Nazorat ob’ektining ichki holati nuqson yoki namuna yuzasidan aks etilgan signalga muxit tasiri bo’yicha aniqlanadi. Usulning printsipial sxemasi 6.29-rasmda keltirilgan. Usul asosi bo’lib qabul qiluvchi va nurlanuvchi antennalarni bir tomonli joylanishi hisoblanadi. Usul aks etishlarga ishlovchi asboblarni ikkita struktura sxemalari mavjud. (6.30-rasm).
6.29-rasm. “Aks etish” sxemasi bo’yicha ishlovchi amplituda- fazali asboblarda signalni kelib chiqishini printsipial sxemasi.
6.30-rasm. “Aks etish” sxemasi bo’yicha ishlovchi amplituda- fazali asboblarni blok sxemalari.
а) – bir antennali variant, b)- ikki antennali variant
1- ta’minot bloki; 2- O’YuCH energiyasini manbasi; 3- eguvchi element; 4- nurlanuvchi va qabul qilinuvchi signalni bo’linish tuguni; 5- nurlanuvchi (qabul qiluvchi) antenna ; 6- detektor; 7- indekatorli asbob; 8- nazorat obyekti.
ι0- rupor uzunligi; ι- rupor kesimidan yuzagacha bo’lgan masofa; h-namuna qalinligi; Ye1 – qabul qiluvchi va nurlanuvchi antennalarni aloqa signali; Ye2- birinchi chegaradan aks etilgan signal; Ye3- ikkinchi chegaradan aks etilgan signal; Ye4 – nuqsondan aks etilgan signal.
Bunday sxemalarni ish printsipi quyidagilarga asoslangan. Klistron generator 2 O’YuCH energiyasi ventil 3 orqali nurlovchi antennaga uzatiladi. Aks etilgan signal (odatda barcha aks etilgan signallar yig’indisi) yoki xuddi shu antennaga tushadi va mos keluvchi to’lqin tashuvchi elementlar yordamida detektor 6 ga uzatiladi yoki boshqa qabul qiluvchi antenna 5 ga tushib (6.30- rasm) detektorlanadi, qayta ishlanadi va qayd etuvchi asbob 7 ga uzatiladi.
Asboblarni asosiy xususiyatlari bo’lib, nurlanuvchi va qabul qiluvchi antennalar orasidagi aloqa mavjudligi (E1) hisoblanadi, u antennalarni konstruktiv jixozlanishi bilan aniqlanadi. Bir zondli variantda aloqa, generator quvvatini bir qismini, ichki to’lqin tashuvchi traktlar orqali detektorli sektsiyaga tushish hisobiga mavjuddir. Ikki zondli variantda aloqa nurlangan quvvat bir qismini qabul qiluvchi antenna tushishi hisobiga kuzatiladi.
Konstruktiv aloqa tayanch signal hisoblanib u bilan qaytgan signal qo’shiladi. Turli masalalar uchun bu aloqa foydali va xalaqit qiluvchi bo’lishi mumkin. Bunda faqat nuqsondan signalni ajiratish uchun signalni boshqa komponentlari bartaraft etilgan bo’lishi kerak. Ushbu holda nuqsonni aniqlash faqatgina qabul qilgich sezgirligiga bog’liq va asbob ko’rsartishiga namunadan antennagacha bo’lgan masofa ta’sir etmaydi.
Signal komponentlarini hammasi mavjud bo’lgan holda signal formasi masofadan aniq namoyon etilgan interferentsiya xarakteriga ega bo’lib u aks etilgan va aloqa signallarni amplituda va faza orasidaga nisbatga bog’liq. Aks etilgan signal nurlangan maydon tuzilmasiga nazorat qilinuvchi ob’ekt xususiyatlariga va l masofaga bog’liq.
Nuqsonli soha elektromagnit xususiyatlarini nuqsonsizdan farq qilishi, aks etilgan signal faza va amplitudasini o’zgarishini sababi hisoblanadi. Bu interferentsion egri chiziq turini o’zgarishiga olib keladi. Nuqsonni qayd etish imkoni antennani berilgan holatida intensivliglar l farqini mavjudligiga asoslangan (namuna yuzasi va antenna orasidagi berilgan masofa.)
SHuni inobatga olish kerakki ikkita interferentsiya egri chiziqlar kesishish nuqtalariga mos nuqtalarda nuqsonni topib olish mumkin emas , ya’ni topib olmaslik yuzalar bo’lishi mumkin.
Ularni kengligi qayd etish tizim bilan qayd etilgan signalni minimal qiymati bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |