2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari


-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i



Download 182,52 Kb.
bet15/18
Sana01.03.2022
Hajmi182,52 Kb.
#476827
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

2.6-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i

Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘idagi har bir nuqta ikki xil mahsulot ishlab chiqarishning qandaydir eng ko‘p hajmini ko‘rsatadi. Jamiyat uchun mahsulotlaming erishib bo‘ladigan har xil uyg‘unlashuv!aridan tanlab olish imkoniyati egri chiziq ichida joyla- shadi.


Non va tegirmon ishlab chiqarishning har xil uyg‘unlashuvini amalga oshirish uchun jamiyat ulardagi mavjud resurslaming to‘la bandligi va ishlab chiqarishning to‘liq hajmini ta'minlashi zamr. Non va tegirmonning barcha uyg‘unlashuvi ulaming eng ko‘p miqdorini ko‘rsatib, bu barcha mavjud resurslardan esa samarali foydalanish natijasida olinishi mumkin.
Iqtisodiyotda resurslaming to‘la bandligi va ulardan samarali foydalanishni ta'minlash uchun har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i deb nomlanuvchi
ABCDE chizig‘ida joylashgan bo‘lishi lozim. Bu chiziqdan chap tomonda joylashgan har qanday nuqta resurslardan to‘liq foydalan- maslikni anglatadi. Masalan, rasmdagi G nuqta iqtisodiyotda 1,6 mln. dona non va 5 ming donaga yaqin tegirmon ishlab chiqarilayotganini bildiradi. Bu esa, resurslardan foydalanishning muayyan darajasida, qo‘shimcha resurslami jalb etmagan holda, quyidagi harakatlami amalga oshirish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi:

  1. non ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, tegirmon ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish;

  2. tegirmon ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, non ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish;

v) bir vaqtning o‘zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan tashqarida joylash- gan har qanday nuqtaga (masalan, W) resurslaming mavjud hajmi va ishlab chiqarishning mavjud texnologiyasi darajasida erishib bo'lmaydi.
Jamiyat bu mahsulotlar uyg ‘unlashuvidan birortasini tanlashi zamr: ko‘proq tegirmon ishlab chiqarish kamroq non ishlab chiqar- ishni bildiradi va aksincha. Har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga to‘g‘ri keladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil xarajatlari deb ata- ladi.
Biz bu yerda faqat ikki narsa tegirmon va non misolida iqtisodiy resurslaming to‘la bandligi va ishlab chiqarishning to‘liq hajmi bilan xususiyatli deb hisobladik. Agar band bo‘lmagan resurslar bo‘lsa yoki resurslardan samarasiz foydalanilsa (to‘liq foydalanilmasa) iqtisodi- yot jadvalda ko‘rsatilgan har bir muqobil variantdagidan kamroq mahsulot ishlab chiqargan va bu rasmda keltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ining ichida joylashgan bo‘lar edi.
Agar resurslaming miqdori, sifati hamda texnika, texnologiya o'zgarsa iqtisodiyotda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham (ish- lab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ining holati) o‘zgaradi. Mavjud resurslaming ko‘payishi har bir variantda bitta yoki har ikkala mahsu- lot ishlab chiqarish hajmining ko'payishiga olib keladi.
Hozirgi davrda fan-texnika taraqqiyoti va binobarin texnika va texnologiyalar o‘zgarishi jadallashgan vaqtda ishlab chiqarish im- koniyati to‘htovsiz kengayib boradi. Energiyaning, xomashyo va ma- teriallaming yangi turlari topilib ishga tushuriladi. Yangi texnika va texnologiyalar qo‘llanilib, mehnat unumdorligi, yerlar xosildorligini, chorva mollari mahsuldorligini, tejamkorlikni oshirish imkonini beradi..

  1. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari

Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo‘lib keladi. Ayniqsa, hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo‘yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqa- rish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala - mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazi- fasini amalga oshirib bo‘lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy maz- muni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag‘lar yoki qilingan xara- jatlar o‘rtasidagi nisbat tushuniladi.
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy subyekt ko‘proq foyda olishga intiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda samarador- likning bosh mezoni haqida ham turlicha fikrlar mavjud. Ayrim olim- lar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy da- romad, to‘rtinchilari esa qo‘shimcha mahsulot deb ko‘rsatadilar. Biz bu o‘rinda sanab o‘tilgan fikrlaming qaysi biri to‘g‘ri ekanligi haqida batafsil to‘xtolmaymiz, lekin shuni aytish kerakki, ko‘pchilik olim- lar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh ko‘rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish samaradorligi olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurslar qiymatiga (I) nisbati bi- lan aniqlanadi, ya’ni:
P = — xlOO%
/
5
bu yerda: R’ - foyda normasi;
I - iqtisodiy resurs sarflari.
Misol uchun, A korxonada yil davomida 800 mln. so‘mlik resurs xarajat qilib, 200 mln. so‘m hajmida foyda olingan bo‘lsin. U holda foyda normasi 25% (200x100/800) ni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali masala bo‘lib, bu ayt- ilgan birgina asosiy ko‘rsatkichda, uni to‘la ravishda har tomonlama ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to‘la ifodalashda unda qatnashgan omillaming unumdorligini, ular- dan samarali foydalanish darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning manba va usullarini tavsiflovchi umumiy iqtisodiy qonunlardan biri vaqtni tejash qonuni hisoblanadi. Vaqtni tejash qonuni - ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi bilan jamiyat tomonidan hayotiy ne’matlar birligini yaratishga sarflanayotgan vaqtning qisqarib borishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy qonun. Vaqtni tejash ijtimoiy rivoj- lanishning iqtisodiy resurslarini umumlashtiruvchi darajasi hisobla- nadi. Har qanday tejam oxir-oqibatda vaqtni tejashga borib taqaladi. Vaqtni tejash qonunining mazmuni jonli va buyumlashgan mehnatni, ya’ni muayyan davrda sarflangan ish vaqti jamg‘armasi hamda o‘tgan davrlardagi ish vaqti sarflarining natijasini tejashni o‘z ichiga oladi. Vaqtni tejash qonuni namoyon bo‘lishining aniq shakli bo‘lib quyi- dagilar maydonga tushadi:

  1. mehnat unumdorligining o ‘ sishi;

  2. mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi;

  3. ishlab chiqarish material sig‘imining pasayishi;

  4. xo‘jalik nisbatlarining optimallashuvi.

Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgi- lanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:

Download 182,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish