Gnoseologik funktsiya. Gnoseologiya – bilish demakdir. Bilish nazariyasi borliqni, uning aniq bir holatlari, manbalari va shakllarini o’rganishga qaratilgandir. Aniqroq aytadigan bo’lsak, gnoseologik funktsiya davlatlar va xalqlarning geosiyosiy joylashuvi, turmush tarzi hamda ular hayotining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish bilan bog’liq. Albatta, gnoseologik funktsiya amaliyotida geosiyosat-ning davlatlar va xalqlar turmushini o’rganishda qo’llaydigan bir qator uslublari – taqqoslash, ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini ko’zatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish), empirik (tajriba qilish) va shular singari uslublarining o’rni kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |