2-MAVZU: «GEOSIYOSAT ASOSLARI» NING KATEGORIYaLARI, QONUNLARI, METODLARI VA FUNKTsIYaLARI.
REJA
Geosiyosat asoslarining asosiy qonunlari
Geosiyosat asoslarining asosiy tushunchalari: geografik makon, endemik maydon, chegaraoldi maydon, chorraha maydon, total maydon, metapole
Geosiyosat asoslarining asosiy metodlari
Geosiyosatning asosiy funktsiyalari
1. Boshqa fanlar kabi geopolitika ham ijtimoiy, geografik, siyosiy, demografik, harbiy va boshqa tizimlarning amal qilish, shakllanish, rivojlanish xususiyatlarini, qonuniyatlarini tahli qiladi. Tadqiqotchilar geopolitikaning asosiy qonuniyatlari haqida gap borganida asosiy e’tiborni geografik dualizm qonuniga qaratishadi. Odatda ushbu qonun tabiatning geografik to’zilishi va tsivilizatsiyaning tarixiy shakllarida namoyon bo’ladi. Ko’pgina geopolitiklar quruqlikdagi kuch-qudratni (tellurokratiya) dengizdagi kuch-qudratga (talassokratiya) qarama-qarshi qo’yishadi. Bu holatlar Qadimgi Sparta, Qadimgi Rim, Qadimgi Afina va Karfagen misolida namoyon bo’ladi. Geosiyosat asoschilari jumladan A.Mexen, X.Makkinder fikricha durlizm dastlab tarixiy-madaniy tsivilizatsiyalar o’rtasida dushmanlik adovatlarini, turli-xil ziddiyatlarni, o’ziga xosliklarni keltirib chiqardi. Tellurokratiyaga xos bo’lgan xususiyatlar: aniq belgilangan chegara, ma’lum makon, aholi turmush tarzi, rivojlanishning o’xiga xos yo’nalishlari, konservatizm, barcha amal qilishi shart bo’lgan ahloqiy va huquqiy normalar, aholi toifalari, etnoslar, irqlar, davlat va saltanatlar. Bu qat’iylik ushbu makonda ahloqiy va qonununiy normalarni belgilab beradi. Talassokratiya esa dengiz savdosi ham bo’lib texnik progressga tayanadi. Individurlizm kayfiyatiga, boylik orttirishga, tadbirkorlikka keng e’tibor qaratiladi. Ahloqiy, huquqiy normalarga nisbiylik kasb etib ekstrimal shart-sharoitlarda yashash ko’nikmalariga keng e’tibor beriladi. Natijada ahloqiy, madaniy qadriyatlar tez o’zgaradi, yoki oldinga intilish, boylik orttirish yo’lida harakat qilish, kashfiyotlarga e’tibor kabi harakatlarga soyasida qolib ketadi.
O’zoq yillar davomida tarixiy taraqqiyot davomida Qadimgi Rim, Afina, Sparta savdo, hunarmandchilikning rivoji natijasida dengizda ham hukmron mavqega ega bo’la boshlashdi. Mehnat taksimoti bois dengizda hukmronlikni qo’lga kiritish uchun kurash boshlandi. Ushbu xolat geopolitikaning ikkinchi qonuni- makon omilining kuchayish qonuni kelib chiqadi. Bu omil buyuk geografik kashfiyotlardan keyin ayniqsa ko’proq ahamiyat kasb eta boshladi.
. 3. Fanning asosiy kategoriyalari
Ijtimoiy-siyosiy fanlarning barchasida bo’lgani singari geosiyosat ham mustaqil fan sifatida o’zining nazariy kategoriyalariga ega. Geosiyosatning boshqa fanlardan farqli tomoni shundaki, uning nazariy kategoriyalari ikki xil ko’rinishda talqin etiladi: 1) fanning mohiyatiga ko’ra; 2) fanning to’zilishiga ko’ra namoyon bo’luvchi kategoriyalar.
Geosiyosiy munosabatlarning mohiyatidan kelib chiqib amaliyotda namoyon bo’luvchi asosiy kategoriyalar quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |