2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari Reja



Download 145,78 Kb.
bet5/13
Sana13.06.2022
Hajmi145,78 Kb.
#661416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Terrorizm psixologiyasi

Bugungi kunga kelib dunyo hamjamiyatida va jahon mamlakatlari orasida terroristik xatti — harakatlar yanada avj olmoqda. Bularning sabablari turlicha, yagona davlat qurish, oʻz hukmini va siyosatini oʻtkazish, millatchilik va hokazolardir.
Yuqoridagi xatti-harakatlarni oldini olish uchun butun dunyoda kerakli chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Halqaro antiterroristik tashkilotlar koʻpgina davlatlarda faoliyat yuritmoqda. Bunday korxonalar nafaqat terroristik guruhlarni balki ularning aʼzolari, yaʼni terroristlarning sonini, maqsadini, amaliy faoliyatlarini va psixologiyasini oʻrganishadi.
Bizga maʼlumki, terror paytida terrorchi shaxslarning psixologiyasini jiddiy oʻrganib boʻlmaydi. Chunki ular terakt tayyorlashdagi soʻnggi bosqichda boʻladilar.
Bu yerdagi asosiy qaratiladigan yoʻnalish — terrorchi shaxslarning tarjimai xoliga, har onda bu yoʻlni bosib oʻtgan insonlarning oʻtkinchi xayollariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Teraktlarni oldini olish va terroristlar sonini kamaytirishi butun jahonning asosiy maqsadi boʻlib, barcha anti-terroristik tashkilotlarning kuchlari shunga qaratilgandir.
Terrorizm-insoniyat uchun oʻta xavfli, soʻnggi paytlarda tobora kuchayib borayotgan va keng tarqalayotgan voqelik hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda terrorizm muammosi har tomonlama oʻrganilmoqda. Psixologlarni ushbu muammoning huquqiy yoki yetuk jihatlari emas, balki ruhiy, shaxsiy, ijtimoiy-psixologik jihatlari qiziqtiradi.
Ushbu ishning maqsadi-terrorist shaxsining asosiy xarakterli jihatlarini, uning motivlarini aniqlash hisoblanadi.
Terrorizm — (terror-lotincha qoʻrquv, dahshat) sayyoramizning har bir fuqarosi uchun dolzarb hisoblangan, hozirgi kundagi jiddiy muammolardan biri hisoblanadi.
Terrorizm atamasiga fanda aniq bir taʼrif yoʻq. Quyida ushbu tushunchaga berilgan aniqliklar keltirilgan:
*sistemali qoʻrqitish, jamiyatni zoʻrlik yoʻli bilan muntazamligini buzish;
*siyosiy maqsadlarga erishish yoʻlida-zoʻrlikdan, tahdiddan foydalanish.
Hozirgi kunda "terror", "terrorizm", "terroristik akt" va "halqaro terrorizm", "davlatlararo terrorizm" kabi tushunchalar mavjud boʻlib, V.I.Dalning lugʻatida terrorizmning qaratilgan maqsadi- oʻlim, zoʻravonlik bilan qoʻrqinchli koʻrsatish deb taʼkidlanadi. S.I.Ojegov oʻz lugʻatiga terrorizm tushunchasiga quyidagicha aniqlik kiritadi: "Terror-siyosiy dushmanlarga munosabatda hatto ularni yoʻq qilishgacha boradigan jismoniy zoʻrlikni qoʻllash". Shunday qilib, adabiyotlarda terror, terrorizm, terroristik akt tushunchalarida zoʻravonlik metodi orqali raqibni, yaʼni davlatning, siyosiy yoki biror-bir jamoaviylikning qurboni (hujum obyekti), shuningdek, taʼsir obyektiga xizmat qilayotgan shaxslar.
Terroristik aktning asosiy maqsadlaridan biri bu — ushbu jinoiy faoliyatga bevosita aloqasi boʻlmagan individlarga psixologik taʼsir etishdir. Terroristik aktlarning katta qismi moddiy mablagʻ undirish uchun amalga oshiriladi. Terroristik aktlar jinoyat hisoblanib, milliy va jahon qonunlari bilan taqiqlanadi. Shunday qilib, buni amalga oshiruvchi guruhlar millatni namoyon etuvchi, oʻz ozodligi uchun kurash olib boruvchi ozod etuvchi tashkilot nomiga talabgor boʻla olmaydilar. Insonni diniy oqimga jalb etish akti ham oʻz ichiga uch elementni qamrab oladi: jalb qiluvchi, uning qurboni (hujum obyekti), shuningdek, taʼsir obyektiga xizmat qilayotgan shaxslar.
Terror - qoʻrqitish siyosati, zoʻrlik metodlari yordamida siyosiy raqiblarni yanchib tashlash. Terroristlar omma ongida qoʻrquv, dahshat holatini keltirib
Terroristlar faoliyati — jamiyatda vahima, xavotir holatini paydo qilishga, davlat organlari ishini izdan chiqarish, buzishga qaratilgan.
Qoʻrquv muhiti — destruktiv faoliyatning har qanday turlarida, ham "destruktiv", ham terroristik tashkilotlarning muhim hisoblangan elementidir.
L.Drobijeva va Ye.Pain: "Terrorizm va ekstrimizmni insoniyat yuqtirib olgan virusga taqqoslab boʻlmaydi" deb taʼrif berishadi. Bu insoniyatning ichki kamchilligi. Ushbu holat ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalardagi disgarmonik rivojlanish tufayli kelib chiquvchi ichki kasalligidir. L.Drobijeva va Ye.Painlar terrorizm va ekstrimizmning toʻrtta asosiy manbalari sifatida quyidagilarni koʻrsatishadi:

Download 145,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish