Yettinchi Konstitusiyaviy tamoyil-qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko’rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo’ladi.
Sakkizinchi Konstitusiyaviy tamoyil-O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qo’yilganligidadir. Asosiy Qonunning 17-moddasida O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati aks etgan.
Konstitusiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do’stona aloqalar o’raatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |