Marketingning axborot ta’minoti
Qoidaga qo‘ra, rivojlangan MAT o‘z ichiga quyidagi tizimlarni oladi: ichki axborotlar, tashqi axborotlar va marketing tadqiqotlarining axborotlari.
Amalda bu tizimchalar mustaqil axborot tizimlari sifatida ko‘rib chiqiladi.
Ichki axborot tizimi o‘z ichiga korxonada (firmada) buxgalteriya va statis-tik hisobot, tezkor va joriy ishlab chiqarish va ilmiy-texnik axborot shaklida vujudga kelgan ma’lumotlarning majmuasini oladi.
Tashqi axborot tizimi korxona, bozor va uning infratuzilmasining holati, haridorlar va yetkazib beruvchilarning holati, raqobatdoshlarning harakatla-ri, bozor mexanizmlarini davlat tomonidan tartibga solish tadbirlari va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi. Bu ma’lumotlar bosib chiqariladigan davriy va maxsus nashrlarda, statistik to‘plamlarda, tijorat tadqiqoti tashkilotlarning bozor holati obzorlarida jamlangan. Ular yana marketing bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ko‘rgazmalar va anjumanlarga borish, muzokaralar va ishga doir uchrashuvlar o‘tkazish asosida yig‘iladi.
Marketing axborotlari vujudga kelishining davriyligi va barqarorligi bo‘yicha doimiy, o‘zgaruvchan va epizodlikka bo‘linadi. Doimiy axborot marketing muhitining doimiy, ya’ni uzoq vaqt o‘zgarmaydigan miqdorlarini aks ettiradi. O‘zgaruvchan axborot marketing ob’ektlari faoliyat yuritishining haqiqiy miqdoriy va sifatiy ta’riflarini ko‘rsatadi. Epizodli axborotlar zarur bo‘lgan taqdirda shakllanadi, masalan, sotilayoggan tovar narxini ehtimol bo‘lgan o‘zgarishini baholash uchun yangi raqib haqida qo‘shimcha ma’lu-motlar olish kerak bo‘lgan vaqti.
Belgilanishi bo‘yicha marketing axborotlari quyidagilarga bo‘linadi: ma’lumotnomaviy, tavsiyaviy, me’yoriy, signalli va tartibga soluvchi.
Ma’lumotnomaviy axborot tanishtiruvchi, yordamchi harakterga ega, marke-ting ob’ektlarining nisbatan barqaror alomatlarini aks ettiradi va firma mahsulotlarining texnik foydalanish ta’riflari, narx, ta’riflar bo‘yicha ma’lumotnomalar tizimi ko‘rinishida taqdim etiladi.
Tavsiyali axborot maxsus marketing tadqiqotlari natijasida yoki bosma nashrlar va tijorat ma’lumotlar banklarida keltirilgan ma’lumotlarning tahlili asosida shakllantiriladi. U mahsulotlarni sotishning bashorat-lariga, maqsadli bozorlar, vakil vositachilar, yetkazib beruvchi firmalar xom ashyoni tiklash ustivorliklariga ega.
Me’yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va o‘z ichiga ishlab chiqarishning turli elementlarining me’yorlari va me’yornoma-larini, hamda me’yoriy qonunchilik hujjatlarini oladi.
Signalli axborot odatda marketing muhiti ob’ektlarining haqiqiy hulqini rejalashtirilganidan chetga chiqishi paydo bo‘lishini borishida vujudga keladi.
Chetga chiqishning sabablari belgilangandan keyin ularni bartaraf qilish maqsadida tartibga soluvchi axborotlarda aks ettirilgan tegishli tadbirlar bajariladi.
Axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari — oddiy bo‘lmagan tovardir. Bozorda ular istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo‘ladi, chunki bozorning faoliyati axborot ta’minotiga bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda bunday tizimlarning ikkita tubdan farqlanuvchi turi mavjud: zamonaviy dasturiy-texnik vositalarni qo‘llash bilan va ulardan foydalanmasdan. Hisoblash texnikasi vositalari foydalanish imkoniyat-larining oshgani sari va ularni arzonlashuvi bilan axborotli-boshqaruv tizimlari nafaqat axborotlarni qidirish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlarini ta’minlaydilar, sifat jihatidan yangi, marketologlarga ancha kengroq yordam bera oladilar, ya’ni ular marketingning turli vazifalarida qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning samarali quroli bo‘lmoqdalar.
Marketing axborot-boshqaruv tizimlari (MABT) — bu hammadan avval informatikaning zamonaviy axborot-kommunikatsiya va dasturiy vositalari asosida faoliyat yurituvchi, interaktiv xizmatlarning marketing faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadlarida marketing axborotlarini yig‘ish, saqlash, faollashtirish va ishlab chiqishni ta’minlovchi majmuidir.
Hammadan avval u ma’lumotlarning yaratilayotgan bazalarining samara-dorligiga va foydaliligiga ta’siri nuqtai nazaridan baholanishi kerak. Bundan tashqari, u marketing faoliyatini boshqarish jarayonlarida quyidagilarga yordam berishi kerak:
a) axborot mahsulotlari va xizmatlari uchun turli bozorlarni aniqlashga;
b) bozorga kirib boruvchi yangi vositalarning nisbiy samaradorligini aniqlash;
c) axborot mahsulotlari va xizmatlarining sotilishini amalga oshirish jarayonlarida marketing vazifalarini avtomatlashtirilgan usulda boshqarish.
Muammo sohada axborotlar ichki, joriy, tashqi axborotlar va marketing tadqiqotlari natijalarining tizimidan iborat bo‘ladi.
Ichki axborotlar tizimi hammadan avval interaktiv xizmat faoliyati-ning turli tomonlari va uni holatini aks ettiradi. Bu turdagi ma’lumotlarga buyurtmanoma, buyurtma, shartnoma va hisobotlarning ma’lumotlari kirishi mumkin. Ichki axborotlar rahbarlar va mutaxassislarga aniq qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishni osonlashtirsa ham, ammo ularni axbo-rotlarning boshqa turlaridan ajratgan holda foydalanish kerak emas, chunki ko‘pgina ma’lumotlarga ega emas va jiddiy kamchiliklarga ega.
Joriy tashqi axborotlar tizimi yordamida tashqi muhitda vujudga kelgan xodisalar va vaziyatlar haqida ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan manbalarga qaratilgan.
MABT ko‘pgina dasturiy vositalarda amalga oshirilgan ko‘p sonli iqtisodiy-matematik usullarga asoslangan holda marketing ma’lumotlari-ning katta oqimlarini tezkor tadqiqot qilishga imkon beradi. Uning natijalari axborotlarni tahlil qilish tizimiga kelib tushadi.
Marketshng axborlarini tahlil qilish tizimi o‘z ichiga natijaviy ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligini kerakli to‘liqlikda aniqlashga imkon beruvchi iqtisodiy-matematik modellarning majmuasini oladi, bu esa quyidagi savollarga javob berish imkoniyatini beradi:
a) asosiy omillarning axborot mahsulotlarining sotilishiga ta’sirini va ularning ahamiyatliligini;
b) bozorning tegishli segmentida narxlarning yoki reklama harajatlarining o‘sishi bilan sotish darajasining imkoniyatlarini;
c) korxona axborot mahsulotlarining uning raqobatbardoshligini ta’min-lovchi muhim xususiyatlari;
d) marketing strategiyasini muvofiqlashtirish;
e) interaktiv xizmatlarning faoliyatini baholashni;
f) qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
i) MABTni faoliyat yuritishning samaradorligini yaxshilanishini va boshqalarni.
Axborotlarni tijoratli tarqatish sanoati va texnologiyalari
Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki – maxsus tartibda tashkil qilingan MB, ushbu MBdan jomoa bo‘lib foydalanish uchun mo‘ljallangan dasturiy-texnik tili va tashkiliy uslubiy vositalarning tizimidir.
Masofadan ma’lumotlar banklari foydalanuvchilarning ko‘pkina xost-EHM deb nomlangan yagona kompyuterida jamlangan axborot mahsulotlariga ularning uzatish tarmoqlari orqali jamoaviy kirishni ko‘zda tutadi.
Masofadan ma’lumotlar bankining asosiy xususiyatlari quyidagi-lardan iborat:
• foydalanuvchiga bevosita axborot mahsulotlari emas, balki faqat axborot xizmatlarini taqdim etish, buning natijasida zarur bo‘lgan axborotlarni oladi;
• xost-EHMga ma’lumotlarning katta to‘plamlarini yuklash bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlarning to‘liqliligi;
• ma’lumotlarni faollashtirishning keng imkoniyatlari;
• nafaqat axborotlarni topish va olishga, balki zarur bo‘lganda grafik va iktisodiy ishlab chiqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi nisbatan rivojlangan dasturiy ta’minot.
MB sanoatining asosiy tarkibiy tuzilmalari quyidagilar:
1) axborot mahsulotlari va xizmatlarini shaxsan ishlab chiqaruvchilar:
• MBni ishlab chiqaruvchilar — axborotlarni yig‘ish va ularni mashina o‘qiydigan shaklga ko‘chirishni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
• Interaktiv xizmatlar — MBga interaktiv usulda kirishni amalga oshiruvchi, ya’ni axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchi, hamda interaktiv xizmatlar bozorining asosiy elementi bo‘-luvchi tashkilotlar;
2) telekommunikatsion xizmatlar;
3) foydalavuvchilar yakuniy va oraliq foydalanuvchilarga yoki o‘z mijoz-lariga axborot qidirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi vositalarga bo‘lina-dilar. Keyingilarga kutubxonalar, umumiy foydalaniladitan axborot mar-kazlari hamda mijozlarga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi brokerlar-mutaxas-sislar, kasb egalari kiradi.
Kullaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, blits, algoritm, munozara, uz-uzini nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |