3.EKSPERT TIZIMINI YARATISH TAMOYILLARI
.
Ekspert tizimini yaratishda ―tez prototip‖ deb atalmish konsepsiya bo‗yicha
ish ko‗riladi. Mazkur konsepsiyaga binoan tugallangan tizim yaratishga birdaniga
urinish kerak emas, faqat uning prototipini oqilona qurish lozim. Bunda prototip
quyidagi talablarga javob berishi kerak: ilovaning tipik (odatiy) masalalarini
yechishga, bunda ularni ishlab chiqish vaqti va qiyinchiligi unchalik katta bo‗lishi
kerak emas. Bu bilimlarni to‗plash va tartibga solish (ekspert tomonidan)
jarayonlarini dasturiy vositalar (ishlanmalar) tanlash jarayoni bilan (dasturchi va
bilimlar bo‗yicha muhandis) sinxronlash kerak. Muvaffaqiyatsizlikda umuman
yangi prototip ishlanmasi talab etilishi yoki ishlab chiqaruvchilar ushbu ilovaga
ekspert tizimining mutlaqo to‗g‗ri kelmasligi haqida xulosaga kelishlari mumkin.
Prototipni, ya‘ni tizimning qisqartirilgan versiyasini bir necha qoida, tasavvur va
misollar yordamida tuzish mumkin. Keyin esa muammoni identifikatsiya qilish,
bilimlarni olish, bilimlar maydonini tuzish (shakllantirish), rasmiylashtirish
(bilimlarni taqdim etish tilidagi bilimlar bazasi), prototipni amalga oshirish va test
o‗tkazish mumkin bo‗ladi. Tijorat bosqichida namoyish qilish, tadqiqot va harakat
prototiplari ko‗zda tutilib, ular ketmaketo‗tkaziladi.Sanoat va tijorat prototiplari
faqatgina oldingi uchtasidan keyin paydo bo‗lishi mumkin. Ekspert tizimi:
interpretator (masalani yechadi); ishchi xotira (IX) (ba‘zan ma‘lumotlar bazasi MB
deb ham ataladi), bilimlar bazasi (BB), bilim olish bloki, izohlovchi tarkibiy qism,
dialogli blokdan iborat.
Dinamik ET arxitekturasiga qo‗shimcha qilib ikki tarkibiy qism kiritiladi:
tashqi atrofni modellashtirish kichik tizimi hamda tashqi atrof bilan bog‗lovchi
kichik tizim. Oxirgi kichik tizim tashqi muhit bilan sensorlar va kontrollerlar tizimi
orqali aloqa o‗rnatadi. Ekspert tizimni yaratish tadbirida ekspertlar guruhi tizim
yaratilishi kerak bo‗lgan vaziyatni tahlil qilib chiqadi. Keyin ular tomonidan
shunga o‗xshash muammolarni hal etish qoidalari ishlab chiqiladi. Qoidalar
bilimlar bazasida joylashtiriladi. Mantiqiy xulosa chiqarish mexanizmi
loyihalashtirilib, u qanday qoidalar qaysi tartibda berilgan masalalar sinfi yechimi
uchun qo‗llanilanishini aniqlaydi. Umuman olganda, foydalanuvchidan
qo‗shimcha ma‘lumot olish uchun interfaol rejimni nazoratda tutish lozim bo‗ladi.
Ekspertlar bilimlarni (ma‘lumotlar va qoidalarni) aniqlab, ularning to‗g‗riligi va
to‗laligini ta‘minlaydi. Bilimlar bo‗yicha muhandis (kognitolog, muhandis–
interpretator,tahlilchi): – ET ishlashi uchun zarur bilimlarni tuzadi; – bilimlar
vositalari va ularni taqdim etish usulini amalga oshiradi; – bilimlarning mazkur
predmet sohasiga mos keladigan standart funksiyalarini ajratadi va dasturlaydi
(an‘anaviy vositalar yordamida). Dasturchilar dasturiy ta‘minotning asosiy
komponentlarini ishlab chiqib, uni foydalaniladigan muhit bilan bog‗lanishini
amalga oshiradilar.
Bajarish bosqichlari: 1. Identifikatsiya (funksiyalar, maqsadlar, ekspertlar va
foydalanuvchilar turlari). 2. Konseptuallashtirish(muammoli soha, tushunchalar
o‗zaro bog‗liqligi, masalalar yechish usullarini tahlil qilish). 3. Rasmiylashtirish
(intellektual tarmoqni, bilimlarni namoyish etish usullarini tanlash, tushunchalarni
rasmiylashtirish, bilimlarni izohlash, tizimni modellashtirish, maqsad, yechish
usullari, namoyish qilish va bilimlarni ishlatish usullariga muvofiqligini baholash).
4. Bajarish (bilimlarni tashkil etish va tuzilmalashtirish, bilimlarni tizimga
tushunarli holda taqdim etish). 5. Test o‗tkazish. 6. Sinov tarzida foydalanish.
Bilimlarni namoyish etish va yechish usullari. Ekspert tizimlarda o‗ziga xos
rasmiylashtirilgan til ishlatiladi, unda rasmiylashtirilgan bilimlar maydonini tashkil
qiluvchi qoidalar va dallilar ifodalanadi. Predikatlar mantiqi – bu tabiiy tildan
tanlab olish (kichik ko‗plik) hamda ularni rasmiy noaniq tushunchalarni va
amaliyotlarni chetlab o‗tadigan mantiq qoidalariga o‗xshash o‗zgartirish
qoidalaridir. Predikatlar – rasmiy mashina tilidagi gaplarning analoglaridir. Til
(kommunikatsiya vositasi) quyidagi qoidalarni o‗z ichiga oladi:
1. Grammatik (til shakllarini belgilaydi). Belgilar to‗plami (alfavit, tinish
belgilari va boshqalar), so‗zlarni belgi ketma-ketliklari (morfemalar), gap
yasalishining grammatik qoidalari (sintaksis) orqali ta‘riflash.
2. Semantik (ma‘noni aniqlaydi). So‗zlar va ifodalar quyidagilarni aniqlaydi:
hodisalar mohiyati, ular ustidagi amallarni. Agar gap dunyoni to‗g‗ri tavsiflasa, u
holda gap to‗g‗ri, aks holda – gap noto‗g‗ri bo‗ladi. Bu xususiyat til semantikasini
aniqlaydi. Bunday rost va yolg‗on gaplar to‗plamining muvofiqligi munosabati –
bu izohlashdir.
3. Rasmiy amallar orasidagi o‗zaro munosabatlar. Gaplar to‗plamidan
semantik (masalan, haqiqiy til vositalari yordamida) va rasmiy nuqtai nazardan
xulosa chiqarish (chiqarish amali) mumkin. Ekspert tizimining mantiqiy chiqarish
tizimida ikkala xulosa bir biriga to‗g‗ri kelishi kerak. Bilimlar maydonini
shakllantirishda tasavvur etishning deklarativ tizimlaridan foydalanish mumkin,
ular kelajakda uning qo‗llanilishidan qat‘iy nazar bilimni darak gap shaklida
ifodalaydi. Bilim tartibsiz shaklda to‗ldirib boriladi, butunlay modul tuzilma
(dalillar tizimi orqali modullar–alohida bilimlar o‗rtasidagi aloqa)ga ega bo‗ladi.
Deklarativ ta‘riflar munosabatlarni semantik axborot yordamida ifodalaydi.
Axborotga kirish huquqi cheklangan unifikatsiya yordamida amalga oshiriladi, bu
esa timsol bilan qiyoslash hamda keyinchalik filtrlashni bildiradi. Boshqarish
tuzilmasi ixtiyoriy tartibda kiritilishi mumkin bo‗lgan produksion qoidalar shaklida
kiritiladigan axborotdan ajratilgan. Produksion qoidalar bu yerda sillogizmlarga
o‗xshash, chiqarish usuli – modus ponens (p va p
⊃
q dan q kelib chiqadi), teorema,
chap qismi – vaziyat, o‗ng qismi – vaziyat paydo bo‗lganda qilinadigan amaldir.
Ekspert tizimida dinamik bilimlar bazasi – bu to‗ldirib borilayotgan produksion
qoidalar to‗plami, ishchi maydon – bu dalillar bazasi. Dinamik bilimlar bazasi
(produksion qoidalar shaklidagi o‗zgarish operatorlari) – bu uzoq muddatli xotira
analogi. Ishchi maydonda funksiyalar, mashina belgilagan dilillar shakllantiriladi –
bu qisqa muddatli xotira analogidir. Interpretator qoidalarning bajarilish tartibini
belgilab beradi. Ko‗pincha taxmin qilinayotganxulosadan (chiqish) dalillarga
teskari harakat amalga oshiriladi, bu esa tizimni kombinator portlashdan
(bo‗g‗inlar sonining ko‗payib ketishidan) saqlaydi, ammo dalillardan xulosaga
bo‗lgan variantlar ham mavjud. Sun‘iy intellekt tizimlari (SIT)ni ishlab
chiqaruvchi firmalarga tijorat sohasidagi muvaffaqiyatlar birdaniga kelmadi.1960–
1985 yillar oralig‗ida sun‘iy intellekt tizimlari asosan ilgarilab boruvchi tadqiqot
ishlanmalari ko‗rinishida bo‗lgan. Ishlanmalar xususiy muvaffaqiyatlarining juda
ko‗p miqdorda namoyish etilishi asta-sekin davlat amaldorlari va sarmoyadorlar
e‘tiborini o‗ziga tortdi. Ekspert tizimlar va neyron tarmoqlar shaklidagi sun‘iy
intellekt tizimlarining tarqalishi va tijorat maqsadlarda foydalanilishiga ularning
quyidagi xususiyatlari sabab bo‗ldi:
– bu tizimlarning dasturiy ta‘minoti umumiy foydalanishdagi dasturiy
vositalarga osongina moslashishi;
– zamonaviy tizimlarning asbob-uskunalari standart ko‗rinishda qo‗llanilishi;
– sun‘iy intellekt tizimlarining dasturiy amalga oshirilishini oddiy
kompyuterlar o‗rniga quvvatliroq ishchi stansiyalarda foydalanish imkoni;
–
an‘anaviy dasturlash tillariga moslashtirilgan ekspert tizimlari
qobiqlarining muvaffaqiyatli ishlab chiqilishi;
– har xil masalalar sinflari uchun neyron tizimlarining ishiga o‗xshash
dasturlar kutubxonlarining yaratilishi.
Shuningdek, mijoz-server arxitekturalarida yoki tarmoq tuzilmalarida
taqsimlanganoperatsiyalarni qo‗llab-quvvatlaydigan sun‘iy intellekt tizimlari ishlab
chiqilgan edi, bu esa ilovalarda foydalaniladigan asbob-uskunalarning narxini
pasaytirishga hamda ularning umumiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga
va markazlashtirilmasligiga imkon berdi. Sun‘iy intellekt tizimlarini rivojlantirish
va tijoriy amalga oshirish yo‗nalishlari. Ko‗p sonli ekspert tizimlarining
ishlanmalari hech qiyinchiliksiz ma‘lum turdagi sun‘iy intellekt tizimlarini butun
bir amaliy masalalarning to‗plamida qo‗llash uchun zarur o‗xshashlarini topish
imkonini beradi. Shuningdek, foydalanuvchilarning tavsif va tavsiyalari bo‗lgan
ko‗pgina amaliy masalalarni hal qilish uchun mo‗ljallangan juda ko‗p miqdorda
neyron tarmoq variantlari (neyron tarmoqlar kutubxonalari)yaratilgan. Bunday
tarmoqlardan foydalanish tajribasi mutaxassislarga mavjud neyron tarmoqlar
ichidan aniq bir muammolarni hal qilishga qodir yoki hal etishda yordam
beradiganlarini tanlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |