2-Mavzu Ibn Sino tabobat sohasida qilgan ishlari хozirgi zamon tibbiyotiga yaqinligi аsoslari. Inson organizmidagi a'zolarning mizojlari. Reja



Download 87,48 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi87,48 Kb.
#213774
Bog'liq
2-maruza


2-Mavzu - Ibn Sino tabobat sohasida qilgan ishlari хozirgi zamon tibbiyotiga yaqinligi аsoslari. Inson organizmidagi a'zolarning mizojlari.

Reja:

2.1.Ibn Sino tabobat sohasida qilgan ishlari.



2.2.Хozirgi zamon tibbiyotiga yaqinligi аsoslari, Inson organizmidagi a'zolarning mizojlari

Tayanch iboralar: Urjuza fi-t-tib", Al-adviyat al-Qalbiya, Kitob al-Qulanj
2.1.Ibn Sino tabobat sohasida qilgan ishlari.
Ibn Sinoning tibbiyotga oid asarlari:

  1. "Urjuza fi-t-tib" tabobat ilmining nazariyasi va umumiy masalalarini o`rganish to`g’risida bo`lib, bu asar rajaz vaznida she`riy usulda yozilgan.

Bu asarning asl arabcha matni Kal'kuttada (1829y), Laqnav (1845y), Parij (1956y) da nashr etilgan. 1972 y Toshkentda ham nashr etilgan.

  1. "Al-adviyat al-Qalbiya" ("Yurak dardlari") asarining arabcha matni Istambulda 1937 y, lotin tilida 1482 y, turk tilida 1937 y, o`zbek tilida 1966 y Toshkentda nashr qilingan.

  2. "Daf`-al-madorr al-kulliya an-al-abdan al-insoniya" ("Inson badaniga etishgan barcha zararlarni yo`qotish")

Bu asar xifz assiqa, ya`ni sog’likni saqlash (gigiena) va parhez masalalariga bag’ishlangan bo`lib, lotin tilida 1547 yilda, arab tilida 1837 y Qoxirada, 1978 yil o’zbek tilida Toshkentda chop etilgan.

  1. "Kitob al-Qulanj" - yo`gon ichakda bo`ladigan kolit kasalligiga bagishlangan asar bo`lib, bu risola nashr etilgan, uning qo`lyozma nusxasi kutubxonalarda saqlanadi.

  2. "Maqola fi-n-nabz" ("Tomir urishi haqida maqola") asari fors tilida yozilgan bo`lib, Tehronda 1937 y, 1952 yillar nashr etilgan .

  3. "Urjuza fi-t-tibb ("Fil-l fusul al-arba`")- yilning 4 fasliga oid tibbiy urjuza- bu asar yilning har bir faslida nima qilish kerak, qanday ovqat, ichimlik va dorilarni iste`mol qilish kerakligi haqida fikr yuritgan. Bu kitob ham chop etilgan, qo`lyozmasi kutubxonalarda saqlanadi.

  4. "Urjuza fi-l- mujarrabot" ("Tajribadan o`tgan davolar haqida urjuza"), chop etilmagan.

  5. "Risola fi-l-box" ("Shaxvoniy quvvat haqida risola") -yosh o`tishi bilan bu quvvatning kamayishi va uni qo`zgatuvchi dorilar haqida gapiriladi. Chop etilmagan.

  6. "Risola fi tadbir al-musofirin" ("Safarda yuruvchilarning tadbiri haqida risola"). Bu asar dengizda safar qilgan vaqtda, qordan ko`z qamashib og’rigan vaqtda, qattiq sovuqdan qo`l-oyoqlar og’riganda qo`llanilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlarni o`z ichiga oladi. Turk tilida chop etilgan nusxasi mavjud.

  7. "Risola fi xifz as-siqqa" ("Sogliqni Saqlash haqida risola"). Bu asar 13 bobdan iborat bo`lib, unda umumiy shaxsiy gigiena qoidalari haqida to`liq

ma`lumotlar berilgan. Chop etilmagan.

  1. "Risola fi-s - sikanjubin" ("Sikanjubin haqida risola") sikanjubinni tayyorlanish usullari va uning foydalari haqida so`z boradi. O’rta asrda lotin tilida chop etilgan.

  2. "Risola fi-l-fasad" ("Qon olish haqida risola") turk tilida chop etilgan.

  3. "Risola fi-l-xindibo" ("Sachratqi haqida risola") bu asarning arabcha matni va turk tilidagi tarjimasi 1955 y Istambulda chop etilgan.

Ibn Sino tog’larning paydo bo`lishi to`g'risida ajoyib 2 fikrni bildirgan: Birinchidan, kuchli yer qimirlash hisobidan yer qobig’ining ko`tarilishi, ikkinchidan, suv oqimi va havoning asta-sekin ta`siri natijasida chuqur jarliklar paydo bo`lib, natijada ularning yonida balandlik hosil bo`lib qolishi sabab bo`ladi degan nazariyani ilgari surgan. Mineralogiya va geologiya faniga qo`shgan hissasi tufayli, 1956 yilda O`zbekistonda topilgan yangi mineral Avisennit deb ataldi.

Mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) Ibn Sinoning botanika sohasidagi xizmatlarini taqdirlab, tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o`suvchi va doimo yashil holda qoladigan bir daraxtni Avitsena deb ataydi. Poeziya sohasida ham ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U o`zining ayrim ilmiy asarlarini rajaz vaznli she`rda yozgan. Olimning falsafiy qissalari fors-tojik adabiyotiga chuqur ta`sir ko`rsatdi. Masalan, ibn Sinoning "At-tayr" ("Qushlar") nomli she`riy risolasi bilan Fariduddin Attor (1142-1224)ning "Mantiq at -tayr" ("Qushlar so`zi") dostoni orasida ma`lum darajada bog’liqlik bor. Olimning fors tilida yozilgan bir nechta g'azal va qit`alari, 40 dan ortiq ruboiylari mavjud. Bundan tashqari ibn Sinoning tibbiyot va kimyo fanining taraqqiyotiga qo`shgan ulkan hissasi beqiyosdir.

Ma`lumki, tabobat ya`ni meditsina fani eng qadimiy fanlardan bo`lib, Misr, Hindiston, Markaziy Osiyo mamlakatlarida asrimizdan 2 ming yil oldin taraqqiy topa boshlagan. Keyinchalik bu fan qadimgi Yunoniston, so`ngra Rim (imperiyasiga qarashli) yerlarida rivoj topadi.

Qadimgi Yunon va Rim tabiblaridan quyidagilarni zikr etish mumkin:Buqrot, ya`ni Gippokrat (asrimizdan oldingi 460 -355 yillar), Dioskorid (1 asrda

yashagan) , Jolinus , ya`ni Galen (129-200 yillar), Oribaziy (325-402 yillar), Pavel (615-690yillar).

Hindiston tabiblaridan Kushon podshosi Kanishka davrida, ya`ni 1 asrda yashagan Charakaning tibbiy asarlari juda mashhur bo`lib, bu kitob Abbosiylar davrida arab tiliga tarjima qilingan.

O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida esa xalq orasidan yetishib chiqqan tib olimlari quyidagilar:

-Abu Jurayj - taxminan 8 asrda yashagan, nasroniy tabib.

-Mosarjavayx -Umaviylar davrida Basrada yashagan, uni ko`pincha al-Yaxudiy deb ataydilar.

-Masix ad -Dimashqiy - Xorun ar-Rashidning (786-809 yillar) shaxsiy tabibi bo`lgan. "Kunnosh al Kabir" nomli katta asar muallifi.

-Ibn Mosavayx (777-857y) - Eronning ilmiy markazlaridan bo`lgan Jundishopurda tug’ilgan, Bog’dodda istiqomat qilgan va birinchilardan bo`lib ko`z kasalliklari haqida ilmiy asar yozgan.

-Sobur ibn Saxl (869 y vafot etgan) avval Jundishopurda, so`ngra Bog’dodda kasalxonani boshqargan. Sharqda birinchi bo`lib farmakopiyani ("Kitob al- aqrabodin al -kabir") yaratgan.



-Saxorbuxt – Bog’dodda yashagan bo`lib, sodda dorilar haqida kitob yaratgan.

Tib olimlaridan Abu Bakr Roziyning (865-925y) nomini alohida qayd qilish lozim. U O`rta asrning eng buyuk tabiblaridan biri va ulug’ kimyogari hisoblanadi. Abu Rayxon Beruniy o`zining dorishunoslikka bag’ishlangan "Seydana" nomli asarini yozishda Roziyning asarlariga keng tayangan. Roziyning tabobatga oid eng yirik asari "Kitob al -xoviy" ("Qamrab oluvchi kitob") bo`lib, bu kitob Roziygacha tib ilmi sohasida ma`lum bo`lgan barcha ma`lumotlarni o`z ichiga oladi va hajm jihatdan "Tib Qonunlari"dan ham katta. Biroq , bu kitobning qat`iy bir reja asosida bob va qismlarga ajratilmaganligi undan foydalanishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham kitobning arabcha nusxalari ko`p tarqalmagan va hatto nashr ham etilmagan.

Ibn Sinoning ustozlari quyidagilar:

-Ali ibn Rabban at-Tabariy (Marv shahrida tug’ilgan) "Firdavs al - hikma" (Xikmat bog’i) nomli katta asarni yozgan.

-Rabi` ibn Axmad al- Axavayniy al-Buxoriy (Abu Bakr Roziyning buxorolik shogirdi), "Hidoyat al-Mo’tallimin fit - tibb" ("Tabobatni o`rganuvchilar uchun qo`llanma) fors-dariy tilida yozilgan kitobi mavjud bo`lib, 1965 y Eronda nashr etilgan.



-Abu Mansur al -Xasan ibn Nux al-Qumriy (999 y Buxoroda vafot etgan) ning 2 ta katta asari bizgacha yetib kelgan: "Kitob al -qino val - muno" ("Mukammal va maqsadlarga yetishtiruvchi kitob"), "Kitob at-tanvir fil istiloxot at -tibbiya" ("Tibbiy istiloxlarni yorituvchi kitob").

Bulardan birinchisi, inson a`zolarida bo`ladigan barcha kasalliklarni davolashga qaratilgan bo`lsa, ikkinchi asar o`sha davr tabobatida qo`llanilgan tibbiy terminlarning izohli lug’ati deb ataladi. Ibn Sino bilan yaqindan muloqotda bo`lgan tabiblarning biri Xorazmda yashab ijod etgan Abu Saxl al-Masixiy ham tabib sifatida mashhurdir. Uning tabobatga oid ilmiy asari "Kitub al - mi` - a fis - sinoat at -

tibbiya" ("Tib san`ati bo`yicha 100 kitob") nomli bo`lib, unda tibbiyotga oid barcha sohalar mufassal bayon etilgan.

Umuman Ibn Sino oldida turgan asosiy vazifa turli xalq namoyandalari tomonidan asrlar davomida tib ilmi sohasida to`plangan ma`lumotlarning muhimlarini 2-darajadagilardan ajratib, ularni muayyan bir tartibga solish va o`z tajribalari bilan boyitilgan holda ma`lum nazariy va qonun - qoidalar asosida umumlashtirishdir.

Nihoyatda murakkab va mas`uliyatli vazifani ibn Sino katta mahorat bilan amalga oshirdiki, uning "Tib Qonunlari" asari jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqei yorqin guvohlik beradi.

"Tib Qonunlari" kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili Rimda, keyinchalik u hozirgi Qohira (1873,1877,1879), Tehron (1889), Laknav (1906) va Loxur (1906) shaharlarida chop etildi. Ispaniyaning Toleda shahrida 1130 yilda tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va Kremonalik Gevard (1114 - 1187 y) "Tib Qonunlari" ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi. Shundan boshlab "Tib Qonunlari" kitobi Yevropa vrachlari qo`lidagi asosiy qo`llanmaga aylanadi va universitetlarda meditsina fani shu asar bo`yicha o`qitilgan.



O`zbekistonning sharqshunos olimlari Toshkentdagi shifokorlar bilan hamkorlikda 1954-1961yillar mobaynida "Tib Qonunlari" ning besh kitobini arabchadan o`zbek va rus tillarida tarjima qilib nashr etdilar. Umuman, "Tib Qonunlari" besh kitobdan iborat va ular quyidagilar:

Birinchi kitob - tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari haqida ma`lumot beradi. Tabobat ilmining ta`rifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi ta`limot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining "oddiy" a`zolari - suyak, tog’ay, asab, arteriya, vena, pay, mushaklar haqida qisqacha anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko`rinishlari, turkumlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida Sog’liqni saqlash tadbirlari haqidagi ta`limot batafsil bayon qilinadi.

Ikkinchi kitob - o`sha davr tabobatida qo`llanilgan dori - darmonlar haqida zaruriy ma`lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda o`simlik, hayvon va ma`danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori - darmonlar ta`rifi, ularning davolik xususiyatlari va qo`llanish usullari bayon qilingan. Muallif O`rta Osiyo va Yaqin Sharq hamda O`rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan - dori - darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, O`rta yer dengizining orollari va boshqa joylardan keltiriladigan ko`plab dorivor o`simliklarni ham ko`rsatib o`tadi.

Uchinchi kitob - Inson tanasining boshidan tovonigacha bo`lgan a`zolarida yuz beradigan "Xususiy" va "Mahalliy" kasalliklar haqida ma`lumot beradi. Ya`ni, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bag’ishlangan. Unda bosh miya, ko`z, quloq, burun, og’iz bo`shlig’i, til, tish, milk, lab, tomoq, o`pka, yurak, qizilo`ngach, oshqozon kasalliklari, jigar, o`t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a`zolar kasalliklari haqidagi ma`lumotlar keltirilgan.



To`rtinchi kitob - inson a`zolarining birortasiga xos bo`lmagan "umumiy" kasalliklarga bag’ishlangan. Masalan, turli isitmalar (buxronlar), shishlar, toshmalar,yara - chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, turli xil jarohatlar kiritilgan.

Shuningdek mazkur asarda o`ta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish kasalliklari haqida so`z boradi. Shuningdek, toksikologiyaning ham asosiy masalalari bayon qilinadi. Kitobning maxsus bo`limi inson husni va chiroyini saqlashga va pardoz - andoz vositalariga bag’ishlangan, sochni to’kilishdan saqlaydigan, haddan tashqari semirib ketish yoki ozib ketishning oldini oladigan dori-darmon va tadbirlar haqida so`z yuritilgan.

Beshinchi kitob - farmakopiya bo`lib, unda murakkab tartibli dori - darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Kitobning 1- qismida turli taryoqlar (ziddi - zaharlar), ma`junlar, habadori, kulchadori, elaki dori, sharbatlar, qaynatma, sharob, malham va boshqalar tavsifi berilsa, 2- qismida esa muayyan a`zolar - bosh, ko`z, quloq, tish, tomoq, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig’i a`zolari, bo`g’imlar va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori darmonlar keltiriladi.

Xulosa qilib aytganda, Abu Ali ibn Sinoning eng mashhur va durdona asarlaridan biri "Kitob al -Qonun fit-tib" (Tib Qonunlari) kitobi hisoblanadi. Bu asar o`z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal qomusi sifatida inson sog’ligi va kasalliklarga oid bo`lgan barcha muammolarni mantiqiy tartibda to`la mujassam etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm ahli e`zozlaydi.yashagan) , Jolinus , ya`ni Galen (129-200 yillar), Oribaziy (325-402 yillar), Pavel (615-690yillar).

Hindiston tabiblaridan Kushon podshosi Kanishka davrida, ya`ni 1 asrda yashagan Charakaning tibbiy asarlari juda mashhur bo`lib, bu kitob Abbosiylar davrida arab tiliga tarjima qilingan.

O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida esa xalq orasidan yetishib chiqqan tib olimlari quyidagilar:



-Abu Jurayj - taxminan 8 asrda yashagan, nasroniy tabib.

-Mosarjavayx -Umaviylar davrida Basrada yashagan, uni ko`pincha al-Yaxudiy deb ataydilar.

-Masix ad -Dimashqiy - Xorun ar-Rashidning (786-809 yillar) shaxsiy tabibi bo`lgan. "Kunnosh al Kabir" nomli katta asar muallifi.

-Ibn Mosavayx (777-857y) - Eronning ilmiy markazlaridan bo`lgan Jundishopurda tug’ilgan, Bog’dodda istiqomat qilgan va birinchilardan bo`lib ko`z kasalliklari haqida ilmiy asar yozgan.

-Sobur ibn Saxl (869 y vafot etgan) avval Jundishopurda, so`ngra Bog’dodda kasalxonani boshqargan. Sharqda birinchi bo`lib farmakopiyani ("Kitob al- aqrabodin al -kabir") yaratgan.



-Saxorbuxt – Bog’dodda yashagan bo`lib, sodda dorilar haqida kitob yaratgan.

Tib olimlaridan Abu Bakr Roziyning (865-925y) nomini alohida qayd qilish lozim. U O`rta asrning eng buyuk tabiblaridan biri va ulug’ kimyogari hisoblanadi. Abu Rayxon Beruniy o`zining dorishunoslikka bag’ishlangan "Seydana" nomli asarini yozishda Roziyning asarlariga keng tayangan. Roziyning tabobatga oid eng yirik asari "Kitob al -xoviy" ("Qamrab oluvchi kitob") bo`lib, bu kitob Roziygacha tib ilmi sohasida ma`lum bo`lgan barcha ma`lumotlarni o`z ichiga oladi va hajm jihatdan "Tib Qonunlari"dan ham katta. Biroq , bu kitobning qat`iy bir reja asosida bob va qismlarga ajratilmaganligi undan foydalanishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham kitobning arabcha nusxalari ko`p tarqalmagan va hatto nashr ham etilmagan.



Nazorat savollari

  1. Тиб илми нима ва таркибий қисмлари қандай

  2. Тиб илми қисмининг манбаи нечта

  3. Тиб амалий қисми манбаи нечта

  4. Мижоз нима ва кўринишлари қандай

  5. Инсон мижозини аниқлашда қўлланиладиган қандай далиллар бор

Foydalanilgan adabiyiotlar
Asosiy adabiyotlar

1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари:



1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993.
2.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 2-жилд. Тошкент, 1992.
3.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 3-жилд. Тошкент, 1993.
4.Абу Али ибн Сино. Тиббий ўгитлар. Тошкент, 1991.Internet saytlari

http://www.ziyonet.uz

http://www.wikipedia.ru

http://www.chemist.com

http://www.himiki.ru

http://www.organicchem.com
Download 87,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish