3. Neotropikolam. - YAngi Dunyoda joylashgan va Markaziy va deyarli jami Janubiy Amerikani egallaydi. Bu olam uchun quyidagi oilalarning o‘simliklari xarakterli: Bromeliaceae, Cactaceae, Tropaerolaceae, Cannaceae, Melastomataceae va boshqalar. Xarakterli turkumlari Yucca, Agave, Fuchsia. Neotropik olam endem o‘simliklarga ancha boy.
4. Avstraliya olami. - Bu olamga Avstraliya va Tasmaniyani kiritishadi. Boshqa qit’alardan ancha ilgari ajralganligi natijasida Avstraliya va Tasmaniya uzoq vaqt mustaqil rivojlangan. Bu shunga olib keldiki, Avstraliya floristik olami boshqalarini orasida xilma-xilligi jihatidan o‘ziga xosligi tufayli alohida o‘rin egallaydi. U joyda o‘sadigan 1000 atrofidagi turlardan 860 dan ko‘prog‘i endemiklardir; ko‘pchilik turkumlar ham endemik. Bu joylar uchun eng xarakterlisi bo‘lib, Eucalyptus turkumi deyilsa bo‘laveradi, uning 500 ga yaqin turlari bor. Melaleucaturkumi proteylar oilasidan 100 ga yaqin turni, Xanthorrhoea turkumi, o‘tdaraxtlar (Casusarinaceae oilasidan) ajoyib ko‘rinishga ega. Morfologiyasida anchagina xilma-xil 700-800 atrofidagi turlarni o‘z ichiga olgan Acacia turkumining yarmidan ko‘p turlari faqat Avstraliya olami hududlarida o‘sadi.
5. Kapolami. - Kap olami boshqalaridan uncha katta bo‘lmagan hududni egallasa ham (Afrika materigining eng pastki janubiy qismi) u 6000 dan ortiqroq turlardan iborat gulli o‘simliklarga ega. Faqat bu emas bu olamda tarqalgan o‘simliklar morfologiyasidan xilma xillikni hosil qilgani hamda endemik taksonlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi.
- Kap olamining florasi paleotrof olamining tarkibiga kiradigan Afrikadagilardan tubdan farq qiladi. SHunga qaramay ayrim oilalarning ayniqsa proteydoshlar va restioniyadoshlarning o‘simliklari avstraliya va antraktika floristik viloyatlari bilan aloqadorliklari mavjudligini isbotlaydi. Proteaceae oilasining ayrim turkumlari masalan, Protea, Leucadendronva boshqalar faqat shu olamga xos. Boshqa oilalardan ayrim turkumlar faqat shu joyda tarqalgan ko‘p turlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, Mesembryanthemumturkumi (bargli sukkulentlar)Aizoaceae oilasidan 250 atrofidagi turlarni va Geraniaceae oilasidan Clivia, liliyalar oilasidan HaworthiavaGasteria(bargli sukkulentlar). Bu o‘simliklarning ko‘pchiligini bizda xona o‘simligi sifatida o‘stiriladi. Bundan tashqari kap florasida Ericaceae oilasining turkumlari juda ko‘p tarqalgan. Erica turkumi kap floristik olamda ikkilamchi kelib chiqish markazini hosil qilgan: bu uncha katta bo‘lmagan hududda uning 500-600 turlari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |