2-mavzu. Miqdor va sarfni o‘lchash tizimlari. Reja Sarf va miqdor to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar


– rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi



Download 374,89 Kb.
bet3/4
Sana03.05.2023
Hajmi374,89 Kb.
#934671
1   2   3   4
Bog'liq
2-maruza

20.1 – rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi
Shesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. Shesternyaning bir marta to‘liq aylanishiga hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. I holatda (2.1-rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakfti yo‘nalishida aylantiradi, o‘ng shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning 1-qismini chiqarib tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi. O‘ng shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni hisoblagichning chiqishiga uzatadi. Ish paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham ta’sir qiladi. III holatda chap shesternya yetaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini chiqaradi. IV holatda o‘ng shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesternya esa 2-hajmni hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom chiqariladi, ikkala shesternya ham yarim aylanishni bajarib o‘ng shesternya yana yetaklovchi bo‘lib qoladi. Shesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternyalar aylanishiga mos.
Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlari 0,8...36 m3/soat chegaradagi o‘lchashlarni ta’minlaydi. Shartli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi ±0,5%, ish bosim 1,57 mPa (16 kgk/sm2). Hisoblagich ishlashida quvurdagi bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm2).
Gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotatsion va barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 20.2 rasmda GKF turidagi diafragmali hisoblagich sxemasi ko‘rsatilgan.
D iafragma 1 bilan bo‘lingan hisoblagichning ikki kamerasi (I va II) ma’lum sikl bo‘yicha gazga to‘lib va bo‘shab turadi. Bu kameralar richag 6 orqali klapanlar 3—4 bilan bog‘langan bo‘lib, yuqorigi klapanlar berkilganda gaz I kameraga, pastki klapanlarbekilganda II kameraga o‘tadi.
Gaz I kameraga kirganda uning bosim kuchi diafragmani o‘ng tomonga suradi, II kamera toraya boshlaydi va undagi gaz miqdori bir porsiya bo‘lib, teshik 5 orqali sarfga o‘tadi. Diafragma o‘ngga surilib ma’lum oraliqqa kelganda, richag 6 pastki klapanlarni berkitadi. Endi gaz II kameraga yig‘iladi va diafragmani chapga surib I kameradagi gazni teshik 5 orkali sarfga chiqaradi. Diafragma ma’lum oraliqqa surilganda richag 6 endi yuqori klapanlarni yopadi, gaz I kamerada yig‘iladi. Shunday qilib, kameralardan teng miqdoragi gaz porsiyalari ma’lum sikl bo‘yicha sarfga chiqib turadi. Richagning har bir sikldagi harakati hisoblagich 7 ko‘rsatkichida hisoblanib turadi.
R otatsion hisoblagich (20.3-rasm). ko‘p miqdordagi gaz hajmini o‘lchashga mo‘ljallangan. Bu asbobda o‘lchov 8 raqami ko‘rinishidagi ikkita rotor I yordamida bajariladi. Bu rotorlar g‘ilof 2 ichida aylanadi. Hisoblagichga gaz to‘rli filtrning kirish tarmog‘i orqali keladi. Rotorlar hisoblagich kirishi va chiqishidagi bosimlar farqi hisobiga aylanadi. Rotorlardan biri asbobdan o‘tgan gaz hajmini ko‘rsatuvchi hisoblash mexanizmi bilan bog‘langan. Hisoblagichning o‘lchash hajmi g‘ilof devori va rotorlar orasidagi kamera orqali aniqlanadi.
Rotatsion hisoblagichlar 40...40 000 m3/soat sarfni o‘lchashga mo‘ljallab chiqariladi. Ish bosimlari: 0,1: 0,6: 1,6 va 6,4 mPA. Shartli o‘tish diametrlari 50...1200 mm. Asboblarning aniqlik синфи 1 va 1,5. Hisoblagich o‘rnatilishdagi bosim yo‘qotilishi 35...40 mm suv ust. dan oshmaydi.
Suyuqlik miqdorini o‘lchaydigan tezlik hisoblagichlari harakatdagi oqimning o‘rtacha tezligini o‘lchash prinsipiga asoslangan.
Suyuqlik miqdori oqim harakati tezligi bilan quyidagi nisbat orqali bog‘langan:
Q=vo‘rt·S (20.2)
bu yerda, Q — hajmiy sarf m3/s; vo‘pt — oqimning o‘rtacha tezligi, m/s; S — oqimning ko‘ndalang kesim yuzi, m2.
Oqim yo‘liga o‘rnatilgan parraklarning aylanish soniga qarab asbobdan o‘tgan suyuqlik mikdorini aniqlash mumkin. Parraklar ailanishining tezligi oqim tezligiga mutanosibdir:
n=K·vo‘rt (20.3)
bu yerda, п - parraklarning aylanish soni, 1/s; К — asbobning geometrik hajmiga bog‘liq bo‘lgan doymiysi, m-1.
Agar (20.2) tenglamani nazarda tutsak:
(20.4)
Parraklarning τvaqt ichidagi aylanishlar soni asbobdan shu vaqt ichida o‘tgan modda sarfiga mutanosib:
(20.5)




Download 374,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish