2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1


Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari.
Qonun tushunchasi dunyoning 
mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning 
abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini 
saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan. 
Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonunini 
o‘rganganimizda ana shunday holni idrok etamiz. Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi 
narsalarning bir-biri bilan alokadorligi tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har 
daqikada bu holatning sodir bo‘lib turishini isbotlaydi. 
Xo‘sh qonun o‘zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega? 
Qonunni bilmasdan, o‘rganmasdan turib yashash mumkinmi? Qonun tushunchasi kundalik 
hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Xususan, fizika yoki ximiya 
qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki bo‘lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h.k. 
YUqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi uchun ham umumiy bulgan xossa, xususiyatlar 
bormi? Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson 
taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h. 
k,) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning 
amal qilish xususiyatlarini o‘rganish, ochib berishdan iborat. 
Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez buladi. Taraqqiyot qonunlarini 
bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Hozir mustaqil O‘zbekiston barcha rivojlangan 
mamlakat singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqgisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, 
fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqsa. Bunda umumbashariy qonunlar va 
mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan. 
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik nima? Erkinlik 
anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos belgilardan biri zaruriyligi yani ob’ektiv 
tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab 
olish mazmuniga amal qilishdan iborat faoliyatni anglatadi. 
Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos qilmaydi». Ana 
shu tufayli siz yuridik qonunlarni kancha yaxshi bilsangiz, o‘zingizning faoliyatingni!» shunga 
moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin bo‘lasiz. SHu holda siz nima qonuniy, nima esa 
qonuniy emasligini yaxshi bilasiz, qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz. 
YUqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qo‘yidagicha tarif berish mumkin: 
Qonun
olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, 
aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir.
Endi qonunning belgilariga to‘xtalamiz: 
1)
Qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog‘lanishlardan faqat muhimlarini, yani bunday 
bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bu «olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va undagi narsa hamda 
hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi; 
2)
Qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalashi, ya’ni tasodifiy
 
bog‘lanishlar, goh paydo 
bo‘lib, goh yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi; 
3) qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi. 
Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi rivojlanishlarni (munosabatlarni) ifodalaydi, 
yani bir safar berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni butunlay qamrab olmaydi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish