bilan atab kelingan. Ovro`poda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-
yaqingacha shu atamani qo`llar edik. Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu
muomalaga kiritgan, Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo`ladi:
nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani;
ikkinchi guruhga - etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa -san'at,
hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar
axloq haqidagi ta'limotni fan darajasiga ko`targanlar va «Etika» (ta yethika) deb
ataganlar.
Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan
«Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz.
Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi
axloqiy munosabatlarini o`rganadi. «Axloq» so`zi arabchadan olingan bulib bu
«xulq;» so`zining ko`plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega: umumiy
tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob'ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida
inson fe'l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni
umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo`lsak
doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq eng kamqamrovli
qismini axloq egallaydi.
Odob — inson haqida yoqimli taassurot o`ygotadigan, lekin jamoa, jamiyat va
insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf-
odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o`z ichiga oladi.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat
va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir ko`rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-
harakatlarning majmui.
Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo`la oladigan
ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir.
Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega.
Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan
o`z yakka hukmronligi yo`lida millionlab begunoh insonlarni o`limga mahkum
etgan Lenin, Stalin, Xitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar
prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar
tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojialarga olib
keladi.
Etika faning predmeti, mohiyati uning asosiy belgilari va tuzilmasi
Etika yoxud axloqshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi bir
necha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Axloq (arab. хulqning ko’pligi; lot.
moralis- hulq-atvor)-ijtimoiy ong shakllaridan biri. Axloq-kishilarning tarixan
tarkib topgan xulq -atvori, yurish turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro,
shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror,
muayyan norma va qoidalar yig’indisi. Аxloq- butun boshliq jamiyat a’zolari,
millat, хаlq, shaxs аmal qiladigan ijtimoiy tartib-qoida bo’lib,ushbu tartib-
qoidalar yordamida inson hatti-harakati tartibga solinadi, ya’ni boshqariladi
Axloq –ijtimoiy borliqning ta’sirchan omillaridan biridir. Davr o’zgara
borgan sari har qanday hodisa kabi axloq ham o’zgaradi, rivojlanib,
Do'stlaringiz bilan baham: