2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari Reja



Download 145,78 Kb.
bet9/13
Sana11.03.2022
Hajmi145,78 Kb.
#489692
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Faktlar (dalillar) fazasi
Bu fazada har bir shaxs xodisa paytida u bilan nima roʻy berishini alohida aytib oʻtadilar. Ishtirokchilar xodisani qanday qoʻgʻatganliklari va keyingi bosqichlarda nimalar yuz berganini soʻzlab berishlari mumkin. Debrifing jamoasining boshlovchisi vaziyatni oydinlashtiruvchi, mavxumlikni bartaraf etuvchi savollarni oʻrnida berib borishi mumkin. Bu shuning uchun muhimki, xodisa qanchalik aniq bayon etilsa, har bir guruh aʼzolari voqeani shu xolicha qabul qiladi, aks holda har bir shaxs oʻzicha tasavvur qilib, voqea toʻgʻrisida notoʻgʻri xulosaga ega boʻlishi mumkin. Oqibatda ularning his-tuygʻulari ham notoʻgʻri yuzaga kelishi mumkin. Vaqtga oid hissiyotlar ham koʻp holatlarda buzilishi mumkin.
Ishtirokchilardan doira orqali ketma-ketlikda quyidagi savollarga javob iltimos qiling:

  • Kimsiz va xodisa (yoki jabrlanuvchi) bilan qanday bogʻliqligingiz bor?

  • Xodisa roʻy berganda qayerda edingiz?

»> Nima voqea sodir boʻldi?

  • Siz nimalarga guvoh boʻldingiz? Eshitdingiz?

Debrifinglar har bir javobini qisqacha aytib oʻtadilar. Shu tariqa har bir kishi voqeani qanday tarzda koʻrganligi, nimalar yuz berganligi, keyin nima voqealar boʻlganligini aytib oʻtadilar. Bu yerda ishtirokchilar vaziyatni almashtiruvchi savollar berishlari mumkin. Bu esa oʻz navbatida moʻljal olish hissini qayta tiklab, fikrlar va hislarni meʼyorlashtiradi. Mana shu debrifingning asosiy vazifasi — odamlarga vaziyatni bir muncha obyektiv tarzda koʻrsatish imkonini beradi.
Faktlar fazasining davomiyligi oʻzgarishi mumkin. Lekin voqea qanchalik koʻp davom etgan boʻlsa, faktlar fazasi ham shunchalik koʻp davom etadi. Biroq shuni yodda tutish lozimki, bu faqatgina ishning bir bosqichi. Yagona tasavvurni yaratishga intilish shu fazada qotib qolishga olib kelish mumkin. Shunday boʻlishiga qaramay har bir voqeaning guvohlari voqeani oʻzlaricha kuzatganlar, bu turli faktorlar bilan aniqlanadi: voqea xodisalar roʻy berganda kishining turgan joyi, shu jarayonda qanchalik uzoq vaqt ishtirok etgan, qanday xodisaning guvohi boʻlgan va shu kabilar.
Fikrlar fazasi
Fikrlar fazasida debrifing qaror qabul qilish jarayoni va tafakkurga asoslanadi. Bu fazani ochib beruvchi savollar quyidagicha koʻrinishga ega:

  • Nima voqea roʻy berganini anglab yetganingizdan soʻng, aqlingizga kelgan birinchi fikr nima edi?

  • Nima boʻlishini bilganingizdan soʻng sizning birinchi fikringiz qanday edi? (ushbu savol bevosita guvoh boʻlmagan kishilar uchun taʼluqli hisoblanadi)

Kishilar koʻpincha voqeadan soʻnggi birinchi fikrlarini bayon etishga qarshidir, chunki ular birinchi fikr ojizlik va qoʻrquvni namoyon etadi deb hisoblaydilar. Birinchi fikr koʻpincha yurakdagi xavotirni ochib beradi. Keyingi savol quyidagicha: "Voqea sodir boʻlmasdan oldin nima bilan shugʻullanayotgan edingiz?", "Nima uchun siz bajargan ishingizni bajarishga qaror qildingiz?". Soʻnggi savolga koʻpincha birinchi fikr ishtirokchilari himoya qilinadi. Tezkor harakat vaqtida ishtirokchilarda gʻazab paydo boʻlishi mumkin (boshqaruvchilarga nisbatan), chunki yuqoridagilarning savollari beʼmani va gʻalati boʻlib tuyuladi.
Qaygʻurish fazasi (kechinmalar)
Odatda bu debrifingning eng uzoq davom etadigan fazasi. Bundan oldingi faza inson uchun salbiy oqibatlarni keltiruvchi va nixoyatda kuchli boʻlgan kechinmalarni faollashtiradi. Bu bosqichning vazifasi: ishtirokchilar uchun shunday sharoit yaratishki, ishtirokchi oʻzida guruh tomonidan qoʻllab- quvvtlanayotganligini koʻrib voqealarni eslashi va shu bilan kuchli hislarni bayon etishi mumkin boʻlsin va xuddi shunday kuchli kechinmalarni boshdan oʻtkazayotgan boshqa ishtirokchilarni ham qoʻllab-quvvatlasin.
Ushbu fazada yetakchi ijobiy natijalarga erishish uchun kishilarga hikoyalarni aytib berishga yordam berishi lozim, hattoki bu hikoyalar juda yomon xotiralarni yodga tushursa ham. Bu shunday hislarning parchalanish extimolini kamaytirishi mumkin.
Kishilar u yoki bu qarorini qabul qilishlarining sabablarini aytib oʻtayotganlarida ular tez-tez qoʻrqib, nochorlik, yolgʻizlik, oʻzlariga nisbatan tanqid toʻgʻrisida soʻz yuritadilar. Soʻzlab berish jarayonida guruh aʼzolarida oʻxshashlik, umumiylik va tuygʻularning haqqoniyligi hissi uygʻonadi. Bunga quyidagi savollar turtki boʻladi:

  • Hodisaga qanday fikr bildirdingiz?

  • Boʻlgan voqealar ichida siz uchun eng dahshatlisi qay biri edi?

  • Siz ilgari hayotingizda shunga oʻxshash kechinmalami boshingizdan oʻtkazganmisiz?

  • Quyidagi hislarning sababchisi nima:

  • Gʻam;

  • Xafagarchilik;

  • Qoʻrquv.

Yana shunday turdagi savollarni berish mumkin: "Xodisa rivojlanganda atrofingizda boʻlib oʻtayotgan ishlarga nisbatan taʼsurotingiz qanday edi?" Siz nimani koʻrdingiz, tuydingiz, eshitdingiz?
Qoʻllanishi mumkin boʻlgan boshqa savollar:
Jismoniy darajada nimalarni his qildingiz? Agar bu bir voqeani boshdan oʻtkazgan guvohlar jamoasi boʻlsa, unda quyidagi savolni ham berishingiz mumkin: "Koʻrganlaringiz, eshitganlaringiz, his qilganlaringiz va hattoki tuyganlaringiz ichida qay biri xotirangizda muxrlanib qoldi va sizni koʻproq tashvishlantiradi?"
Agar guruh kichik boʻlsa unda doira ketma-ketligida savol-javob oʻtkazishi mumkin, agar katta guruh boʻlsa, unda xoxlagan kishidan soʻrash mumkin. Ishtirokchilar diqqatini hikoyani muhokama qilishga, qayta koʻrib chiqishga, savollarni aniq yetkazib berishga qaratishga harakat qiling.
Ishtirokchilar ularning har bir hislari yashashga loyiq ekanligini, ular muhit va hurmatga sazovor ekanligini bilishlari lozim.
Debrifing yetakchisi har bir shaxsning muloqotda ishtirok etishini taʼminlab berishi kerak. U debrifing qoidalari boʻlgandagina aralishishi mumkin. Buni alohida va mukammal bilishi lozim, chunki debrifingning asosiy terapevtik jarayoni shuki kishilardagi, oiladagi, doʻstlar orasidagi, oʻzaro emotsional muammolarini mustaqil ravishda hal qila olishlariga tayyorlashdan iborat. Agar ishtirokchilardan birining axvoli yomonlashsa, unda guruh aʼzolarining yordami ayni muddao hisoblanadi. Ular axvoli yomonlashgan ishtirokchilarning yelkasiga qoʻlini qoʻyib yoki bu yerda koʻz yosh toʻkish uchun qulay paytligini aytgan tarzda axvoli yomonlashgan ishtirokchi uchun dalda boʻlib, yordam berishi mumkin. Bunday paytda ishtirokchilarni yolgʻiz tashqariga chiqarish mumkin emas, boshlovchi bunday paytda ishtirokchi bilan birga borib, tinchlantirib qaytarib guruhga olib kelishi lozim boʻladi. Eng koʻp psixologik talofat olgan, kamgap va alomatlari kuchli boʻlgan ishtirokchiga katta ahamiyat berishi kerak (albatta bu jabrlanuvchining roziligi bilan amalga oshiriladi). Baʼzan eski xotiralar yana qaytalanib, jabrlanuvchini tashvishga solishi, bezovta qilishi va qoʻrqitishi mumkin. Debrifing boshlovchisi kishilar uchun alohida tinchlantiruvchi uslublardan foydalanib, yangi mashgʻulotlarni taklif etishlari lozim.

Download 145,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish