Meynfreymlar.
Meynfreymlar (mainframe) – yuqori xajmli tezkor xotira va katta sig’imli
vinchester(lar) ga ega, xisoblash tezligi yuqori bo’lgan xisoblash mashinasi. Ular bir vaqtning
o’zida ko’plab vazifalarni uzoq vaqt uzluksiz bajarishi mumkin. Ularning asosiy ishlatilish
doirasi komertsiya tashkilotlari va ilmiy tekshirish ishlari bilan shug’illanuvchi tashkilotlar.
Bu turdagi kompyuterlar ustida olib borilgan ilmiy ishlar shu narsani ko’rsatadiki,
global massivlar bilan ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarida meynfreymlarlardan
foydalanish oddiy personal kompyuterlarni ishlatilgan xolatga
solishtirilganda iqtisodiy
jixatdan ma’qul xisoblanadi. Meynfreymlar zamonaviy kompyuterlarni deyarli barcha
ko’rsatkichlari bo’yicha ortda qoldiradi.
Yana shuni aloxida nazarda tutish kerakki bu qurilmalarni va ular qayta ishlayotgan
ma’lumotlarning ishonchliligi yuqori. Meynfreymlardagi qo’shimcha resurslar ulardagi majud
qurilmalarni
ishini
to’xtatmasidan qurilmalarni almashtirish imkoniyatini beradi.
Protsessorlarining yuklanganlik darajasi umumiy qiymatiga nisbatan 85 %
yuqoriga osonlik
bilan chiqarish mumkin. Bunday qurilmalarni yaqin yaqingacha tarmoq interfesi orqali
boqarilgan bo’lsa xozirda terminallar qatori bilan boshqarilmoqda. Meynfreymlarlarni ishlab
chiqarishda IBM kompaniyasi xozirgi kunda etakchilik qilmoqda .
Meynfreymlarning ishonchlilik darajasi yuqoriligi deyarli 60 yillik yuksalish
amaliyotga ega ekanligidir. Meynfreymlar ko’plab apparat va dasturiy vositalar bilan bog’liq
bo’lgan xatoliklarni bartaraf qilib(biri o’rniga ikkinchi resursni ishlatish va x.o)
ishlash
imkoniyatiga ega.
Meynfreymlar uchun xos bo’lgan xususiyatlar quydagilar:
Markaziy protsessorni va boshqa elementlarni apparatni o’chirmasdan
va
xisoblashlarni
to’xtatmasdan
almashtirish
imkoniyati,
qo’shima
protsessorlarning mavjudligi.
Meynfreymlar ishlatilayotgan malumotlarning saqlaninshi kafolatlanadi,
ular ustida ammlarni bajarish vaqtidagi xatoliklar avtomatik tarzda to’g’rilanadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtida yuz bergan xatoliklar ma’lumotlarni
buzilishiga olib kelmaydi. Ma’lumotlarni saqlanishi RAID-massiv (eerkalno’y)
bo’lganligi sababli ularni buzilishidan saqlaniladi.
Meynfreymlarlar ni yuklanganlik darajasini 80-95 % gacha ko’tarish
mumkin.
Ularning kiritish/chiqarish qurilmalari kiritish/chiqarish amallarni yuqori
yuklanganlik darajasida ishlashga moslashtirilgan.
Ma’lumotlarni olish: ular bitta serverda joylashgan bo’lganligi uchun
turli joylardan ma’lumotlarni yig’ish kerak bo’lmaydi va ularni saqlab turish
uchun diskdan qo’shimcha joy talab qilinmaydi.
Serverlarni ishlatish uchun uncha ko’p bo’lmagan
serverlar va oddiy
dasturiy ta’minot talab qilinadi. Ularning barchasini yig’indisi yuqori tezlik va
effekt bilan ishlash imkoniyatini beradi.
Disklardagi kiritish/chiqarish tezligi protsessorlarni yuqori darajada
yuklangaligi ta’minlash uchun etarli.
Superkompyuterlar (klasterli arxitekturaga ega).
Superkompyuterlar – o’zinining texnik sifatlari bo’yicha ko’plab
kompyuterlardan
yuqori turadi. Odatda zamonaviy Superkompyuterlar yuqori ishlab chiqarish darajasigi ega
bo’lgan bir necha server kompyuterlarning yig’indisi bo’lib, ular bir biri bilan yuqori tezlikka
ega bo’lgan lokal magistral bilan ulangan bo’ladi. Ulardagi vazifalarni bajarilishi
paralellashtirish
printsipiga asoslanadi, shuning uchun ko’plab Superkompyuterlar klaster
arxatekturaga ega.
Klaster bu parallelel yoki bo’lingan sistemaning bir ko’rinishi bo’lib u o’zaro
bog’langan bir nechta kompyuterlardan tashkil topadi va ular umumlashgan bitta koatta
kompyuter sifatida ishlatiladi.
Klasterdani tashkil qilgan kompyuterlar bir xil tipdagi kompyuterlar bo’lishi shart emas.
Ular ma’lum bir joyga yigilgan yoki masofalarga chachilgan bo’lishi mamkin. Ba’zin global
tarmoq orqali ulangan bo’lishi mumkin. Superkompyuterlarni tashkil
qiluvchi kompyuterlar
aloxida klasterladan tashkil bo’lganligi uchun ularni aloxida aloxida remont uchun to’xtatish
va biron bir qismini almashtirish mumkin. Bunda superkompyuterning ishida to’xtilish
kuzatilmaydi.
Apparat qismi yoki dasturiy ta’minot biron bir kompyuterda uzilish bersa shu
kompyuterga qo’yilgan vazifa darxol boshqa kompyuterlar orasida qayta taqsimlanadi, shuning
xisobiga Superkompyuterlarda uzilish ro’y bermaydi. Xozirgi vaqtda yuqori ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo’lgan supperkompyuterlarning 80 % ni klaster sistemasi tashkil qiladi.
Internet manbaalar:
https://studme.org/397364/informatika/klassifikatsiya_organizatsii_vychislitelnyh_sist
em
https://www.polnaja-jenciklopedija.ru/nauka-i-tehnika/klassifikatsiya-
kompyuterov.html
https://it.wikireading.ru/48114
http://nmr-esr.kubsu.ru/inf/2/2a.htm