2-МАВЗУ: ФУКАРОЛИК ЖАМИЯТИ ГОЯЛАРИ ЭВАЛЮЦИЯСИ.
Қуйидаги саволларга жавоб беринг:
Шарк ва Гарб свилизациясида фукаролик жамияти тушунчасини юзага келиши?
Фукаролик жамиятининг антик прадигмаси деганда нимани тушунасиз?
Янги даврда фукаролик жамиятининг прадигмаларини яратилиши?
4. Гарб мамлакатларида фукаролик жамияти прадигмасининг вужудга келиши?
5. Урта асрларда фукаролик жамияти гояларининг ривожланиши?
Fuqarolik jamiyati– bir qancha gumanitar fanlarning tushunchasi bo‘lib, ijtimoiy falsafiy jihatdan jamiyatdagi nosiyosiy va siyosiylashmagan ma’naviy va iqtisodiy munosabatlarning yaxlit majmuasi. Ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotida ko‘pgina jamiyatshunos olimlar “fuqaro” va “fuqarolik jamiyati”ga o‘z munosabatlarini bildirgan. Fuqarolik jamiyati tushunchasining iddizlari Aristotelning «polis» g‘oyasiga borib taqaladi. Mazkur an’anada fuqarolik jamiyati va siyosiy davlat o‘zaro bir-birining o‘rnini bosuvchi atamalar sifatida qaralar edi. Qadimgi grek mutafakkirlari tasavvurida «siyosat» tushunchasi jamiyat hayotining barcha muhim sohalarini: oila, din, ta’lim, madaniyat va boshqalarni qamrab olgan. Ular tor ma’nodagi boshqaruv bilan bog‘lash funksiyalar, masalan, qonunlar ishlab chiqish va ularni qabul qilish, urush, diplomatiya kabilar sifatida qaralgan.
Jamiyat a’zosi bo‘lish jamiyatning fuqarosi - a’zosi bo‘lishni, binobarin uning qonunlariga muvofiq va boshqa fuqarolarga zarar etkazmasdan harakat qilish majburiyatini anglatar edi. Bu holat antik davrda va o‘rta asrlarda inson o‘zini iqtisodiy, diniy, ijtimoiy va boshqa sohalardan tashqarida tasavvur qila olmaganligi bilan izohlanadi. Ushbu sohalar o‘z navbatida davlat bilan, siyosiy tizim bilan ajralmas bir butunlikni tashkil etdi. Hayotning barcha eng muhim sohalari, aslida, davlat, siyosiy ibtidosi bilan sug‘orilgan edi.
Bunday yondashuv XVIII asrgacha o‘zgarmagan holda saqlanib keldi. YAngi davrning mashhur mutafakkirlari J. Lokk, J. J. Russo, I. Kant «fuqarolik jamiyati» va «davlat» tushunchalaridan sinonimlar sifatida foydalandilar. Asta-sekin fuqarolik jamiyati bilan davlat o‘rtasida chegaralanish yuz beradi.
Fuqarolik jamiyatining kelib chiqishi, tarixiy taqdiri, qirralari, uning davlat hokimiyati bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi «fuqarolik jamiyatini qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutishi rad etib bo‘lmaydigan fakt hisoblanadi.
CHinakam fuqarolik jamiyati deb ijtimoiy hayotning barcha sohalari: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohada eng maqbul mutanosiblikka erishgan, jamiyatning doimiy ravishda oldga qarab harakat qilishi ta’minlangan jamiyatni hisoblash mumkin. Fuqarolik jamiyati shaxslar ittifoqi bo‘lib, ularsiz hech qanday ma’noga ega emas. Jamiyatning sifati uni tashkil etuvchi, ijtimoiy hayot shakllariga o‘z xohish-irodasi intilishlari, ma’naviy mezonlari bilan ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslarning sifatiga bog‘liq. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi individual erkinlik g‘oyasining shakllanishi bilan uzviydir.
Fuqarolik jamiyati xususiy mulk egalarining hamjamiyati bo‘lib, bu jamiyatda ularning barchasi ijtimoiy maqomi, diniy va siyosiy qarashlari, irqiy mansubligidan qat’i nazar, huquqiy jihatdan qonun oldida tengdirlar. Fuqarolik jamiyati a’zolari qonunda ko‘zda tutilgan barcha vositalar yordamida o‘z manfaatlarini himoya qilishlari mumkin. CHinakam fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi va qaror topishining zaruriy sharti iqtisodiy va siyosiy hokimiyat hamda mulk bilan hokimiyat o‘rtasida chegaralanishning mavjudligidir.
Yuksak darajada rivojlangan fuqarolik jamiyati davlat barqarorligining asosini tashkil etadi. Agar davlatga zil keta boshlasa, fuqarolik jamiyatining mustahkam tuzilmalari uni suyab qoladi. Bu ayniqsa Skandinaviya mamlakatlari uchun xos xususiyatdir.
Oʻtgan davr tajribasi shuni koʻrsatdiki, fuqarolik jamiyati Yevropaning yangi va eski dunyosidagi mamlakatlar kabi fuqarolik jamiyati qurish bosqichlarini bosib oʻtishi ancha mushkul va mashaqqatli oʻtish davri boʻlishini taqozo etar ekan. Ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasi tarixida bozor iqtisodiyotiga asoslangan tajriba va kapitalistik munosabatlar yoʻlini bosib oʻtmaganligi, bu mintaqadagi davlatlarning har birida bozor iqtisodiyotiga xos yagona milliy bozorning rivojlanmaganligi kabi holatlar fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini jadal rivojlanishiga gʻov ekanligini taʼkidlab oʻtish lozim. Qolaversa, milliy mentalitet, madaniyat, maʼnaviyat, millat ruhiyati kabi jihatlarning demokratik qadriyatlarni oʻzlashtirish uchun hali tayyor emasligi ham oʻzini namoyon qilishi natijasida “fuqarolar faolligi” yoki nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) tashabbuslarini unchalik sezilmasligi ham oʻtish davri islohotlariga salbiy taʼsir etmoqda.
Shu bilan birga, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi, fuqarolik jamiyatiga oʻtishda asosiy iqtisodiy va siyosiy kuch sifatida namoyon boʻladigan oʻrta ijtimoiy qatlamning hali shakllanib boʻlmganligi omili ham fuqarolik jamiyati rivojlanishiga imkon bermayotganligi sezila boshlandi. Jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini sustligi siyosiy partiyalarning demokratik prinsiplar asosida faoliyat yurita olmasligiga sabab boʻla boshladi. Jamiyatdagi ana shu holatlar hozirgi davrda har bir mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlanish yoʻli turli xilda va turli mezonlarda boʻlishini taqoz eta boshladi. Shimoliy Amerika va Yevropa mamlakatlar fuqarolik jamiyati qurishdan avval industrial jamiyatni barpo etganligi, sanoat va texnologiyalarni yuksak darajada rivojlanganligi, xususiy mulkchilik iqtisodiyotning asosi darajasiga koʻtarilganligi kabi tajribalar Markaziy Osiy davlatlari jamiyatlarida endi shakllanish bosqichini oʻz boshidan kechirayotganligi ham hozirgi islohotlarni amalga oshirishda turli muammolarni keltirib chiqarmoqda.
aholining siyosiy va huquqiy madaniyati hal oldingi anʼanalardan toʻliq xalos boʻlmaganligi, inson huquq va erkinliklari va demokratiq qadriyatlar fuqarolar dunyoqarashida namoyon boʻlishi kabi jarayonlar ham iqtisodiy va siyosiy omillar bilan bogʻliq holda sekin kechayotganligi ham oʻtish davrining katta muammolaridan biri sifatida oʻzni namoyon qilmoqda.
Shuningdek, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdan asosiy manfaatdor boʻlgan va bu kabi jamiyatga kuchli ehtiyoj sezayotgan asosiy ijtimoiy qatlam – mulkdorlarning kichik biznes korxonalari ham hali fuqarolik jamiyati amal qilayotgan AQSH hamda Yevropa mamlakatlari darajasitga yetgani yoʻq
Do'stlaringiz bilan baham: |