2-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja


Asosiy fondlar amortizatsiyasi va emirilishi



Download 88,62 Kb.
bet4/6
Sana23.10.2022
Hajmi88,62 Kb.
#855691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 ma`ruza (2)

2.2.Asosiy fondlar amortizatsiyasi va emirilishi
Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jixatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy (moddiy) eskirish - asosiy fondlarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda katnashishi natijasida yo‘kotishi va tabiiy eskirishida yuzaga keladi.
Ma’naviy eskirish - asosiy fondlarning kadrsizlanishi yoki texnik jixatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo‘qotishidir. Ma’naviy eskirish 2 xil ko‘rinishga ega:

  • asosiy fondlar ularning ishlab chiqarish qiymatlari pasayishi natijasida kadrsizlanadi.

  • asosiy fondlar fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida yanada samaralirok fondlarning paydo bo‘lishi natijasida qadrsizlanadi.

Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish, ya’ni jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini iqtisodiy to‘ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizatsion ajratmalarni ayirib tashlaydi xamda bu ajratmalar keyinchalik xarajatlar sifatida maxsulot tannarxiga kiritiladi.

bu erda:
Na - to‘liq qayta tiklash uchun yillik amortizatsiya me’yori, %;
Fb - asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati, so‘m;
Ta - asosiy fondlarning me’yoriy xizmat vaqti, yil.

Yillik amortizatsiya ajratmalari (Aa) miqdori kuyidagicha aniqlanadi.





bu erda:
Tk – xizmat muddati davomida kapital ta’mirlashga sarflangan
xarajatlar;
M– modernizatsiya qilishga sarflangan xarajatlar.
Amortizatsiya mablag‘lari asosiy fondlarni to‘liq qayta tiklash (renovatsiya), kapital ta’mirlash va uskunalarni modernizatsiya qilish uchun alohida ravishda yo‘naltiriladi. SHu sababli, amortizatsiya me’yori ikki qismdan - fondlarni renovatsiya qilish (Nt.t) xamda kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish (Nk.t.)dan iborat.
Birinchi xolda:

bu erda:
Th - asosiy fondlarning xaqiqiy xizmat qilish vaqti, yil.
Ikkinchi xolda:

Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta’mirlash orqali tiklash zaruriyati tug‘iladi. Asosiy fondlarni ta’mirlash kapital, o‘rta va joriy turlarga bo‘linadi. Bino va inshootlarni ta’mirlash o‘z mazmuni, talab qilinuvchi muddat va mablag‘lariga ko‘ra mashina va uskunalarni ta’mirlashdan farq qiladi.
Mashina va uskunalarni kapital ta’mirlashda ular to‘liq qismlarga bo‘linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi.
Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi muddat ta’mirlash sikli deb ataladi. Mashina va uskunalar maxsus zavodlarda ta’mirlanadi.
O‘rtacha ta’mirlash - texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish xajmi va davriyligiga ko‘ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi xamda sarflanuvchi mablag‘, vaqt va kuchni nisbatan kamrok talab qiladi. Bu jarayon korxonaning o‘zida amalga oshiriladi.
Joriy ta’mirlashda, asosan, asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchikliklari bartaraf kilinadi, ya’ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi.



Download 88,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish