To’qqizinchi Konstitusiyaviy tamoyil-mahalliy o’zini o’zi boshqarishdir. O’zbekistonda o’zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig’i bo’lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo’lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitusiyaning 99 104-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |