2-mavzu: Insoniyatning paydo bo’lishi va qadimiy gominidlar (2 soat)


Архей эра-сининг охирида Ерда жуда оддий тирик мавжудотлар, палео-зойда



Download 71,87 Kb.
bet2/5
Sana25.02.2022
Hajmi71,87 Kb.
#277912
1   2   3   4   5
Архей эра-сининг охирида Ерда жуда оддий тирик мавжудотлар,
палео-зойда сувда ва қуруқда яшовчи хайвонлар,
мезозоида судралиб юрувчилар пайдо бўлади.
кайнозойда сут эмизувчи ҳайвонлар тарқалади.
уч-ламчи ва тўртламчи босқичларга бўлиниб, учламчи босқич 50— 60 миллион, тўртламчи босқич 3—3,5 миллион йил ни уз ичига олади.
Ер тарихидаги энг буюк воқеа ҳайвонот дунёсидан одамзод-нинг ажралиб чиқишидир. Олимларнинг илмий фаразларига кура, одамзод тўртламчи босқич бошларида пайдо бўлган.
Тўртламчи босқич бошларида иқлим ҳозиргига нисбатан ис-сиқроқ бўлиб, Периней яриморолидан Хитойгача бўлган май-донлар субтропик, Осиёнинг жануби ва Африканинг катта қис-ми эса тропик минтақалар эди. Учламчи босқичнинг охири ва тўртламчи босқичнинг бошларида мазкур ўлкаларда маймун-ларнинг хилма-хил турлари яшаган.
Улар орасида одамсимон маймунлар ҳам бўлиб, улар одам-нинг энг қадимги аждодлари эди. Улар дриопитек, рамапитек, австралопитек ва бошқалар бўлиб, шулардан австралопитеклар одамга кўпроқ ўхшашлиги билан ажралиб турарди. Австралопитек мия қутисининг ҳажми 500—600 см3 бўлиб, у икки оёқда тик юрган, ўсимлик ва гўштни овқат сифатида истеъмол қилган.
1959—1960 йилларда Шарқий Африкадаги Олдувой дарасидз инглиз олими Л. Лики австралопитекларга мансуб бўлгаи мав-жудод—зинжантроп ва презинжантроп — «ишбилармон одам> қолдиқлариниЛ. Ликининг ўғли Ричард Лики Кения ва Эфиопия территориясидан қидирув ишлари натижасида австралопитек ва презинжантроп сингари мавжудодларнинг жуда кўп суяк қол-диқларини ва меҳнат қуролларинн топишга муваффақ бўлган. Эфиопия презинжантроплари ҳам «ишбилармон одам л ар» деб
Тадқиқотчилар-нинг мулоҳазаларига кўра, Африка архантроплари ер юзидаги энг қадимги қазилма одамларнинг дастлабки вакиллари ҳисоб-ланади. Агар шимпанзе маймуни мия қутисининг ҳажми 350—400 см3 ни ташкил этса, «ишбилармон одам» мия қутисининг ҳажми 670—680 см3 ни ташкил этган. Одам ҳайвонот дунёсидан узоқ давом этган ривожланиш жа-рэёни оқнбатида ажралиб чиққан. Машҳур инглиз табиатшунос-лгри Ч. Дарвин ва Т. Гексли одамсимон маймунлар одам аж-додлари эканини таъкидлаб, эволюцион жараён натижасида одам худди шу одамсимон маймундан келиб чиққанини исбот қилганлари ҳолда диний афсоналарга қаттиқ зарба бердилар. Дарвин маймуннинг одамга айланишидаги асосий омил жинсий танланишдир, деган эволюцион таълимотни яратди. «Маймуннинг одамга айланиши жараёнида меҳнат-нинг роли» деган асарида Дарвиннинг эволюцион назариясига юксак баҳо берди, маймуннинг одамга айланишида асосий, бош омил меҳнат эканлигини таъкидлаб, ўзининг оламшумул тари-хий аҳамиятга молик меҳнат назариясини яратди.
Архантроплардан кейинги босқич кишилари фанда қадимги одамлар номи билан машҳур бўлиб, тадқиқотчиларнинг фикри-ча, улар замонамиздан 100—50 минг йил муқаддам яшаганлар.
Қадимги одамларнинг қазилма қолдиқлари дастлаб 1948, 1964 йилларда Испаниянинг Гибралтар бўғози районидан, сўнг-ра 1970 йилда Германиянинг Неандерталь водийсидан топилган.
Қадимги одамлар жисмонан анча бақувват бўлиб, уларнинг бўйи ўртача 165 см бўлган. Улар тошдан хилма-хил меҳнат қуроллари ясаганлар.
Неандерталь қиёфадаги одамларнинг қазилма қолдиқлари Африкадан, Урта денгизининг шарқий қирғоқларидан, Урта Осиё, Яқин ва Урта Шарқ мамлакатлари территориясидан, Кора денгиз бўйларидан, Шарқий Европадан ва Осиё ерларидан кўплаб топилган.
Неандерталларнинг ташқи қиёфаси ва фикрлашида содда-лик, маймунга хос белгилар сақланиб қолган бўлиб, уларнинг бош мияси у қадар ривож топмаган эди. Лекин улар архантроплардан жуда узоқлашиб кетиб, ҳозирги қиёфадаги одамларга
субъектив сабабларга кўра биринчи навбатда меҳнат жараёнида инсон тафаккурининг ривожланиши натижасида неандерталь қиёфадаги одамлар ҳозирги қиёфадаги кишиларга айлана бордилар. Улар ҳам ақлий, ҳам жисмоний жиҳатдан камол то-пиб, ҳозирги қиёфадаги кишилар вужудга келди, шу билан антропогенез жараёни ниҳоясига етди. Худди шу даврда европеоид, негроид ва мўғил каби дастлабки ирқлар вужудга келди.

Britaniya muzeyida u tomonidan Sipparda joylashgan qadimgi ibodatxona asosida yozigan prizma saqlanmoqda. Biroq yozma manbalar Nabonid nima maqsadda qazishma ishlarini olib borganligi haqida ma’limot berishmayydi. Rimlik muallifalr esa yunoncha arxeologiya termining o’rniga antiquitates-qadimiyot termini qo’lladi. Shu soha vakillarini esa «antiquaries» - антикварий, qadimiy topilma havaskorlari deya atashardi. O’rta asrlarda esa антикварийлар deb qadimgi qo’lyozmalarni izlovchilarni tushunishgan. Yevropa Uyg’onish davrida esa антикварийлар deb antic davr san’ati namunalarini (ayniqsa yunon va rim davri) tadqiq etuvchi, kolleksiyasi bilan shug’ullanuvchi kishilarni tushungan. 1767 yilda Gettingen Universiteti professori Xristian Gottlib arxeologiyasi terminni qayta tiklaydi. Biroq, X.G.Geyne ham arxeologiya termini asosida antic davr yodgorliklari tavsifi va klassifikatsiyasini tushungan. ekanligini e’tirof etadi va shu sababli arxeologiya kurslari antropologiya kurslarida o’qitiladi.


Yevropa olimlari qazib topilgan qurol-yaroqg’lar bilan ham isdish-rovoqlar bilan ham umuman qiziqmas edilar. XYIII asrda dvoryanlar orasida kolleksiyachilikning avj olishi tufayli bir qancha mamlakatlardan noyob buymlar bilan savdo qiluvchi shaxslar ba’zi arxeologik topilmalarni to’playdigan bo’ldilar. Tezda ba’zi mamlakatlarda ilmiy maqsadlar yo’lida dastlabki tajribalarni qilib ko’rdilar. Rossiyada mashhur tarixshunos V.N. Tatishchev XVIII adrning birinchi yarmida arxeologiya bilan shug’ullanuvchi va arxeologiya qazishmalari uchun dunyoda birinchi qo’llanmalardan birini nashr qildi. Rassiyaning qadimiy shahar xarobalarini ilmiy jihatdan dastlab ta’riflab ta’riflab bergan kishi ham K.F.Kalaydovich bo’ldi. Mamalakatda shahar xarobalari va mozor qo’rg’onlarining juda ko’p ekanligini dastlab Z.Y. Xadakovskiy aytib berdi. 1838 yilda skiflarning Kuloba mozor qurg’oni ham uning zamonida 1830 yili qazildi. Radiokorbon usuli bo’lib, ushbu usul 1946 tilda Uilliard Libbi tomonidan yaratilgan. Bundan tashqari rus olimi B.A.Kolchin tomonidan yodgorliklarni davrlashtirishda yana bir yangi usul dendraxronlogiya usuli kashf etildi. Fukididning “Arxeologiya” asarining 23 ta bobida o’tmishdan meros qolgan urf-odat, an’ana va qadimiy yodgorliklarni tahlil qilish asosida Yunonistonning qadimgi davr tarixini tiklashga uringan. Ellinizm davrida adabiyotda yangi bir soha “периэгесис”- ya’ni sayohatchi olimlar tomonidan qadimgi yodgorliklar mamlakatlar va shaharlar haqida ma’lumotlar, kundaliklar yozib qoldirish sohasi paydo bo’ladi. Periegetik adabiyotning tugallangan kasallik manbaasi sifatida Pavsaniyning (milodiy II asrda yashagan) “Eliada ta’rifi” asarini keltirib o’tishimiz mumkin. Ushbu asarda qadimgi Yunoniston hududida joylashgan yodgorliklar moddiy madaniyat namunalari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Peryegetik adabiyotning rivojlanishi natijasida qadimgi topilmalarni kolleksiya qilish jarayoni kuchayib ketdi. Strabonning ma’lumot berishicha uning davrida Korinfdagi ko’plab qabrlar talon-taroj qilingan va ulardan topilgan noyob san’at namunalari esa kolleksionerlarga sotilgan. Rim imperiyasi hukmronligi davrida esa bu xolatga chek qo’yilgan.. 1347 yilda Rim Respublikasini boshqargan Kola di Rientso Italiya birligini tiklashda lotin yozuvlari, yodgorliklari va topilmalari muhim o’ringa ega deb hisoblangan. va buning natijasida Rim Respublikasining birinchi navbatda o’tkazgan tadbiri bu Rimning antik davri yodgorliklarini muhofaza etish bo’lgan. XV asrda sayohatchi va qadimgi topilmalar xavaskori bo’lgan Kariako Ankonskiy Gretsiya, Makedoniya, Kichik Osiyo davlatlarini aylanib chiqqan, Suriya, Falastin va Misrda bo’lib, u yerdagi qadimgi yozuvlar ko’chirgan, inshootlar suratlarini chizgan va topilmalarni yig’gan. Uning “qadimgi buyumlar haqida ma'lumotlar” kundaligi arxeologiya va etnologiya haqida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ib, bu bilimlarning ziyolilar jamiyatida ommalashtirishda, yoyishda katta ahamiyatga ega bo'lgan. XV va ayniqsa, XVI asrda Italiyada qadimgi davr topilmalarini kollektsiya qilish juda kuchayib ketgan. Bunga papalar Sikst IVva Yuliy II lar katta xissa qo'shishgan. Ular yerlarag ishlov berish jarayonida ko'plab topilgan topilmalarni yig'ishga xarakat qilishgan. Keyinchalik esa maxsus qazishma ishlari amalga oshirilgan. 1506 yilda papa Yuliy II Belьvederda ya'ni Vatikan saroyida antik davri xaykallari uchun maxsus xovli barpo ettirgan. 1515 yilda Lev X qazishmalar jarayonida topilgan xar bir buyumni papa xukumatiga ko'rsatish lozimligi to'g'risida dekret qabul qilgan. Papa Pavel III qadimgi buyumllar komissariatini tashkil etgan va Karakallada maxsu qazishma ishlarini olib borgan. Sayroy ay'elari va xukumatning boshqa vakillarini undan namuna olishgan. Noyob qadimgi davr buyumlarini yiqqan oxirgi papa Yuliy III 1555 yilda vafot etadi va fan hamda san'atni ta'qib etish boshlanadi. Antik davri buyumlari esa nopok deya e'lon qilinadi. Biroq bu davrga kelib antik davri buyumlarini yig'ish va o'rganish Italiya hududidan chiqib butun Yevropaga va ayniqsa, Frantsiyaga yoyilgan edi. XVIII asrda rim davri buyumlarini kollektsiya qilish ishlari nafaqat Rimda, balki Venetsiya, Parij, Madrid, Myunxen, Pragada ham olib borilgan. Biroq XVIII asrga qadar olib borilgan ushbu ishlarni arxeologiya deb atab bo'lmaydi. Arxeologik topilmalarni tizimlashtirish borasidagi dastlabki harakatlar arxeologiya fanidan alohida fan sifatida ajralib chiqishga xarakat qilgan etnografiyada amalga oshirilgan. 1603 yilda Geydelberglik professsor, golland Gruter asosan lotin yozuvlarini o'z ichiga olgan 12 mingdan ortiq yozuvlardan iborat to'plamni nashr ettiradi. Yakob Grenovius esa 1699-1702 yillarda yunon qadimiyotlari,yozuvlari va san'at namunalaridan iborat entsiklopediyani nashr ettirgan. Olimlar ichidan birinchilardan bo'lib, frantsiyalik Klod Peyresk (1580-1637 yy.) topilmalarni xar tomonlama o'rganishga, me'moriy yodgorliklarni aniq o'lchamlarini olish va xaykaltaroshlik mahsulotlarinining gips maketlarini yaratishga urg'u bergan. Peyresk fanda sezirlarli iz qoldirmagan biroq u va uning agentlari tomonidan dunyoning bir nechta mamlakatlarida 10 ta tomdan iborat asarining 7 ta tomi nashr etiladi va nashrlarda biz uning nafaqat oddiygina xavaskor balki buyuk olim bo'lganligini kuzatishimiz mumkin.
1.3. Lionlik vrach va antikvariy Jak Spon (1647-1685 yy) antik davri buyumlari va san'at namunalarini o'z asarlarida yoritishda ilmiy yondashuvga asoslangan va bu topilmalarni klassifikatsiya qilishga harakat qilgan. Bernard de Monfokon (1655-1741 yy.) ko'plab olimlar asarlarini nashr etgan. U tomonidan nashr etilgan asarlar ichida eng muhim ahamiyatga ega bo'lgan asar bu 15 tomdan “suratlarda tasvirlangan va ta'riflangan qadimiyotlar” deb nomlangan bo'lib, 1719 yilda 10 tomdan iborat birinchi asari nashr yuzini ko'radi. Manfokon ushbu asarida tarqoq holda bo'lgan barcha antikvar buyumlarni birlashtirgan, turdi mamlakatlardagi antikvarlar tadqiqotlari natijalarini umumlashtirgan va birinchi marotaba yunon hamda rim qadimiyotlarini bir yaxlit holda ko'rsatishga erishgan. 1711 yilda Gerkulanum va 1748 yilda esa Pompeyda qazishma ishlari amalga oshirilgan. Dastlab bu yodgorliklrada amalga oshirgan qazishma ishlari yodgorliklarni talon-taroj etish va buzish xarakterida amalga oshrilgan bo'lsa, keyinchalik esa aynan mana shu yodgorliklardagi qazishma ishlarini tizimlashtirishga alohida e'tibor berilgan. XVIII asrda klassik arxeologiyaning taraqqiy etishiga ikki olim graf Kelyus va Iogaan Vinkelьmanlar katta xissa qo'shganlar. Kelyusning “Misr, etrusk, yunon va rim qadimiyotlari to'plami” nomli 7 tomdan iborat asarida qadimgi davr topilmalari klassifikatsiyasi ishlari amalga oshirilgan. Epigrafika va umuman olganda antik davri topilmalari bilan shug'ullanish Angliyada tez tarqalgan. XVII asrda Bukingem gertsogi, graf Arundel va boshqa a'yonlar tomonidan qadimgi davr topilmalirini kollektsiya qilish ishlari amalga oshrilgan. Karl I o'zi xam qadimgi davr san'at namunalarini yiqqan va qadimgi topilmalarni o'rganish davlat manfaatlari uchun xizmat qiladi
farmon chiqargan. XVIII asrning ikkinchi yarmida Angliyada klassik, ayniqsa yunon davri topilmalariga qiziqishda yangi davr boshlanadi, dastlabki ekspeditsiyalar Yunonistonga jo'natiladi. Ingliz olimlari Styuart va Revett uch yil davomida Afinada bo'lishadi va rangtasvir namunalariga ega yodgorliklar o'lchamlari va umuman yodgorliklar haqida hisobotlar keltirilgan “Afina qadimiyotlari” deb nomlangan asarni nashr etiladi. Ioniyaga maxsus ekspeditsiya uyushtiriladi va R. Chendler tomonidan ushbu ekspeditsiya natijalari nashr etiladi. Inglizlar Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya va Falastinning boshqa qismlarida ham qazishma ishlari olib borishadi. Ingliz antikvariylari Britaniya qadimiyotlari bilan shug'ullanishgan. XVI asrdan boshlab ular qadimgi davr yodgorliklari, shu jumladan Stonxendjni o'rganisha boshlashgan. 1752 yilda Britaniyada miliy qadimiyotlarni muhofaza etish bo'yicha jamiyat tiashkil etilgan, biroq bu jamiyat uzoq faoliyat olib bormadi. XVII asrda alohida grafliklar tarixi yozilgan, ularning mualliflari esa me'moriy yodgorlikar topografiyasiga alohida e'tibor berishgan. Jiddiy arxeologik qazishma ishlari boshlangan va qadimgi davr yodgorliklari ahamiyatini tushunisha boshlashgan. Djon Obrey Uiltshir yodgorliklarini yoritgan va birinchilardan bo'lib, Stonxendj va Evbyuri diniy marosimlar o'tkaziladigan joy, druidlar ibodatxonasi bo'lganligini qayd etgan. Bu davrda angliyada dastlabki ilmiy jamiyatlar tashkil etiladi. 1753-1756 yillarda esa Londonda Britaniya muzeyi tashkil etiladi. Yuqorida keltirganimizdek dastlab Yevropada faqatgina antik davri moddiy madaniyat namunalarini o'rganishga e'tibor berishgan bo'lsa, keyinchlik aynan Angliya misolida mahalliy bitidoiy jamiyat davri moddiy madnyat namunalarini o'rganishga e'tibor kuchayganini kuzatishimiz mumkin. Biroq kim va qachon birinchi marotaba ibtidoiy jamiyat davri yodgorliklariga e'tibor bergani fanda ma'lum emas. O'rta asrlar davrida qazishma jarayonida topilgan ko'plab tosh davri qurollarini tabiat xodisalari maxsuli deb tushunishgan. Bu tosh qurollar yashin urgan vaqtida osmondan tushgan deb tushunishgan va ularni yashindan uyni himoya qiladi deb uylari ostonalariga yoki tomlariga qo'yishgan. Keyinchalik esa ba'zi olimlar bu qurollar yunonlar va rimliklar tomonidan maxsus diniy marosimlar uchun yaratilgan deb talqin qilishgan. Biroq XVI asrda fransuz olimi Vatikandagi botanika bog'i kuzatuvchisi, vrach va minerolog Mixail Merkati bu tosh qurollar osmondan tushgan emas, balki metalni hali bilmagan ibtidoiy odamlar qurollari bo'lgan degan g'oyani ilgari suradi. Faqatgina XIX asrga kelibgina insoniyat tarixidagi tosh davri alohida bir ilmiy dotkrina qiyofasiga ega bo'lgan. Insoniyat tarixini davrlashtirish masalalari antik davrida ham amalga oshirilgan. Masalan: Qadimgi Rim faylasufi Lukretsiy Kar (mil. Avv. 1 asr) o'zining “buyumlar tabiati yoki xususiyati” asarida tosh qurollar mis qurollar, mis qurollar esa temir qurollar bilan o'rin almashganligi sxemasini keltirib o'tadi. XVIII asrda frantsuz faylasufi J. Kondorse insoniyat tarixini quyidagicha baliqchilik va ovchilik hamda chorvachilik va dehqonchilik kabi davrlarga ajratishni taklif etadi. Kondorse zamondoshi Shotlandiyalik faylasuf A. Fergyuson insoniyat tarixini uchta davrga ajratib ko'rsatadi. Yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya. XIX asrda insoniyat tarixini moddiy manbalar asosida davrlashtirish harakati boshlanadi va natijada arxeologik davrlartirishning paydo bo'lishiga olib keladi. Aynan mana shu arxeologik davrlashtirish Lukretsiy fikrlarini tasdiqlaydi. Daniyalik olim K. Tomsen arxeologik materillarga tayanib insoniyat tarixidagi uch ta davrni ajratib ko'rsatadi. Tosh, bronza va temir davrlari. Frantsuz arxeologi G. Mortilьe paleolit davrini davrlashtiradi. Shved olimi arxeolog O. Montelius esa Yevropaning neolit, bronza va ilk temir davrlarini davrlashtiradi. XIXasrning birinchi yarmida shved olimi S. Nil’son quyidagi davrlarni keltrib o'tadi. Yovvoyilik, ko'chmanchilik, ko'chmanchilik va sivilizatsiya. U bu davrlar ichida bosqichlarni ham ko'rsatib o'tadi. Masalan: uning fikricha yovvoyilik davriga termachilik, ovchilik va baliqchilik ya'ni o'zlashtirma xo'jalik, varvarlik davriga ishlab chiqaruvchi xo'jalik ya'ni chorvachilik va dexqonchilik. Arxeologlar moddiy manbalar asosida ularning xom ashyo va tayyorlanish texnikasi xisobga olib insoniyat tarixini davrlashtirishni amalga oshirishadi. Bundan tashqari geologik davrlashtirish ham mavjud.

Ўзбекистон – инсоният тараққиѐти ўчоқларидан бири, жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми эканлиги олимлар томонидан эътироф этилган. Дастлабки цивилизациялар, уларнинг пайдо бўлиши ва тараққий этиши, цивилизациянинг илмий-назарий таҳлили, цивилизацияларга тарихий-фалсафий ѐндашув, умуман Шарқ ва Ғарб цивилизацияларининг қиѐсий таҳлили тарихшунослигига назар ташлайдиган бўлсак, бу йўналишда А.Тойнби, О.Шпенглер, К.Ясперс, И.М.Дьяконов, В.Массон, А.Васильев, М.Барг, М.Альбедил, А.Коптев, Ю.Яковец каби олимлар тадқиқот ишлари олиб борганлар. Сўнгги йилларда А.Асқаров, Р.Сулаймонов, Э.Ртвеладзе, А.Сагдуллаев, Ў.Мавлонов, Т.Ширинов, Ш.Шайдуллаев, Б.Эшовларнинг тарихий тадқиқотларида ―Турон цивилизацияси‖, ―Ўрта Осиѐ цивилизацияси‖, ―Ўзбекистон цивилизацияси‖ кабилар қиѐсий таҳлиллар асосида эътироф этилган.


Дунѐ тарихидаги турли ҳудудларда ижтимоий-иқтисодий ва табиий шароитлардан келиб чиқиб турли даврларда ўзига хос цивилизациялар тараққий этганлигини кузатиш мумкин. Ўзбекистон ҳудудларида ҳам цивилизация жараѐнлари ўзига хос йўналишда тараққий этиб борган бўлса-да, бу йўналишдаги ўзаро таъсир инкор этилмайди. Зеро, Юртбошимиз таъкидлаганидек, ―тарихимиз каби, қадимги маданиятнинг яратилишида ҳам кўплаб этник гуруҳлар, эл-элатлар ўз улушини қўшган. Бу табиий ҳол, чунки, ҳеч қачон, ҳеч қаерда фақат битта миллатга мансуб маданият бўлмайди. Ҳар қандай цивилизация кўпдан-кўп халқлар, миллатлар, элатлар фаолиятининг ва самарали таъсирининг маҳсулидир‖.
―Цивилизация‖- лотинча сўз бўлиб (―civilis‖), айнан таржимаси ―гражданлар‖, ―жамиятнинг эркин, озод аъзоларидан ташкил топган тузум, давлатчилик‖ деган маънони англатади. Ижтимоий фанларда цивилизация тушунчаси асосан маданият ва маданий тараққиѐтининг барча қирраларини ифодаловчи тушунча сифатидаги мазмун касб этади. Ушбу мазмунни 27

қисқача таърифлайдиган бўлсак, цивилизация тушунчаси – муайян ҳудудларда яшайдиган одамларнинг турмуш тарзи ва хўжалик юритиш фаолияти, ушбу одамлар ҳамда ҳудудлар ўртасидаги ўзаро муносабатлар, маълум даврларда яратилган маънавий ва моддий маданият, жамиятнинг тараққий этиш жараѐнида одамларнинг ижодий имкониятлари ва қобилиятининг самарасини англатади. Шу нуқтаи назардан ҳам цивилизация инсоният тараққиѐтининг асосий мезони сифатида талқин этилади. Бинобарин, Ўзбекистон ҳудудларида тараққий этган цивилизация ҳам жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми ҳисобланади.


Дунѐнинг турли бурчакларида яшайдиган халқларнинг тарихнинг турли даврларида ижтимоий-иқтисодий ва маданий жараѐнларда эришган ютуқлари ҳамда тараққиѐт босқичига кўтарилишини цивилизация тушунчаси ўзида акс эттиради. Бу тараққиѐт босқичи инсониятнинг пайдо бўлиши ва ривожланиши, жамиятнинг ривожланиш даражаси, моддий ва маънавий маданиятнинг юксалиши, қабилалар ва халқлар ўртасидаги ўзаро муносабатлар билан изоҳланади.
Сўнгги йилларда Ўрта Осиѐ ва унга қўшни ҳудудларда олиб борилган кўплаб тарихий-археологик тадқиқотлар бу минтақа қадимги Шарқ цивилизациясининг шаклланиши ва ривожланишида ўзига хос ўрин тутганлигини асослаб берувчи кўплаб маълумотлар – ашѐвий далилларни юзага чиқарди. Уларнинг натижаси ўлароқ, юқорида эслатганимиздек, ―Ўрта Осиѐ цивилизацияси‖, ―Турон цивилизацияси‖, ―Ўзбекистон цивилизацияси‖ каби атамалар илмий тадқиқотлар ва нашрларда кенг ишлатила бошланди.
Ҳозирги Ўзбекистон ҳудудларининг улкан Евроосиѐ минтақаси марказида, муҳим савдо-маданий йўллар кесишган чорраҳасида жойлашганлиги тарихан белгиланган бўлиб, бу ҳолат мамлакатимизни кишилик тарихининг илк босқичларидаѐқ Шарқ ва Ғарб дуѐси ўзаро мулоқотга киришадиган жой сифатидаги аҳамиятини белгилаб берди. Шунинг учун, ҳам тарих фанининг ҳозирги тараққиѐт босқичида Ватанимиз тарихини жаҳон цивилизациясининг ажралмас муҳим таркибий қисми сифатида ўрганиш талабалар учун ўта аҳамиятли ҳисобланади.
Ўқувчилар шунга алоҳида эътибор беришлари лозимки, Ўрта Осиѐ цивилизацияси турли ҳудудларда турли даврларда шаклланди ва ривожланди. Мисол учун, минтақанинг жанубий ҳудудларида яшаган қадимги қабилалар мил.авв.VI минг йилликдаѐқ деҳқончиликка ўтиб, унумдор хўжаликни ривожлантирган бўлсалар, бу даврда шимолий ҳудудлардаги қабилалар асосан овчилик, балиқчилик ва чорвачиликнинг илк шакллари билан шугулланганлар. Бу нотекислик жараѐнини табиий-географик шароитлар ва ўзаро алоқалар билан изоҳлаш мумкин. Бу ўринда, Ўрта Осиѐнинг чўл ва дашт ҳудудларидаги ҳамда дарѐ воҳалари ҳудудларининг ривожланиш даражасидаги маданий нотекисликни қиѐсий таққослаб кўриш (Копетдоғ, Ҳисор, Зарафшон тоғ олди ҳудудлари ҳамда Қизилқум, Қашқадарѐ ва Зарафшон воҳасининг дашт ҳудудлари) муҳимдир.
Ундан ташқари, Ўрта Осиѐда турли-туман маданият яратган қадимги аҳолининг неолит давридаѐқ, яъни, мил.авв.VI-IV минг йилликлардаги ўзаро 28

муносабатлари ва бу аҳолининг Шарқдаги, дастлаввал Олд Осиѐдаги бошқа қадимги цивилизация ўчоғлари билан узвий алоқада бўлиши ҳам маҳаллий цивилизациянинг ривожланишига катта таъсир кўрсатган.


Талабалар яна шунга эътибор беришлари лозимки, Ўзбекистон цивилизациясининг шаклланиши ва босқичма-босқич ривожланиб боришида минтақавий ва трансминтақавий иқтисодий-маданий алоқалар тизими жараѐни асосий ўрин эгаллайди. Чуночи, маҳаллий цивилизациянинг шаклланиши ва ривожланиши мураккаб тарихий жараѐн бўлиб, у иқтисодий ва ишлаб чиқарувчи хўжалик турларининг пайдо бўлиши, ѐйилиши ва эволюцияси, илк бошқарув шаклларининг пайдо бўлиши ва тараққиѐти, қадимги аҳоли жойлашуви, миграцияси ҳамда этногенез жараѐнлари, давлатчилик, урбанизация ва шаҳар маданияти ривожи, ўзаро маҳсулот алмашуви, савдо-сотиқнинг вужудга келиши ва тараққий этиши, илк улов ва транспорт воситаларидан фойдаланишига ўтилиши каби кўплаб ижтимоий-сиѐсий, ҳарбий, иқтисодий ҳамда маданий жараѐнлар билан бевосита боғлиқ ҳолда кечган.
Юқорида таъкидлаганимиздек, узоқ асрлар давомида халқаро савдо ва алоқа йўллари чорраҳасида жойлашган, ҳунармандчиликда, деҳкончиликда ва савдо-сотиқда қадим анъаналарга эга бўлган Ўзбекистон ва умуман, Ўрта Осиѐда ўтган аср ва асримиз бошларида олиб борилган тадқиқотлар маҳаллий цивилизациялар тараққиѐти масалаларига кўплаб аниқликлар киритиш имконини берди. Хусусан, тадқиқотлар натижасида топилган кўпдан-кўп моддий маданият буюмлари Ўрта Осиѐ халқлари илк ѐзма манбалар – Оссурия ҳужжатлари, Авесто, аҳомонийлар подшоларининг миххат ѐзувлари, қадимги Юнон, Рим, Хитой тарихчи ҳамда географларининг асарларида тилга олинишидан анча илгари даврлардаѐқ ривожланган маданият яратганликларидан далолат беради. Бу эса замонавий талабалар билиши муҳим бўлган ҳолатдир.
Замонавий адабиѐтларда цивилизация тараққиѐти шартли равишда икки даврга бўлинади. Биринчи давр – бу дастлабки деҳқончилик ўчоқларида ѐки уларга яқин жойларда вужудга келган бирламчи цивилизациялар – қадимги Миср, Месопотамия, Ҳинд, Хитой, Месоамерика, Анд цивизацияларидир. Цивилизацияларнинг ўзини ўраб турган олам билан алоқалари уларнинг ютуқларини қўшни ҳудудларга тарқатиш учун шарт-шароитлар яратиши натижасида иккиламчи цивилизациялар – Сурия, Бактрия, Марғиѐна, Анатолия, Миной, Крит-Микен, Япон ва бошқа цивилизациялар пайдо бўлган. Уларнинг маданияти бирламчи цивилизациялар маданиятига ўхшаш бўлиши билан бирга қайсидир жиҳатлари билан фарқланади. Айрим ҳолатларда бу жараѐн ўзини вужудга келтирган цивилизациядан ажралиб, мустақил цивилизацияга айланишга имконият яратганки, антик давр цивилизацияси бунга мисол бўлиши мумкин.
Иккинчи давр. Иккиламчи цивилизациялар муттасил кенгайишга интилиб ўз атрофида жуда кўп аҳолини, баъзан бир нечта маҳаллий цивилизацияларни бирлаштирган. Натижада жамият динлари шаклидаги мафкура пайдо бўлган. Шу тариқа цивилизацияларнинг тараққиѐтида 29

иккинчи давр бошланади. Бу жараѐн Ўрта Осиѐда мил.авв.VIII-VI асрлар давомида, Ҳиндистонда мил.авв.VI-III асрларда, Хитойда мил.авв.III-II асрларда, Европада милодга яқин даврларда, Жанубий Америкада XV асрда пишиб етилган эди.


Хуллас, бирламчи ѐки иккиламчи бўлишидан қатъий назар, цивилизация – бу деҳқончилик билан шуғулланувчи, шаҳарлар барпо этувчи, ўз ѐзувига эга ва маълум қадриятлар билан бирлаштирилган ижтимоий организмларнинг муайян тарихий тараққиѐт босқичидир.

Download 71,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish