2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari


-jadval Milliy mahsulotning texnologik bosqichlar bo‘yicha tuzilishi (shartli raqamlar misolida)



Download 182,52 Kb.
bet8/18
Sana01.03.2022
Hajmi182,52 Kb.
#476827
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

2.3-jadval
Milliy mahsulotning texnologik bosqichlar bo‘yicha tuzilishi (shartli raqamlar misolida)




Xom-

Qo'shilgan qiymat







Izchil tar- moqlar

ashyo,
yoqilg‘i,
material-
lar

Amorti-
zatsiya

Ish
haqi

Soliq
va
toTov-
lar

Foy-
da

Yalpi
ichki
mah-
sulot

Yalpi
ijti-
moiy
mah-
sulot

Iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati
(s)

Zaru-
riy
mah-
sulot
(v)

Qo‘shimcha
mahsulot
(m)

Paxta ishlab chiqarish

40

30

30

20

20

100

140

Paxtani qay- ta ishlash

140

40

50

25

30

145

285

To‘qima-
chilik

285

50

60

30

40

180

465

Tikuvchilik

465

45

50

35

30

160

625

Jami

930

165

190

110

120

585

1515

s=1095

v=190

m=230

585

1515

Shuni ta'kidlash lozimki, jami ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq mahsulot hamda ayrim takroriy hisoblar mavjud bo‘lganligi sababli u ishlab chiqarish natijasiga to‘g‘ri baho bera olmaydi.
Takroriy hisob - bu tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayo- nining bir necha bosqichlardan o‘tishi natijasida oraliq iste’moli deb atalmish ba’zi mahsulot (xomashyo, yoqilg‘i, material, en- ergiya va h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi. Jad- valdagi misolimizdan ko‘rinadiki, paxta tolasi, yigirilgan ip, gazla- maning qiymatini tashkil etuvchi xomashyo, yoqilg‘i, material va boshqalaming ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qayta-qayta qatnashadi, ulaming hisobga olinishi natijasida takroriy hisob 930 birlikni tashkil etgan.
Yalpi ichki mahsulot qiymatini to‘g‘ri baholash, unda takroriy hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushun- chalarini ham ajratib olish lozim. Oraliq mahsulot - bu tugallan- magan ishlab chiqarish, kelgusida yana qayta ishlov berilishi zarur boigan yoki qayta sotish uchun moijallangan tovar va xizmatlardir. Bizning misolimizda 140 birlikpaxta xomashyosi, 285 birlik paxta tolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to‘qilgan gazlama oraliq mahsulotlar boiib hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko‘ylakyoki kostyum) ishlab chiqarishning izchil jarayonidanavbat- dagi bosqichda qayta ishlov berishga muhtojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa pirovard mahsulot hisobla- nadi. Demak, pirovard mahsulot - bu ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan o‘tgan hamda bevosita iste’mol uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotdir.
Bundan ko‘rinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umu- miy natijadan ko‘ra ko‘proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib takroriy hisobni o‘z ichiga olmagan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini bevosita qondirishga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar va xizmatlar hi- soblanadi. Shunga ko‘ra, ko‘pincha ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi sifatida yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot (milliy daromad) va boshqalami ko'rsatish mumkin. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin (1993-yildan boshlab) milliy hi- soblar tizimi joriy qilindi va bunga asosan Yaratilgan mahsulot yalpi ichki mahsulot (YalM) deb atalib, shu shaklda hisobga olina boshlandi.
Yalpi ichki mahsulot deb mamlakatda yil davomida Yaratil- gan, bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan tayyor mahsulotga aytiladi.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan iste’moI qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (amortizatsiya ajratmalari) che- girib tashlansa, qolgan qismi sof ichki mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan menejyerlar, ishchilar, dehqonlar va muhandislar, texnik xodimlar va boshqalaming sarf qilingan jonli mehnati bilan Yaratil- gan zamriy va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan Yaratil- gan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi avlod ish- chilarini yetishtirish, ya’ni ishchilaming oilasi va bolalari uchun zamr bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida xodimlarning qo‘shimcha mehnati bilan Yaratilgan qismi qo‘shimcha mahsulot deyiladi.
Ishlab chiqarishning tizimi va mulkchilikning shaklidan qafiy nazar har bir korxonada, tarmoqda qo'shimcha mahsulot hajmini ko‘paytirishga harakat qilinadi. U asosan uch yo‘l bilan - ishlovchi- lar sonini ko‘paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chega- rasi o‘zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Misol uchun korxonada 120 kishi ishlagan bo‘lsa va har bir ki- shi 10 ming so‘mdan qo‘shimcha mahsulot yaratsa hammasi bo‘lib 1200 ming so‘m qo'shimcha mahsulot yaratiladi. Agar ishchilar soni 150 kishiga etkazilsa (150*10ming) 1500 ming so‘m qo‘shimcha mahsulot yaratiladi. Bunda qo‘shimcha ishchilar sonini ko‘paytirish evaziga qo‘shimcha mahsulot ko‘paytirilmoqda. Agar ishchilar soni o‘zgarmasdan 120 kishi holida qolib ish soati 8 soatdan 10 soatga uzaytirilsa (10*1250 bir soatlik Yaratilgan qo‘shimcha mahsulot) bir kunda bir ishchi 12500 so‘m, hamma ishchilar esa (120*12500) 1500 ming qo‘shimcha mahsulot yaratiladi.
Bundan ko‘rinadiki, bu ikki yo‘l bilan qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish mumkin. Lekin bu ikki yo‘l cheklangan bo‘lib, uzluk- siz ravishda ishchilar sonini ko‘paytirib ham, ish kunini uzaytirib ham bo‘lmaydi. Chunki ular cheklangan bo‘lib, ishchilar sonini ko‘paytirish korxonaga qimmatga tushadi, ish kunini uzaytirish esa ishchilar noroziligini keltirib chiqaradi. Demak qo‘shimcha mahsu- lotni ko‘paytirishning cheksiz bo‘lgan uchinchi yo‘lidan keng foy- dalanish mumkin. Bu yo‘l ishlab chiqarishda to‘htovsiz ravishda yan- gi texnika-texnologiyalami qo‘llash, xom ashyo va energiyalaming yangi turlarini topib, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini ochish bilan mehnat unumdorligini oshirish evaziga zamriy ish vaqtini ka- maytirish va qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirib qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish mumkin.
Ishchilar sonini ko‘paytirish va ish kunini uzaytirish yo‘li bilan olingan qo‘shimcha mahsulot absolyut (mutloq) qo‘shimcha mah- sulot deyiladi.

Download 182,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish