2-mavzu. Iste'mol, jamg‘arma va investitsiyalar. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish va milliy boylik
Nazorat savollari:
Iste'mol, jamg'arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini mohiyati.
Iste'mol va jamg'arma miqdorini belgilaydigan asosiy omillarni sanab o'ting.
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izoxlang.
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi?
YaIM va SMM bir – biri bilan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy daromadchi?
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
Жамғаришнинг моҳияти, омиллари ва самарадорлиги
Ўзбекистонда инвестицион фаолиятни таъминлаш ва унинг шартшароитлари
Investitsiya va investor tushunchalarining farqi nimada?
1. Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat,
ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini
qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan
foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol
farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boMib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan ishlab chiqarish
maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y
berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi.
Jamg‘arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va
aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zahiralarini
ko'paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
2.Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana
bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir ko'rsatadi.
Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining ixtiyoriga, idrokiga
bogMiq boMmagan omillardan iborat boMib, ulardan asosiylari
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
— barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg'arilgan mol-mulk darajasi;
— narxlar darajasi;
— real foiz stavkalari;
— iste’molchining qarzdorlik darajasi;
— iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Sub’ektiv omillar, asosan iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi hatti-harakatiga bogMiq boMadi. Bu omillar
qatoriga iste’mol va jamg‘arishga boMgan moyillik, kelgusidagi
narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining
o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin.
3.Takror ishlab chiqarishjarayonlarining baynalmilallashuvi o ‘zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi, o ‘zaro
moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish
majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jum
ladan, butun dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Xususan,
rivojlangan Yevropa integratsion hamjamiyati (YelH)
doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin
harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorligi AQSh, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko‘zda tutadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi Janubiy-sharqiy Osiyo, 0 ‘rta Osiyo, arab
dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun
ham xususiyatli bo‘lmoqda.
4.Milliy iqtisodiyot ko'plab o‘zaro bog'liq iqtisodiy unsurlardan
iborat bo'lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi.
Mazkur unsurlar o'rtasidagi amalda tarkib topgan
munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilmasini tavsiflab beradi.
M illiy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikrova makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni,
ko'plab infratuzilmalarni o'z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.
Milliy xo'jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat
taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot, milliy iqtisodiyot. xalq xo'jaligi, yaxlit
tarzdagi mamlakat iqtisodiyoti — bular bir-biriga ayniy
tushunchalar bo'lib, ma'lum hududiy chegaralarda tarixan
tarkib topgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimini
tavsiflaydilar.
5. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish
hajmi va ularning o'sishi bir qator ko'rsatkichlar tizimi orqali.
mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi.
M akroiqtisodiyot — bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab
chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan
milliy va jahon xo'jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Makroiqtisodiyot o'z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy
ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish sohalarini oladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning makrodarajadagi o'zaro
aloqasi jannyatdagi mehnat taqsimoti bilan shartlangan obyektiv
jihatdan zarur jarayon hisoblanadi. Bu jarayon xo'jalik yurituvchi
subyektlar iqtisodiy manfaatlarining harakati shaklida maydonga
tushadi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat
barcha aholisining doimiy ravishda o'sib boruvchi ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo'ladi. Milliy
iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal
etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda
makroiqtisodiy jarayonlarning subyektlari bo'lib alohida xo'jalik
yurituvchi subyektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va
boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari —
aholi, mehnat resurslari, band bo'lgan ishchi kuchi, ishsizlar va
boshqalar hisoblanadi.
Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi — takror ishlab chiqarish
jarayonini ob'ektiv ravishda aks ettiruvchi ko'rsatkichlardan
foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida
vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat.
6.Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko'rsatkichi
YalM bilan birga, lining tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish
mumkin boMgan bir qator o'zaro bogMiq ko'rsatkichlar mavjud
boMadiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab
beradi.
YaMM va YalM ishlab chiqarish yalpi hajmining
ko'rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular
mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy
kapitalning o'rnini qoplash uchun zarur boMgan qiymatni ham
o‘z ichiga oladi.
YalMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida istc’mol
qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya
summasi ayirib tashlansa, sof milliy mahsulot (SMM )
ko‘rsatkichi hosil boMadi.
7.Yaratilgan mahsulotni taqsimlashning asosiy yo‘nal ish lari ni
ko‘rsatishga harakat qilamiz:
a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni
taqsimlash ham doim bir xil boMmay, balki shu davrda amal
qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan,
mulkchilik munosabatlariga bogMiq boMadi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga
mulkchilikning turli shakllari mavjud boMgan, yer esa, davlat
mulki boMib turgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk
egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining
egasi boMgan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Bunda daromadlarning bir qismi albatta, umum-jamiyat
manfaatlarini ko‘zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib
tushadi;
b) milliy mahsulotdan eng avvalo, shu mahsulotni
yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish vositalarining qiymati,
aniqrogM, amortizatsiya summasi ajratib qo‘yiladi, chunki bu
summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni)
qayta tiklash uchun zarurdir;
v) undan keyin turli xil tabiiy ofat va boshqa favqulodda
hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishni o‘z maromida to'xtovsiz olib borishni
kafolatlash uchun sug‘urta fondlari, qariyalar, bolalar,
nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni
himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya
fondlariga ajratiladi;
g) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini
mustahkamlash, aholining tinch hayotini va mehnatini
qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim
tizimini, sogMiqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar
ajratiladi (bu ajratmalar ko‘pdan-ko‘p davlat soliqlari tarzida
amalga oshiriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |