2 - MAVZU: FRANK QABILALARIDA IMPERIYANING
SHAKLLANISHI (2-SOAT).
R E J A:
1.
Vandallar, burgundlar, langobardlar, gotlar qirolliklari.
2.
Frank qabilalari, franklarning bo‘linishi, ularning xo'jaligi
3.
Merovinglar va ularning inqirozi
4.
Mayordamlikning mohiyati.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar:
Vestgot, varvar, kvadlar, markomanlar, svevlar, langobard, got, vandallar,
burgund, ostgot, zodagon, «yer kaxatchiligi», «Kaspiy darvozasi», gunn, federat,
Gvadiana, «vandalimz», Vorms, Sharqiy Rim, «xalqlar jangi», «fara», «urug»,
aristoqrat, plantator, kazarma, obroq, latifundiya, papa, yepiskop, «Buyuk
ko’chish».
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Agafiy. O sarsvovanii Yustiniana. (per.statya i primech. M.V. Levchenko).
2.
Istoriya Vizantii. V 3 t. M., Politliter. 1971. T.1.G
3.
Grigoriy Turskiy «Istoriya frankov» M.,1987.
4.
Ya.M. Svev. Oqeanlar osha sayyoxat. T.,1975.
5.
O’rta asrlar tarixi V.F. Semenov T. ,1973.
6.
Granovskiy T.N. Leksii po istorii srendnevekovya. M., MGU. 1986.
7.
Istoriya srednix vekov Pod red. Z.V. Udalsevoy i S.P. Karpova I-II ch. M.,
Vыsshaya shqola. 1991.
1-asosiy savol:
IV asr oxiri–V asr boshlarida varvarlarning imperiyaga bo`lgan munosabatlari
va Vessgotlar imperiyasi.
Mavzuning maqsad: IV asr oxiri–V asr boshlarida Rim imperiyasida
varvarlarning qanday tashqil topishini aytish, o’sha davrlarda varvarlarning
imperiyaga bo`lgan munosabatlarining keskinlashuvini ochib berish, imperiyaga
gunnlarning kelishi sabablarini aniqlash hamda imperiyada vestgotlarning siyosiy
tuzumiga baxo berish.
Identiv o`quv maqsadlari:
1.1.
IV asr oxiri – V asr boshlarida Rim imperiyasining ijtimoiy hayotini aytib
beradi.
1.2.
Varvarlarning imperiyaga bo`lgan munosabatini ochib beradi.
1.3.
Imperiyaga gunnlarning kirib kelish sabablarini aniqlaydi.
1.4.
Vestgotlarning imperiyada siyosiy tuzumiga baxo beradi.
1 – asosiy savolning bayoni:
Varvarlarning Rim imperiyasiga bo`lgan munosabati IV asr oxirigacha
kelib juda ham keskinlashib ketdi. Imperiyaning zaiflashuvi varvar qabilalariga
imperiya chegarasidan deyarli bemalol o’tib, uning territoriyasini egallab olish
uchun imkon berdi. Imperiya varvarlarning siquvini yana bir oz vaqt to’xtatib tura
olar edi, lekin u, imperiyaga federat – ittifoqchilar tarzida xizmat qilayotgan
varvarlarning o’zining yordamiga tayangan chogdagina shunday qila olar edi.
Ammo federatlarning dushmanga aylanishi oson edi; buning oldini olish uchun
imperiya ularga tobora ko`proq yon berishga majbur bo’lmoqda edi. German
qabilalari II-IV asr O’rtalarida o’zlarining ishlab chiqarish kuchlarini anchagina
rivojlantirdilar. Ular Sezar va Tasit zamonidagiga qaraganda yaxshiroq ishlay
boshladilar. Ularda xayvonlarning nasli (jumladan, otlarning nasli) yaxshilandi.
Xunarmandchilikdan rivojlantirishda ancha olga ketiladi. Germaniyaning ko`p
joylarida yer ustidagi yoki uncha katta bo`lmagan chuqurlikdagi rudalar ishlana
boshlanadi. Chegara oblastida yashovchi germanlar rimlik savdogarlar bilan oldi –
sotdi qila boshladilar. Varvarlarning axolisi tobora ko`payib borganligi uchun yer
masalasi juda keskin masala bo`lib qoldi. Varvarlar axolisining oshib-toshib
ketayotganligini sezmoqda edilar. Ular imperiyaning serhosil va qisman butunlay
ishlov berilmagan yerlarini ishgol qilishga intildilar. Butun bir varvar qabilalarini
rim imperiyasiga qarshi keskin kurash olib borishga olib kelgan eng muhim va
asosiy sabab yer tankisligi edi. Bu vaqtga kelib german qabilalarining ichida katta
o’zgarishlar sodir bo’ldi. German jamiyatining tobora ko`proq tabaqalanib borishi
– zodagonlarning ajralib chiqishi, ularga qaram bo`lgan kishilarning sonini
ko`payishi va xoqozolar bilan bir qatorda, qabilalarning katta – katta ittifoqlarga
birlashuv prosessi ham yo’z bermoqda edi. Quyi Reynda hamda Yutlandiya yarim
oro’lida anglo–saks qabilalari birlashmasi; Yukori Reynda allemanlar ittifoqi
(bunga kvadlar, markomanlar, qisman svevlar kirardi); Yelbada va Yelbaning
narigi tomonida langobardlar, vandallar burgundlarning ittifoqlari tashqil topdi.
Bundan oldingi bobda gotlarning ikkita ittifoqi – vestgotlar ittifoqi va ostgotlar
ittifoqi vujudga kelib, bularning har biri Dunay va Kora dengiz bo’yi rayonida ko`p
qabilali davlat tashqil qilinganligi gapirib o’tilgan edi. IV asrning oxirlaridan
boshlab va ayniqsa V asrda varvarlar yoppasiga imperiya territoriyasiga qarab yul
olib, uni asta–sekin istilo qila boshladilar. To`g`ri, bu istilo qilish qariyb butun bir
asrga cho’zildi. Ancha vaqtgacha bu istilochilar rasman imperiyaning
“ittifoqchilari” deb qaraldi. Biroq zamondoshlar bu nomga aldanmadi. G’arbiy
Rim imperiyasining tobora qo’llab borayotganligi shubxasiz haqikat edi. chunki
varvarlar imperiyani istilo yetish bilan bir vaqtda imperiya territoriyasiga
o’zlarining butun oilalari, uy anjomlari, sigir – buzoqlari va xoqozolari bilan
ko’chib kelib, o’rnashayotgan edilar. Shuning uchun IV asrning oxiri va V asrning
hammasini o’z ichiga olgan bu davrni tarixchilari odatda Xalqlarning buyuk
ko’chishi davri deb ataydilar.
Bu ko’chish imperiya territoriyasiga gotlarning bostirib kirishidan boshlandi,
deb xisoblanadi. Ostgotlar va vestgotlarning imperiya bilan totuv yashashlari
mumkindek tuyular edi. O’sha vaqtda Yevropaning janubiy – sharqida bu
varvarlarning juda keng yer maydonlari bor edi. Vestgotlarda ham, ostgotlarda
ham xech qanday «yer kaxatchiligi» yuk edi. To`g`ri, ostgot zodagonlari gox-gox
Bolqon yarim oro’liga hujum qilib turar edilar. Lekin ikkinchi tomondan, gotlar
Sharqiy Rim imperiyasi bilan tinch savdo aloqalari olib borar edilar. Gotlar
xristianlikni sharqiy rimliklardan qabul qilgan edilar. Gotlar O’rtasida xristianlikni
targib qilgan kishi yepiskop Ulfila bo’ldi, u injilni va diniy kitoblarni got tiliga
tarjima qildi.
Ikki davlatning eng kuchli - Ostgotlar davlati bo`lib, u ko`p qabilali ittifoq
edi, bu ittifoq o’zining ostgot qabilasidan tashqari, slavyan va sharqiy sarmat
qabilalaridan bir qanchasini o’z ichiga oladi va bu davlatga qiro’l Germanarix 50
yil boshchilik qildi (u 375 yilda vafot yetdi) Ostgotlarning o’zlari mahalliy
madaniyat ta’siriga anchagina berilib, mahalliy axoli bilan qisman aralashib keta
boshlagan edi.
Vestgotlarning Dunaydan o`tishi yo’zaki qaraganda aytarli bir narsa emasdek
edi. Rimliklarning butun-butun qabilalarini federat qilib qabul qilish xollari ilgari
ham bo`lgan edi . Lekin haqikatda etsa, vestgotlarning Bolqon yarim oro’lida
paydo bo`lishi katta oqibatlarga olib kelgan edi.Gonoriyning lashkarboshisi
Stilixon (aslida varvar edi) dastlabki vaqtda vestgotlarning Italiyaga qilgan
hujumini to’xtatib turdi. U xatto Britaniyadagi rim legionlarini (407 yilda) chaqirib
keltirdi, legionlarning bu vaqtida Italiyaning o’zida bo`lishi nihoyat darajada
zarur edi. Biroq saroy axli O’rtasida fitna natijasida Stilixon tez orada vazifasidan
tushirildi va o’ldirildi. Vestgotlar qiro’li Aliarix endi qattiq qarshilikka uchramay,
409 yilda Italiya territoriyasiga kirib boradi. Keyingi yilda Alarix Rimni juda katta
talonga soldi. Shu narsa harakterliki, Alerix Rimni qo’llar yordami bilan oldi.
Rimda va uning atrofida yashagan 40 mingga yaqin qo’l Alarix tomoniga utdi.
Nazorat topshiriqlari:
1.
Xalqlarning Buyuk ko’chish davri qaysi asrlarga to`g`ri keladi?
2.
Vestgotlar Rimni qachon bosib oldilar?
3.
Qiro’l Germanarix necha yil hukmronlik qildi?
4.
Feodosiy o’lgandan keyin Rim imperiyasida qanday voqea yo’z berdi?
5.
Rim imperiyasining varvarlar tomonidan istilo qilinishining oqibatlari
ayting?
6.
Nima uchun xalqlarning buyuk ko’chish davri deb ataydilar?
2-asosiy savol:
Italiyada bir oz vaqt to`rgandan keyin, vestgotlar Gonoriy xukumati bilan
kelishib, Janubiy Galiyaga utdilar va u yerda 419 yili Rim imperiyasi
territoriyasida dastlabki varvarlar koro’lligini tuzdilar, uning poytaxti Tulo’za
shaxri bo’ldi. Tulo’za qiro’lligi Rim imperatoriga nomigagina qaram xisoblanar
edi. Aslida u butunlay mustaqil edi. Galiyaga ko’chib kelganlaridan vesstgotlar
juda ko`p yerlarni boshqatdan taksimladilar, Ular mahalliy galliyalik-rimlik
qo’ldorlar ixtiyoridagi yerlarning uchdan ikki qismini undagi qo’llar, binolar,
qishloq xo’jalik asbob-uskunalari va boshqa narsalari bilan birgalikda musodara
qilib, o’zaro bo`lishib oldilar, katta-katta latifundiyalardagi eng yaxshi yerlarni,
qo’llarni va asbob-uskunalarni qiro’l bilan zodagonlar oldi. Oddiy vesstgot jangchi
dehqonlar o’zlarining oilaviy chek yerlarini - sortes - ya’ni aynan olganda kur’aga
(chekiga) chiqkan yerlarni oldilar, bular: xaydaladigan yerlardan, jamoaga qarashli
yer-mulklar – o’rmonlar, yaylovlar va boshqalardan iborat edi. Keyincha V asrning
oxiri – VI asrning boshlaridan boshlab Vestgotlar koro’lligi Piriney tog’larining
narigi tomoniga Ispaniyaga ham yoyildi. Uning poytaxti Toledo shaxriga
ko’chirildi. Taxminan, Galliyada vestgtlar o’z davlatini vujudga keltirgan vaqtda,
boshqa bir gruppa varvar qabilalari Pireney yarim oro’liga bostiri kirdi. Bular
svevlar bilan vandallar edi. Svevlar yarim oro’lning Shimoliy-g’arbiy qismini
bosib oldilar, vandallar janubga kirib borib, birmuncha vaqtgacha Gvadiana
daryosi janubidagi territoriyada yashadilar. Xozirgi vaqtda ham shu oblast
Andalo’ziya deb ataladi (dastlabki vaqtlarda Vandalusiya deb atalar edi).
Vandallar bu yerdan koro’l Geyzerix boshchiligida Shimoliy afrikaga hujum
qildilar. Vandallar Shimoliy afrika axolisining quyi tabaqalari orasida Rim
xukumatining va katta qo’ldorlarning e`tibori yukligidan foydalanib, bu keng
territoriyani bosib oldilar va 439 yilda Rim imperiyasi territoriyasida ikkinchi
varvar qiro’lligini vujudga keltirdilar, bu davlatning poytaxti qadimgi Korfagen
bo’ldi.
Vandallar Rim zodagonlarining juda ko`p yerlarini ham musodara qildilar.
Lekin ularning o’zlarida ham zodagonlar tezlik bilan tarkib topmoqda edi, bu
zodagonlar bosib olingan yerlar, olingan qo’llar va boshqa xil uljalar xisobiga
boyib ketdi, vandal zodagonlari Italiyaga qilingan bosqinchilik hujumlari
natijasida ayniqsa boyigan edi. 455 yilda vandallar Rimni bosib olib,
vestgotlarning 410 yildagi tolon-tarojidan battaroq misli qurilmagan darajada
taladilar va vayron qildilar. Vandallar Rimning eng nodir qadimgi yodgorliklarini
ayovsiz bo’zib tashladilar. Shu sababli «vandalizm» degan so’z madaniyat
yodgorliklarini vaxshiyona vayron qilish timsoli bo`lib qoldi. V asr O’rtalarida 443
yil bilan 457 yil oraligida Rona daryosi xavzasida yana bir varvar qiro’lligi
vudjudga keldi, bu qiro’llikning poytaxti Lion shaxri bo’ldi. Bu Burgundiya
koro’lligi bo`lib, xajmi jixatidan bir muncha kichiqroq bo`lsada, xozirda
Fransiyaning janubi-sharqini, geografik va strategik jixatdan juda muhim va
serhosil joyini ishgol qildi. Bu koro’llik vujudga kelishi natijasida imperiyaning
Shimoliy Galliya bilan aloqasi uzilib qoldi. Shunday qilib, G’arbiy Rim imperiyasi
o’sha vaqtdan boshlab haqikatda birgina Italiyaning o’z doirasi bilan cheklanib
qoldi. Burgundlar ham mahalliy galliyalik-rimlik zodagonlarning yerlarini tortib
oldilar, lekin bu tortib olish vestgotlar utkazgan musodaraga qaraganda birmuncha
xajmda bo’ldi.
Burgundlar son jixatidan xiyla oz bo`lib, IV asrda uzoq vaqtgacha yukori
Reynda rimliklar bilan yonma-yon yashadilar (ularning o’sha vaqtdagi poytaxti
Vorms shaxri edi), ular tez vaqt ichida romanlashib, V asrdayoq lotin tilini,
rimliklarning urf-odatlarini va ularning mulqiy munosabatlarini o’zlashtirib
oldilar. Biroq, shunga qaramay, Burgundiyaning asosiy axolisini bu yerda
o’zlariga chek yerlar olgan varvar dehqonlar tashqil yetar edi.
Nazorat topshiriqlari:
1.
V-VI asrlarda Rim imperiyasidagi ijtimoiy tuzumini tushuntiring?
2.
Vestgotlarning Tulo’za koro’lligi qachon tashqil topdi?
3.
Rim imperiyasida dastlabki varvarlar qiro’lligi qachon tashqil
topdi?
4.
Ikkinchi varvar qiro’lligi qachon vujudga keldi?
5.
Uchinchi varvar qiro’lligi qachon vujudga keldi?
3 – savolning bayoni:
Atilla o’lgandan keyin imperator saroyidagi (saroy Ravennada edi) fitnalar
avj olib ketdi, natijada Ayesiyning o’zi haloq bo’ldi. Ayesiy Rimning so’ngi
davrdagi davlat arboblari ichida eng ko’zga ko`ringan kishi edi. imperatorning
buyrugi bilan o’ldirilgan Ayesiydan keyin Valentinian III o’zi ham o’ldirildi..
Shundan keyin vandalar (455 y.) hujum qilib, Rimni un turt kun taladilar. Bu
hujum imperiyani o’zil-kesil haloq qildi. Italiyani nomigagina taxtga o’tirgan
imperatorlar nomidan yollanma varvar drujinalarining boshliklari idora qildi. Shu
drujina boshliklaridan biri Odoakr (kichkinagina bir german qabilasining –
skerlarning boshligi) 476 yilda Rimning oxirgi imperatori gudak Romul
Avgustulni taxtdan tushirib, imperatorlik nishonlarini Konstantinopolga, sharqiy
imperatorga yubordi.
Shunday qilib, G’arbiy Rim imperiyasi rasmiy jixatdan ham tamom bo’ldi.
Uning markazi Parij bo`lgan Shimoliy Galliyadagi qolgan-ko`tgan territoriyasini
10 yildan keyin (486 yilda) frank koro’li Xlodvig bosib oldi. Odoakr davlati yetnik
sostavi jixatidan kurama bir davlat edi. Uning qo’l ostida skerlar, gerullar,
gotlarning bir qismi, alanlar (Shimoliy Kavkaz qabilasi) va boshqalar bor edi. U
Italiya zodagonlari qo’lida yerlarning uchdan bir qismini musodara qilib, o’z
tarafdorlariga berdi. Lekin italiyalik-rimlik axolining ichki ishlariga aralashmadi.
Odoakrning mavkei umuman mustaxkam emas edi. U, birorta yirik varvar
qabilasidan yordam olaman, deb umid qila olmas edi. Odoakr rimlik qo’ldor
zodagonlarning yeralarini musodara qilib olganlari uchun ular bilan Odoakr
O’rtasidagi munosabat bo’zik edi. Shu bilan birga Konstantinopoldagilar ham unga
ishonmas edilar va uning o`rniga o’z kandidatini ostgotlar koro’li Teodorixni
tayerlamoqda edilar.
Vestgot, Vandal va Burgundiya koro’lliklarining vujudga kelishi bilan
g’arbiy rim imperiyasining ahvoli nihoyat darajada mushukllashib qoldi. Bu
vaqtda imperiyani idora qilib to`rgan imperator Valentinian III (425-455) sonda
bor, salmoqda yuk bir odam edi. Lekin uning ministri (uni tarixchilar ba’zan
«so’ngi buyuk rimlik» deb atar edilar (Ayesiy) xiyla romanlashgan) varvarlarning
birini ikkinchisiga qarshi ishga solib, imperiyani saqlab qolishga zur berib harakat
qildi. V asr O’rtalarida imperiya uchun eng xavfli dushman yuqorida aytib
o`tganimiz gunnlar bo’ldi. V asrning dastlabki uchdan bir qismi ichida gunn
qabilalari gayratli va shijoatli qiro’l Attila (435-453) qo’l ostida birlashdi.
Attilaning poytaxti – Tissa kirgogi xozirgi Vengriya territoriyasida edi. Shu joydan
Attila uzoq-uzoq joylarga Bolqon yarim oro’liga, Kichiq Osiyoga, Armeniyaga va
xatto Mesopatamiyaga yurishlar qildi. Attila olib borgan urushlar ochiqdan-ochiq
bosqinchilik, talonchilik urushlar edi. Unga Vizantiya (Sharqiy Rim) imperatori
katta xiroj to`lar edi. Dunay yonida yashovchi ko`pgina slavyan qabilalari
gunnlarga qaram edilar. 50-yillarning boshida Attila g’arbga yurish qildi va 451
yili Galliyaga bostirib kirib, bu yerda ko`p Shaharlarni bosib oldi hamda
Galliyaning eng muhim strategik punkti bo`lgan Orlean gunnlar tomonidan olindi,
lekin Ayesiy Attilaga qarshi varvarlar federasiyasini tuzishga muvaffak bo’ldi va
Iattila Orleandan chiqib ketishga majbur qildi. Attila ko`p sonli lashkarlari bilan
birgalikda yanada sharqka – orqaga burilib (Sans shaxri orqali) Trua shaxri
tomonga qarab yul oldi.
Vizantiyaning yordami bilan Teodorix 493 yilda Italiyani bosib oldi va
shundan keyin 30 yildan ortiqroq (493-526) – «gotlar va italiyaliklar koro’li»
bo`lib hukmronlik qildi. Uning poytaxti Ravenna shaxri edi (ilgari Gonoriydan
boshlab Rimning so’ngi imperatorlari shu Shaharda yashagan edilar)
Teodorix murakkab ichki va tashqi siyosat yurgazdi. U o’zini varvar
koro’lliklarining «kattasi» deb xisoblab, varvar koro’lliklari O’rtasidagi
munosabatlarni tartibga solishga harakat qildi. Teodorix Vizantiyaga nisbatan ham
mustaqil pozisiya tutdi. Sharqiy rim imperatorlari uning «ko’rnamakligidan»
norozi bo`lib, Italiyada imperator hokimiyatining tiklashning yangi rejalarini
to’zmoqda edi. Ichki siyosatda Teodorix axolining ikkala yetnik grupasini –
rimliklar bilan varvarlarni murosaga keltirishga harakat qildi. U o’z saroyiga Rim
olimlari va yozuvchilarni tortdi, ko`p yeski Rim yodgorliklarini tikladi, atrofiga
rimliklardan maslaxatchilar tupladi. Teodorix davlatining siyosiy tuzumi Teodorix
hukmronligining oxiriga qadar ikki yoqlama bo’ldi. Gotlar rimliklarga kushilmay,
alohida vaziyatda yashadilar. Ular o’zlarining german sudi koidalariga muvofik
sud qilinar edi.
Teodorix vafotidan keyin Ravenna saroyida ikkita grupa bir-biri bilan qattiq
kurash olib bordi: bulardan biri-Konstantinopol bilan ittifoq tuzish tarafdori («Rim
guruhi»), ikkinchisi – mustaqil siyosat yurgizish va rimlik qo’ldorlarni yanada
cheklash tarafdori edi. Imperator Yustinian I zamonida vizantiyaliklar ostgotlar
italiyasini istilo yetdilar va butun Appenin yarim oro’lini Vizantiyaga kushib
oldilar. Lekin Italiyani Vizantiya osonlik bosib olmadi. Gotlar urushi 20 yildan
ortik davom yetdi. Ostgotlar o’zlarini juda qattiq ximoya qildilar. Yangi saylangan
ostgot qiro’li Totilla (541-552) Vizantiyaga qarshi kurashga, ostgotlardan tashqari,
yozilgan italiyaliklarning bir qismini ham tortdi. Ostgotlar o’zlarini juda qattiq
ximoya qildilar. Imperator Yustinian farmonlar chiqarib, Italiyada ilgarigi
quldorlik tuzumini tikladi. Totilaning qo’llar va kolonlar to`g`risidagi farmon va
xukmlari bekor qilindi.
Nazorat topshiriqlar:
1.
G’arbiy Rim imperiyasining eng oxirgi imperatori kim?
2.
Gotlar urushi necha yil davom yetdi?
3.
«Gotlar tarixi»ni kim yozgan?
4.
G’arbiy Rim imperiyasining qulashi sabablarini aytib bering?
5.
Gotlar urushning maqsad va oqibatlari?
4 – asosiy savolning bayoni:
Vizantiyaningn Italiyada hukmronlik qilishi uzoqka bormadi.. 568 yilda
Shimoliy Italiyaga yangi varvarlar – langobardlar bostirib kirdilar. Langobardlar
oldin Yelbaning chap kirgogida yashagan bo`lib, svev qabilalariga qarindosh edi.
Langobardlarning boshligi qiro’l Alboin edi. Yangi davlatning poytaxti Paviya
shaxri bo’ldi. Italiyada langobardlarning nomi shu mahalgacha ham saqlanib
qolgan-xozirgi Shimoliy Italiya Lombardiya deb ataladi.
Langobardlar istilosining o’ziga xos bir qancha xususiyatlari bor edi.
Birinchidan, langobardlar Shimoliy va qisman O’rta Italiyani batamom ishgol
qildilar, mahalliy qo’ldor zodagonlar bilan xech qanday bitimga kelmadilar. Ular
Appenin yarim oro’liga rimliklarning federatlari sifatida emas, balki ularni istilo
qiluvchilar sifatida keldilar. Ikkinchidan, langobardlar Rim qo’ldorlarining juda
ko`p mol-mulkini musodara qildilar. Masalan, biz yuqorida kurib o`tganimizdek,
vestgotlar, ostgotlar yoki uchdan ikki qismini musodara qilgan bo`lsalar,
langobardlar etsa, bunga konikmay, badavlat rimliklarning pomestelarini butunlay
trtib oldilar. Kpdan-ko`p rimlik qo’ldorlar ko’lga aylantirildi, bir qismi oila a’zolari
bilan boshqa mamlakatlarga sotib yuborildi. Langobardlar istilosining uchinchi
xususiyati ulardagi ijtimoiy tuzumning o’ziga xos xislatidan kelib chiqdi.
Langobardlar Italiyaga kelgan vaqtlarida ularda urugchilik aloqalari birmuncha
mustaxkam edi. Ularning Italiyada joylashuvini o’zi ham hali xiyla darajada
urugchilik tusida edi.
Langobard qiro’lligi bilan bir vaqtda Italiyada VI-VII asrlarda yana bir
siyosiy tashqilot-papalik vujudga keldi. Italiyaga langobardlar kelgandan keiyn
ham rimlik yepiskoplar – papalar – rasman o’zlarini Sharqiy Rim imperatorlarining
oliy hokimiyati qo’l ostida deb xisoblab keldilar. Haqikatda etsa. Konstantinopolga
bo`lgan bu qaramlik kundan-kun yuqola bordi. Papalar asta-sekin O’rta Italiyaning
mustaqil xukmdorlariga aylana boshladilar. Rimning va Rim oblastining ham
diniy, ham dunyoviy hokimi bo`lgan birinchi papa Grigoriy 1 (590-604) bo’ldi.
Langobard koro’llari keyincha papa oblastini o’z hokimiyatlariga buysundirishga
harakat qildilar, lekin bu harakat natija bermadi. Papalar frank qiro’llaridan iborat
ittifoqchilarga ega edilar. VIII asrning yarmida ular shu frank qiro’llarining
yordami bilan o’zlarining papa cherkovi davlatini o’zil-kesil tashqil yetdilar, bu
davlat ham, shunday qilib, ilgari Rim imperiyasining o’ziga xos bir qoldigi edi.
Shunday qilib, G’arbiy Yevropa haritasi yeramizning V va VI asrlari ichida
butunlay o’zgarib ketdi. G`oyat katta G’arbiy Rim imperiyasi etsa Vizantiya degan
nom bilan yashab keldi, biroq uning sharoitlari va aloqalari boshqacha edi. (U
asosan slavyanlar va Sharqiy Osiyo bilan aloqa qildi). Yevropada davlat tuzumi
ibtidoiy bo`lgan unlab mayda-mayda varvar qiro’lliklari vujudga keldi. Lekin bu
o’zgarish faqat siyosiy o’zgarishlaridangina iborat emas edi. Xalqlarning Buyuk
ko’chishi deb atalgan ko’chishning tarixiy ahamiyati uning ijtimoiy natijalaridir.
Bu ko’chish-antik quldorlik tuzumining haloq bo`lishi edi. Yuqorida kurib
o`tganimizdek, varvarlar imperiyani istilo qilish prosessida Rim jamiyatidagi
yozilgan sinflar bilan-qo’llar va kolonlar bilan birgalashib ish kurdilar. Shunday
qilib, qo’llar bilan kolonlar quldorlik tuzumini yikitishda bevosita, aktiv ishtroq
yetdilar. Ularning ko`pi varvarlar kushini safiga kirdi. Qolganlari etsa
xo’jayinlarining qo’lidan ko`plab kochib ketdi, bu vaqtda xo’jayinlar kochoqlarni
qaytarib olib kelishdan ojiz edilar. Oqibat-natijada Rim qo’llari va kolonlari
dehqonlar ommasiga aylandilar, kelgindi varvar-dehqonlarning bu dehqonlardan
farki shu ediki, kelgindilar bularga qaraganda erkinroq va mustaqilroq
edilar.Darhaqikat, varvar zodagonlari orasidan chiqkan yangi yer egalari yer olish
bilan birga bir necha qo’l ham oz bular edi, chunki o’sha vaqtda quldorlik
latifundiyalarida qo’llarning soni umuman juda kamayib ketgan edi; ikkinchidan,
yeski xo’jayinlarning. Ya’ni Rim qo’ldorlarining o`rnini olgan yangi xo’jayinlar
qo’llarni odatda darxol obroq to`laydigan dehqonlarga aylantirar edilar.
Qo’llikning plantatorlar tomonidan qo’llanilgan formasini (yoki kazarma
formasini) german zodagonlari ilgari ham xaddan tashqari murakkab va besunakay
forma deb xisoblar edilar. Plantatorlardagi qo’llik yangi sharoitga (ko`p qo’llar
yaqinda ozod bo`lib ketgan edi, markazlashgan polisiya apparati yuk edi, varvar
qiro’lliklarining davlat hokimiyati kuchsiz edi) ayniqsa to`g`ri kelmas edi.
Quldorlik hukmronligini yuk qilib tashlagan buyuk o’zgarish natijasida yeskicha,
rimcha qo’llik ma’nosidagi qo’lchilik o’zil-kesil yuqoldi. Yeski qo’ldor
zodagonlarning yer-mulklari juda ko`p yangi yer egalri O’rtasida bo’linib ketdi.
Bu yangi yer egalarining bir qismi yangi, varvar aristoqratlar bo`lib, bular keyingi
O’rta asr feodallarining eng yaqin o`tmishdoshlari edilar. Yerlarning bir qismi etsa
varvar dehqonlar qo`liga utdi, bu dehqonlar shaxsiy erkinliklarini hali saqlab
qolgan va o’zlarining jamoa tartiblarini yangi joyga ko’chirib olib kelgan edilar,
bu jamoa tartiblari sinflar paydo bo’lmasdan ilgari urugchilik tuzumi bilan
bog’langan edi.
Nazorat topshiriqlari:
1.
Langobardlar qaysi qabilaga qarindosh bo`lgan?
2. Langobardlarning yangi poytaxtining nomini ko`rsating?
2.
Rim oblastining ham diniy, ham dunyoviy hokimi bo`lgan birinchi papa
kim?
4. Varvarlar istilolari natijasida qaysi imperiya batamom tugallandi?
Do'stlaringiz bilan baham: |