2-mavzu. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik


Xavfsizlikni ta’minlashda inson analizatorlarining roli



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#387291
1   2   3
Bog'liq
2-maruza

 

Xavfsizlikni ta’minlashda inson analizatorlarining roli

 

Ishlab chiqarish jarayonlarni va ishlarni mehanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish 



ko'pdan-ko'p  qo'l  mehnatini  siqib  chiqaradi, ammo  sanoat  va qishloq  xo'jaligida  shunday 

qator  kasblar  borki,  bularda  mehnat  muskullar  va  alohida  organlar  (analizatolar)ning 

ortiqcha zo'riqishi bilan bog'liq bo'ladi. Ortiqcha zo'riqish kichik tezkor harakatlarni bajarish 

zarur bo’lgan uzoq bosimdan, bir xil holatdagi ma’lum pozada davomli ravishda bo’lishidan 

kelib chiqadi. 

Evolyutsion va ijtimoiy rivojlanishning million yillik davri ichida insonda o'zi uchun 

xavflardan himoyalashning tabiiy tizimi yaratilib kelingan. Bu tizim takomillashishi bilan 

farq  qiladi,  ammo  ma'lum  miqdordagi  chegaralarga  egadir.  Mohiyati  bo'yicha,  HFX  fani 

insonni  xavflardan  himoyalashga  yo'naltirilgandir.  Bir  vaqtning  o'zida  shuni  eslash 



kerakki,o'zi ham  potensial  xavflarni olib yuruvchi  hisoblanadi.Hayot va  mehnat  faoliyati 

jarayonida inson o'zidan zaharli narsalar va nurlanuvchi issiqliklar ajratib turadi, bular uning 

noto'g'riharakati 

oqibatida

,  har  xil  turdagi  ko'ngilsiz  hodisalarning  sababchisi  bo'lishi 

mumkin.  Bundan  tashqari,  shuni  eslash  zarurki,  shov-shuv  sharoitida  ko'pchilik  halq 

ommasining xulqi, bitta odamning xulqidan farq qiladi va o'zining qonuniyatlariga egadir. 

Xavfli  holatlarni  (ayniqsa  ekstremal)  tahlil  qilgandl,  guruhlarning  psixologik 

qonuniyatlarini hisobga olish zarurdir. 

Psixologik  ilm  odamning  xulq-atvor  reaksiyalarini  tartibga  solish  va  favqulodda 

vaziyatlarda  qanday  harakat  qilish  bo'yicha  ayrim  ko'rsatmalarni  beradi.  “Inson  – muhit” 

tizimining xavfsiz holatini ta'minlash uchun inson tavsifi bilan muhit elementlari o'rtasidagi 

kelishishlik muhimdir.Bunday kelishish mavjud bo’lmaganda, quyidagi ko'ngilsiz oqibatlar 

sodir  bo'lishi  mumkin:  inson  ish  qobiliyatining  pasayishi,  umumiy  va  kasbiy 

kasallanishlarning rivojlanishi; avariya, yong'in va portlashlarning bo’lishi; ishlab chiqarish 

jarohatlanishlarning  sodir  bo'lishi  va  boshqalar.  Inson  o'zining  analizatorlari  yordamida 

atrof-  muhit  bilan  bevosita  aloqalarni  amalga  oshiradi,  ba'zan  bu  analizatorlar  insonning 

sezuvchi priborlari deb ham ataladi. Xavfsiz tizimlarni yaratishda odam analizatorlarining 

tavsifmi hisobga olish muhimdir.  

Buyuk  rus  fiziologi  I.P.  Pavlovning  analizator  haqidagi  ta’limoti  sezgi  organlari 

faoliyatini o’rganishda katta rol o’ynaydi. U funksional jihatidan bir-biri bilan bog’langan 

uch  elementdan  iborat  yagona  tizimni  -  analizatorlar  deb  atagan.  Uch  elementning  biri 

analizatorning periferik qismi - retseptor bo’lsa, ikkinchisi -o’tkazuvchi qism va uchinchisi 

markaziy  qism  yoki  bosh  miya  po’stlog’ining  tegishli  sohasidagi  -  sezuvchi  nerv 

hujayralaridir.  Analizatorlarning  har  bir  qismi  o’ziga  xos  funksiyani  bajaradi. 

Analizatorlarning  periferik  qismi  yoki  retseptorlari  sezgi  organlari  deyiladi.  O’tkazuvchi 

qism retseptorlarda xosil bo’lgan qo’zg’alishni periferiyadan markaziy nerv tizimiga (miya 

po’stlog’  iga)  o’tkazadi.  Analizatorlarning  markaziy,  ya’ni  miya  po’stlog’idagi  qismi 

ularning oliy bo’limi bo’lib, unda qo’zg’alish tahlil va sintez qilinadi. Retseptorlar asosan 

ikki xil bo’lib: tashqi va ichki retseptorlarga bo’linadi. Ichki retseptorlar organizmda sodir 

bo’lgan taassurotlarni, tashqi retseptorlar esa tashqi muhitdagi taassurotlarni sezadi. Tashqi 

retseptorlar yordamida atrofdagi muhit haqida tasavvur xosil bo’ladi. Retseptorlar va miya 

po’stlog’  o’rtasida  ikki  tomonlama  aloqa  mavjud  bo’lib,  analizatorlarning  o’z-o’zini 

boshqarishini ta’minlab beradi. Odam analizatorlarining afzallik tomonlaridan biri ularning 

juftligidir. Ular signallarni takrorlash hisobiga ishning yuqori ishonchliligini ta’minlaydi. 

Analizatorlarning  asosiy  tavsifi  sezuvchanlikdir.  Analizatorga  ta’sir  qiluvchi  hamma 

qo’zg’atuvchi  ham  tuyg’u  (his)  xosil  qilmaydi.  Buning  ro’yobga  chiqishi  uchun 

qo’zg’atuvchining  jadalligi  ayrim  chegaralangan  kattalikka  ega  bo’lmog’i  kerak. 

Qo’zg’atuvchi jadalligining oshishi bilan shunday payt keladiki, bunda analizator o’zining 

bir  xil  ishlashini  to’xtatadi.  Jadalligi  bo’yicha  ayrim  chegaraga  ko’tariluvchi  har  qanday 

ta’sir  ogriqni  olib  keladi  va  analizator  faoliyatini  buzadi.  Bir  xil  sezishning  minimaldan 

maksimalgacha bo’lgan oraliq qiymati analizatorning sezuvchanlik diapazonini aniqlaydi. 

Uning  minimal  qiymati  sezuvchanlikning  pastki  mutlaq  bo’sag’asi  deb  qabul  qilingan. 

Maksimali esa-yuqori.  

Sezuvchanlikning  mutlaq  bo’sag’alari  qo’zg’atuvchining  mutlaq  kattaliklarida 

o’lchanadi.  Ikkita  qo’zg’atuvchi  o’rtasidagi  minimal  farq  sezishning  zo'rg'a  bilinadigan 

farqini chaqirib keltiradi u differensial bo'sag'a yoki farqlanishning bo'sag'asi deb ataladi. 



Psixofizik  tajribalar  bilan  aniqlanganki,  sezishning  kattaligivg  qo'zg'atuvchining  kuchiga 

qaraganda  sekin  o'zgaradi.  Taxminiy  qiymatga  ega  bo'lgan  Veber-Fexerning  asosiy 

psixofizik qonuni quyidagicha ifodalanadi: 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish