4.Молиявий назоратни ташкил этишнинг ҳуқуқий асослари, уларнинг мустаҳкамланиши ва такомиллашуви.
Moliyaviy nazorat – bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog'liq bo'lgan masalalar xarakatini va muomalasini majmui bo'lib, xo'jalik sub'ektlari faoliyatini va boshqarishni uziga xos usullar va shakllar yordamida tashkil etish.
Moliyaviy nazorat – bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog'liq bo'lgan masalalar xarakatini va muomalasini majmui bo'lib, xo'jalik sub'ektlari faoliyatini va boshqarishni uziga xos usullar va shakllar yordamida tashkil etish.
Barcha iqtisodiy sub'ektlarning(davlat,korxona va tashkilotlarning)moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi
Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo'lib hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo'lib hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo'lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chikarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari xarakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi
Moliyaviy nazorat vazifalari:
Moliyaviy nazorat vazifalari:
moliyaviy resurslar bilan xalq xo'jalik fondlari va pul daromadlar miqdori o'rtasidagi talablarni balansga keltirish uchun yordam berish;
davlat byudjeti oldida moliyaviy majburiyatlarni to'liq va o'z vaqtida ta'minlash;
moliyaviy resurslarni o'sishi uchun ichki ishlab-chiqarish rezervlarni aniqlash, shu jumladan: tannarxni kamaytirish va rentabellikni oshirish
Moliyaviy nazorat vazifalari:
korxonalar, tashkilotlar va byudjet muassasalarda moliyaviy boyliklarni va pul resurslarni ratsional sarflashda yordam berish, hamda buxgalterlik hisob-kitob va hisobotni to'g'ri olib borish
qonunlarga va normativ aktlarga amal qilishni ta'minlash
korxonalarni tashqi-iqtisodiy faoliyatidan yuqori unumdorlikka erishish uchun yordam berish, shu jumladan valyuta operatsiyalaridan va boshqalar
to'lov aylanmasini normallashtirish, noto'lovlar, debitorlik va kreditorlik qarzlari bo'yicha salbiy oqibatlarni tugatishdir
Moliyaviy nazorat maxsus tamoyillar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy nazorat maxsus tamoyillar orqali amalga oshiriladi.
Nazorat tamoyillari- nazoratning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va amaliy faoliyatdan o'tgan siyosiy, tashkiliy va huquqiy asoslari bo'lib, ularga amal qilishligi nazoratning samaradorligini ta'minlaydi.
Moliyaviy nazoratni tashkil etishning huquqiy asoslari
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida» 1993 yil 6 maydagi konuni
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 27 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi hisob palatasini tashkil etish to'g'risida”gi PF-3093-sonli farmoni
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 8 avgustdagi «Tekshiruvlarni tartibga solish va nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish to'g'risida»gi PF-1503-sonli farmoni
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 noyabrdagi 553-sonli qarori “O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqida” Nizomi
Moliyaviy nazoratni tashkil etishning huquqiy asoslari
Hukumatning 2000 yil 22 sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish to'g'risida»gi 365-sonli qarori
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 393-sonli qarorining “O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to'g'rida”gi Nizomi
O'zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi 1997 yil 29 avgustdagi qonuni
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 maydagi 180-son Qarorining 4-ilova “O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi to'g'risida”gi NIZOM
O'zbekiston Reepublikasining «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi 1995 yil 21 dekabrdagi qonuni
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 26 dekabrdagi 548-1-son bilan tasdiqlangan “Bojxona” kodeksi