toʻrtburchak tarxli, markaziy qismida xonaqohi boʻlgan, hovli atrofi ravoqli ayvonlardan iborat bo’lgan. 8 qirrali, gumbaz tomli va koʻp ustunli, galereyali masjidlar tosh, yogʻoch, gʻisht, rangli koshin bilan hashamdor bezatilgan. Markaziy Osiyo’da dastlabki masjidlar Buxoro arki ichida 713-yilda Qutayba ibn Muslim tomonidan mahalliy otashgoh butxona oʻrnida qurilgan. Ma’lumotlarga koʻra, Samarqanddagi birinchi masjid Hazrati Xizr masjidi oʻrnida boʻlgan. Har bir davrda masjidlarning bezak ishlari o’sha davrda urf bo’lgan qurilish maxsulotlaridan keng foydalangan tarzda bezatilgan.
Dastlabki davrlarda bezak berish mahsulotlari keng bo’lmaganligi sababli arxitekturada, hususan masjidlarning bezak ishlarida ham bor mahsulotlardan foydalangan holda bezak ishlari o’z nihoyasiga еtkazilgan. Vaqt o’tishi bilan xalq xunarmandchiligidagi san’at turlari rivoj topishi bilan X-XI asrlarda masjid meʼmorligida ganch oʻymakorligi, gʻishtni bezakli qilib terish usullari keng tarqala boshlagan. (Termizdagi Chor ustun masjidi, Deggaron masjidi, Turkmanistondagi Sherkabir masjidi va boshqalar). Keyingi asrlarda esa masjid turlari va tuzilishi oʻzgarib, u shaharning eng koʻzga koʻringan yirik meʼmoriy jamoat binolari qatoridan oʻrin olgan. Shahar markazlarida jome masjid, juma masjid va guzar, mahalla masjidlari keng tarqalgan.
Movarounnahr meʼmorlik maktabida yaratilgan xalq ustalarining oʻziga xos merosi Eron, Xuroson, Ozarbayjon, Hindiston, Hirot meʼmorligi bilan oʻzaro uygʻunlashib ketgan. Bu maktab meʼmorligida erishilgan barcha imkoniyat va yutuqlar Gavharshodbegim meʼmoriy majmuasi, Bibixonim jome masjidi, Koʻk gumbaz masjidi, Darbanddagi (Ozarbayjondagi) juma masjid (1368), Tabrizdagi (Erondagi) Koʻk masjid (1405) qurilishida oʻz aksini topgan. XVI—XVII asrlarda masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkablashdi. Peshtoq, ravoq va minoralarning turli shakllari yaratildi. Bezagida muqarnas naqshlar, koshinkori bezaklar qoʻllanildi: Ozarbayjonning Ardabil shahridagi shayx Sefi majmuasi (XV—XVII asrlar), Ganjadagi juma masjid (1606), Eronning Isfahon shahridagi Lutfullo masjidi (1603—1618), Shoh masjid (1612—1630), Mashhaddagi Musallo masjidi (XVII asr oxiri), Dehli jome masjidi, Turkiyaning Istanbul shahridagi Boyazid masjidi (1505), Shahzoda masjidi (1548), Sulaymon masjidi (1550—1557), Salim masjidi (1569—1575), Ahmad masjidi (1609— 1617) va boshqalar. Oʻzbekistonning Buxoro, Samarqand, Shahrisabz shaharlaridagi Baland masjid, Xoʻja Zayniddin majmuasi, Bahouddin majmuasi. Shahar tashqarisida namozgohlar (Buxoro namozgohi, Qarshi namozgohi), ziyoratchilar uchun xonaqohlar (Qosim shayx xonaqohi, Fayziobod xonaqohi, Nodir Devonbegi xonaqohi va boshqalar) qurildi.
XVIII—XIX asrlarda Turkiyadagi masjid binolarining tashqi va ichki bezaklarida Yevropa meʼmorligi taʼsiri sezila boshladi. Istanbuldagi Nurusmon masjidi (1755) va boshqalar. Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklarida mahalliy meʼmorlik maktablari shakllandi. Xalq ustalarining avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan naqqoshlik, oʻymakorlik va ganchkorlik sanʼati masjid ayvonlari, ustunlari va devorlari bezagida yaqqol namoyon boʻldi (Doʻsti Xudo masjidi, Qoʻqon jome masjidi, Sirli Masjid, Xoʻja ilgʻor masjidi, Lutfullo Mavlono masjidi va boshqalar).
Oʻzbekistonda mustaqillikdan keyin anʼanaviy va zamonaviy meʼmorlik usullarini uygʻunlashtirgan holda masjidlar qurilmoqda (masalan, Buxoriy yodgorlik majmui, Toshkentdagi Nosirxon jome masjidi, Gʻazalkentdagi Olimjon jome masjidi va boshqalar).
Masjidlar – mo‘min musulmonlar uchun eng muqaddas va qadrli joy hisoblanadi. Faqatgina ibodat maskani sifatida emas, o‘zaro mehr oqibat, hamjihatlik va do‘stlik rishtalarini bog‘lovchi joy sifatida ham e’tiborga molikdir.
Jumladan, Toshkent shahrida ulug‘ allomalar nomidagi “Suzuk ota”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Fayzulla xo‘ja o‘g‘li Murod hoji”, Surxondaryo viloyatida “Hakim Termiziy”, “Shayx Shamsiddin”, “Imom Nizomiddin Sangardakiy”, Namanganda “Muhammad al-Amin”, Farg‘onada Chiligijiyda”, Navoiyda “Abu Bakr Siddiq” va Toshkent viloyatidaAbu Hurayra” masjidlari hamda Buxorodagi Qorovulbozor tumanida “Abdulloh ibn Muborak” nomli yangi jome masjid ish boshlagan.
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak so’ngi yillarda yurtimiz hududlarida qurilgan masjidlarning hajmiy tarxiy еchimlari, tashqi dizayni va ichki dizayni aksar xolatda umumiy ko’rinishda loyixalanmoqda. Tarx еchimlari asosan to’g’ri to’rt burchak shaklida bo’lib, unga bog’langan xolatda ikkita yoki bitta ayvon va xovli sahni bilan loyixalanmoqda. Ichki dizaynida esa naqqoshlik san’atidan keng foydalangan tarzda bezatilmoqda.
Qurilayotgan masjidlar umumiy vazifasi bitta bo’lganligi bois yangi qurilayotgan masjidlar bosh tarxi va tarx еchimlari uchun umumiy taklif loyiha ishlab chiqish o’rinli deb hisoblayman. Taklif etilayotgan loyihani shahar masjidlari uchun alohida, mahalla masjidlari uchun alohida ishlab chiqish kerak deb hisoblayman. Buning bir qancha sabablari bor. Bitta oddiy misol tariqasida tahoratxonaning sig’imini keltirishimiz mumkin. Shahar hududida joylashgan masjidlarning tahorathonasining sig’imi ko’proq bo’lishi kerak. Buning boisi shahar masjidiga odamlar yo’lda ketayotib kirishadi.
Shuning uchun ham Tahoratxona band bo’lib qolmasligi uchun sig’imi soni oshirilishi kerak. Mahalla masjidlarida bu sig’im nisbatan kamroq bo’lsa zarar qilmaydi. Chunki odamlar masjidga tahoratli holda kelish ehtimoli yuqori bo’lganligi sabablidur.


Adabiyotlar ro’yxati:

  1. O‘zMe.Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  2. https://shosh.uz/toshkent-masjidlari-tarihidan/

  3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Minor_masjidi

Download 25,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish