27. Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichini toping: a) mehnat unumdorligi; b) kapital unumdorligi; c) foyda normasi; d) yerning unumdorligi; 28. Vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan vaqt qanday ko‘rsatkichni ifodalaydi? a) foyda normasini; b) kapital unumdorligini; c) mahsulot resurs sig‘imini; d) mehnat unumdorligini; 29. Qanday ko‘rsatkich kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmini ko‘rsatadi? a) mehnat unumdorligi; b) kapital unumdorligi; c) foyda normasi; d) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi; 30. Quyidagi ko‘rsatkichlardan qaysi biri orqali mahsulot ishlab chiqarishga ketgan moddiy xarajatlar ulushini topish mumkin? a) mahsulotning mehnat sig‘imi; b) mahsulotning material sig‘imi; c) mahsulotning energiya sig‘imi; d) mahsulotning yoqilgi sig‘imi;