MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINING FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO’G’RISIDA
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog’lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibi to’g’risida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ikki oy muddatda:
O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy shtat birliklarini;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Belgilab qo’yilsinki:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida nutqi, eshitishi va ko’rishida yengil nuqsonlar bo’lgan bolalarga xizmat ko’rsatish uchun defektolog shtat birligi joriy etiladi;
psixik rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalaridan tashqari boshqa davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishga yo’l qo’yilmaydi;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo’shimcha to’lov saqlab qolinadi.
4. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O’zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish hamda bolalarni maktabga tayyorlashning mazmuni va mohiyati yuzasidan targ’ibot-tashviqot ishlarini keng yoritsinlar.
5. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari va uning umumiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Davlat talablari O’zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarufidan qa’tiy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llaniladi;
- Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
- Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
- Maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo’lgan “Mehribonlik” uylari.
2. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o’rta maxsus kasb- hunar va oily ta’lim muassasalari, makatabagacha ta’lim turlari bo’yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyrolashni amalga oshiradigan muassasalari, maktabgacha yoshdagi tarbiya olayotgan oialalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |