2-mavzu. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#387291
1   2   3
Bog'liq
2-maruza

E= K* Ig I + S 

 

Bu yerda:  

E - sezish ( his qilish) 

jadalligi

;  

I -qo'zg'atuvchining jadalligi;  



K va S -o'zgarmas qiymatlar. 

Qo'zg'atuvchi ta'sirining boshlanishidan sezishning paydo bo'lishigacha  o'tgan vaqti 

latent  davri  deyiladi.  Endi  u  yoki  bu  usul  bilan  xavfsizlik  sharoitiga  ta'sir  qiluvchi  U 

analizatorlarning ayrim tavsiflari bilan tanishib o'tamiz. Olimlarning aniqlashicha, kunduzi 

ko'rish to'rpardaning kolbachalariga, kechqurun yoki qorong'ida ko'rish esa tayoqchalariga 

bog'liq bo’lar ekan. Ko'zning ichki tomonida joylashgan to'rpardada yoruglik va ranglarni 

sezuvchi  tayoqchalar  va  kolbachalar deb  ataluvchi hujayralar  juda  ko'p bo’ladi.  Ular  o'n 

qavat  joylashgan  bo'lib,  ko'rish  organlari  faoliyatida  katta  rol  o'ynaydi.  Narsalarning 

o'zinigina emas, rangini sezish ham kolbachalarga bog'liq. To'rpardadagi kolbachalar 3 xil 

bo'lib,  ular  asosiy  ranglarni  qizil,  yashil  va  ko'k  ranglarni  sezadi.  Ba'zi  odamlar  narsalar 

rangini  ajrata  olmaydi,  bu  kasallik  daltonizm  deb  ataladi.  Tayoqchalarda  maxsus  modda 

ko'rish purpuri xosil bo'ladi. Ko'rish purpuri yorug'lik ta'sirida parchalanib, qorong’ida qayta 

tiklanadi. Agar organizmga yetarli miqdorda A vitamin kirib turmasa, ko'rish purpuri xosil 

bo'lmaydi  va  odam  kechqurun  ko'rmaydigan  bo’lib  qoladi.  Bunday  holat  shapko'rlik  deb 

ataladi.  

Odam kuchli yorug'dan qorong'ilikka kirsa, ancha vaqtgacha hech narsa ko'rmasdan 

qoladi,  chunki  kuchli  yorug’lik  ta'sirida  tayoqchalardagi  ko'rish  purpuri  parchalanib, 

yo'qolib ketadi. Qorong'i joyda purpur astasekin xosil bo’la boshlaydi. Oradan 12-15 minut 

o'tgandan  keyin  odam  atrofdagi  narsalarni  ko’ra  boshlaydi.  Ko'zning  yorug'likda  va 

qorong'ida  ko'rishga  moslashish  qobiliyati  adaptatsiya  deyiladi.  Ko'zning  bar  xil 

uzoqlikdagi narsalarni ravshan ko'rishga moslashishi - akkomodatsiya deyiladi. Qorong'iga 

moslashishda  sezuvchanlik  40-50  minutdan  keyin  ayrim  optimal  darajasiga  etadi, 

yorug'likda  moslashishda  esa  sezuvchanlikning  pasayishi  8-10  minut  davom  etadi.  Ko’z 

bevosita  ravshanlikni  sezadi,  u  yorug'lik  kuchining  yoritilayotgan  yuzaga  nisbati  bilan 

tavsiflanadi. Ravshanlikning o'lchov birligi qilib nita (NT) 

qabul qilingan

; juda katta bo'lgan 

ravshanlik (yorug'lik)da 30000 NT dan ortiq bo'lganda, ko'rmaslik samarasi sodir bo'ladi. 

Gigiyenik jihatdan qulay bo'lgan ravshanlik 5000 NT gacha hisoblanadi. Fazoviy tavsiflarni 

qabul qilishni baholaganda ko'rish o'tkirligi asosiy tushuncha hisoblanadi. Ko'rish o'tkirligi 

-  yoritilganlik,  zidlik  (mos  kelmaslik),  obyektning  shakli  va  boshqa  omillarga  bog’liq 

bo'ladi.  Yoritilganlikning  ko'payishi  bilan  ko'rish  o'tkirligi  kuchayadi.  Zidlikning 

kamayishidan  ko'rish  o'tkirligi  ham  kamayadi.  Ko'rish  o'tkirligi  ko'z  to'ridagi  tasvir 

proyeksiyasining  qayerda  joylashganligiga  bog’liqdir.  Ko'z  7  xil  asosiy  ranglarni  va 

ularning 100 dan ortiq ko'ri- nishdagi turlarini ajratadi. Ranglarni sezish 380 dan 780 gacha 

bolgan uzunlikdagi yorug'lik to'lqinlariga ta'sir qiladi. Uzunliklarning taxminiy chegaralari 

va ularga to'g'ri kelgan ranglar quyidagicha: 

380 - 455 nm (siyoh rang);  

455 - 470 nm (ko’k);470 - 500 nm ( havo rang);  



500 - 550 nm (yashil); 550 - 590 nm (sariq);  

590 - 610 nm (to’q sariq) va 610 - 780 nm (qizil) ranglardir. 

Ko’rish  analizatori  monoxromatik  nurlanishning  nisbiy  ko'rinishi  bilan 

tavsiflanadigan ma'lum spektral sezuvchanlikka egadir. Eng katta ko'rinish kunduz kuni va 

bunga sariq rang to'g'ri keladi; qorong’iga esa yashil - havo rang to'g'ri keladi. Oq rangdan 

qora  rangga  gamma  o'tishlar  axromatik  qatorni  vujudga  keltiradi.  Yorug’lik  signalidan 

paydo  bo'lgan  sezish  signalining  yo'qolishiga  yoki  uning  tavsifming  o'zgarishiga 

qaramasdan, ma’lum vaqt ichida saqlanadi. Har xil tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, 

ko'rish  inersiyasi  0,1  -  0,3  sekund  oralig'ida  bo'ladi.  Ikki  va  uch  o’lchovli  bo’shliqda 

obyektlarni  anglaganda  ko’rish  maydoni  va  chuqur  ko’rish  farq  qilinadi.  Ko’rishning 

biokulyar (ikki ko’z bilan) maydoni gorizontal yo’nalishda 120 ~ 160°; vertikal bo’yicha 

yuqoriga  -55  -  60°  va  pastga  -65  -72°  o’z  ichiga  oladi.  Rangni  anglaganda  ko’rishning 

o’lcham maydoni torayadi. Optimal ko’rish zonasi quyidagicha chegaralangan: yuqoriga - 

25°,  pastga  -  35°,  o’ngga  va  chapga  32°  dan.  Chuqur  ko’rish  bo’shliqni  anglash  bilan 

bog’liqdir.  Mutlaq  uzoqlikni  baholash  xatosi  30  metrgacha  masofada  o’rtacha  umumiy 

masofaga nisbatan 12% teng.  

Tovush  yoki  havoning  tebranishi  tashqi  eshitish  yo’lidan  o’tib,  nog’ora  pardani 

tebrantiradi.  Bu  tebranish  eshitish  suyaklariga  o’tadi.  Suyaklarda  takrorlangan  tebranish 

oval  teshik  pardasi  orqali  labirintdagi  (ichki  quloqdagi)  perilimfaga,  undan  andolimfaga 

o’tib, Kortyev organi tolalariga keladi va ularni tebrantiradi. Tebranish natijasida eshitish 

nervi shohchalari ta’sirlanadi. Nerv uchlarida xosil bo’lgan qo’zg’alish eshitish nervi orqali 

bosh miya po’stlog’idagi eshitish analizatorlariga boradi va biz tovushni eshitamiz. Tovush 

signallari odamga ko’p qismdagi ma’lumotlarni yetkazib beradi. Ular yana xavfli signallarni 

uzatish  uchun  ham  xizmat  qiladi.  O’z  navbatida,  akustik  holat  aniq  miqdorda  xavfsizlik 



sharoitini aniqlaydi. 

 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish