6. AVAGADRO QONUNI
Asoschisi: 1811 yil Italiyalik olim A.Avagadro.
Qoidasi: Bir xil sharoitda teng hajmda olingan barcha gaz va gazlar aralashmalarida molekulalar soni ham teng bo’ladi. Masalan: Bir xil temperatura va bosimda 1 l vodoroddagi molekulalar soni 1 l kisloroddagi molekulalar soniga teng bo’ladi.
Normal sharoit (n.sh.)da barcha gaz yoki gazlar aralashmalari 1 moli 22,4 l hajmni egallaydi va molyar hajm deyiladi, u Vm bilan belgilanadi. N.sh.da 1 mol gaz yoki gazlar aralashmasi 6,02 1023 ta molekuladan yoki zarrachadan (struktura birlikdan) iborat bo’ladi va NA = 6,02 1023 raqami Avagadro soni deyiladi. Normal sharoit (n.sh.)da temperatura t = 0oC, absolyut temperatura T = 273 K (Kel’vin) (T = toC + 273), bosim P = 101,325 kPa (760 mm simob ustuni, 1 atm.) deb qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |