2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari Reja



Download 145,78 Kb.
bet12/13
Sana11.03.2022
Hajmi145,78 Kb.
#489692
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Birinchi faza — psixologik shok fazasi- ikki asosiy tarkibdan iborat:

  1. Tashqi muhitda moʻljal olishning buzilganligi, faollikni yoʻqolishi 2.Sodir boʻlgan vaziyatni inkor etish. Normada bu faza qisqa boʻladi.

Ikkinchi faza — vaziyatga va uning oqibatlariga emotsional reaksiya bildirish. Bu kuchli qoʻrquv, dahshat, gʻazab, yigʻi, ayblash kabi emotsiyalar shaklida namoyon boʻladi. Asta- sekinlik bilan bu emotsiyalar oʻzini tanqid qilish yoki oʻzidan shubhalanish bilan almashadi.
Uchinchi faza — normal qabul qilish (reallikni qabul qilish, yangi paydo boʻlgan vaziyatga moslashish).
JKSB (jarohatdan keyingi stress buzilishi) psixoterapiyasi birinchi navbatda jarohat natijasida vujudga kelgan psixik faoliyat buzilishini reintegratsiyasi ("qayta jamiyatga qoʻshilishi") ga oʻz eʼtiborini qaratadi. Hayotni yangitdan idrok etishni taʼminlash, jarohat tajribasini affektiv tarzda qayta baholash, oʻzining shaxsiy "men"ining qadrini oshirish va kelajakda samarali hayot kechirish qobiliyatini hosil qilish — psixoterapiyaning vazifasidir. Hozirgi paytda jarohatlangan mijozlar bilan ishlash metodlarining koʻpligini kuzatishimiz mumkin. Ular oʻz samaradorligini amaliyotda koʻp marotaba isbotlagan. Ammo shuni hisobga olish lozimki, jarohatlangan shaxsga psixoterapevtik usul qoʻllayotganda toʻgʻri diagnoz juda muhim.
JKSB haqidagi qarashlar zamonaviy talqin boʻyicha oʻzgaruvchan. Ayrim psixologlar JKSB — bu daʼvolanadigan buzilish deb hisoblasalar, ayrimlar uning asoratlari baribir yoʻqolmaydi, degan fikrda. JKSB odatda ijtimoiy, kasbiy va boshqa hayotiy muhim sohalarda salbiy oʻzgarishlarga olib keladi. Demak, JKSB daʼvosi uzoq va bir necha yil davom etuvchi jarayondir.
Shu bilan bogʻliq ravishda terapiyaning 4 strategiyasi taklif qilinib, ular maqsadga erishishga yordam beradi:

  • "Men" malakasining moslashuvini qoʻllab quvvatlash (bu yerda muhim aspekt terapiyaga pozitiv munosabatni shakllantirish);

  • Asoratlarga nisbatan pozitiv munosabat shakllantirish (bu strategiyaning natijasida mijoz jarohatdan keyingi asoratlarga mos hissiyotlarni kechirayotganini anglashi kerak);

  • Qochishni pasaytirish (chunki, mijozning jarohatdan qochishi tajribaning shakllanishiga halaqit beradi);

  • Va nihoyat, atributsiya mazmunini oʻzgartirish (bu strategiyaning maqsadi? boshdan oʻtkazilgan jarohatdan keyingi stress buzilishining mazmunini oʻzgartirish, buning oqibatida mijoz jarohatni oʻz nazorat ostiga olish imkoniga ega ekanini anglaydi).

Jarohatdan keyingi stress buzilishi bilan ishlayotganda quyidagi 2 jihatga: qoʻrquvni pasaytirish va atrofdagi boʻlayotgan narsa va hodisalar uning nazoratida ekanini singdirishga alohida eʼtibor qaratishi kerak. Shuningdek, JKSBini boshidan oʻtkazgan mijoz psixoterapevt bilan ogʻir munosabatga kirishadi, chunki jarohatdan soʻng shaxslararo munosabatda ularda ishonchsizlik, nafrat, tobelik namoyon boʻladi. Jarohat bilan ishlaganda mijoz hissiyotlarni oʻta jadal tarzda kechiradi, shuning uchun ham bu psixoterapevtdan yuksak mahorat talab qiladi. Gorovisaning ishlarida mijozning jarohatga reaksiya fazalari ajratib koʻrsatilgan. Ular:

  1. jarohat natijasida uzoq stressli holat;

  2. yengib boʻlmaydigan kechinmalarning namoyon boʻlishi: hissiyot va obrazlarning quyilib kelishi;

  3. nazorat qilib boʻlmaydigan yolgʻizlik, "qochish" holatlarida qotib qolish;

  4. xotiralar va kechinmalarni idrok qilish va ushlab qolish qobiliyati;

  5. mustaqil tarzda oʻz fikrlari hamda hissiyotlarini tahlil qilish qobiliyati.

Har bir fazaga psixoterapevtning bildiradigan reaksiyasi yoki boshqacha qilib aytganda, amalga oshirishi lozim boʻlgan maqsadlari mavjud:

  1. Mavjud holatdan chiqarish yoki mijozni stressogen muhitdan chiqarish. Vaqtinchalik aloqalarni tuzish. Mijozga qaror qabul qilishga, kelajakni rejalashtirishga yordam berish;

  2. Kechirish imkoniga ega xotira va kechinmalarni qoldirish, qolganlarining qoʻzgʻalishini pasaytirish;

  3. Mijozning jarohatni qaytadan boshdan kechirishida va ularning oqibatlarida yordam berish, oʻz xotiralari ustidan nazorat qilishni oʻrgatish. Esga tushirish davomida hissiyotlarni toʻgʻri ifodalashni boshqarish. Mijoz bilan oʻsib kelayotgan munosabatlarni saqlab qolish va shuning davomida jarohatni qayta tahlilini amalga oshirish;

  4. Men obrazi va boshqa insonlar obrazi bilan bogʻliq bilish hamda emotsional assosiasiyalarni qayta ishlab chiqishga yordam berish. Jarohat hamda xatarni yengish, shaxslararo munosabatlar patternlari yaratish, Men obrazi va kelajakdagi maqsadlar oʻrtasida aloqa hosil qilishga koʻmaklashish;

  5. Terapevtik munosabatlar ishlab chiqish. Psixoterapiyani yakunlash.

Mijozning kechirilgan jarohatni soʻzlab berishi psixoterapevtning empatik tinglashiga toʻgʻri proporsionaldir. Istalgan qarshi chiqish va mijoz kechinmalarini tinglamaslik uning terapiyasini toʻxtatadi. Empatik terapevt mijozning dahshatli hodisalar haqidagi fikrlarini ragʻbatlantiradi va oʻzining shokli reaksiyasini namoyon qilmaydi. Terapevt tasodifan yuzaga kelgan mavzularni chetlab oʻtmay, jarohat qoʻrquvidan olib qochadigan, yaʼni "neytral" mavzularga oʻtmaydi. Aks holda kliyent oʻzini tushunilmagandek his qiladi, — terapevt men boshimdan kechirgan hodisalardan qoʻrqadi,- degan fikrga boradi. Jarohatni kechirish faqatgina dahshatni koʻrish emas, balki qolgan umrini yordamga muhtojlikda oʻtkazish hamdir.
JKSB bilan hasta mijozlarga terapevtik yordam koʻrsatayotganda ishni 3 bosqichda amalga oshirish lozim. Birinchi bosqichda asosiy maqsad — xavfsiz muhit yarata olish. Ikkinchi bosqichning asosiy vazifasi — xotiralar va kechinmalar bilan ishlash.



Download 145,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish