2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari Reja



Download 145,78 Kb.
bet7/13
Sana11.03.2022
Hajmi145,78 Kb.
#489692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
D.V.Olshanskiy terroristlarda uchraydigan sindromlarni sanab koʻrsatadi:

  1. "Zombi sindromi" Real yoki virtual raqibga nisbatan doimiy urishda yashagandek yashaydilar, muammoni tinch yoʻl bilan hal qilishdan qochadilar, quroldan mohirona foydalana oladilar.

  2. "Rembo sindromi" Bunday odamlar uchun oʻz xohishi bilan dunyoni qutqarish, altruistik burchlarni bajarish, agressiv xulqidan shu yoʻl bilan foydalanish, maʼlum bir "missiya" larni bajarish xarakterli jihat sanaladi.

  3. "Kamikadze-shahid sindromi" Bunday terrorislar oʻlimga tayyor boʻladilar. Ular oʻzlarining terroristik aktlarida oʻzlarini ham, garovdagi qurbolarni ham nobud qiladilar. Terroristlarning asosiy psixologik xarakteristikalari oʻzlariga jaroxat yetkazishga ekstremal tayyorliklaridir.

Har bir antiterroristik operasiyaning yetakchi elementlaridan biri — bu muloqot oʻrnatish jarayoni boʻlib, bu jarayonning samarali boʻlishi oliy toifadagi mutaxassis — surishtiruvchilar borligi bilan belgilanadi. Ular odatda psixolog, psixiatr yoki psixoterapevtlardir.
Gʻarblik tatqiqotchilar bir qator terrorizm motivlarini aniqladilar, hamda ulami ikki asosiy tipga ajratdilar: shaxsiy va siyosiy — gʻoyaviy motivlar. D.V.Olshanskiy terroristik faoliyatni tadqiq qilar ekan, 7 ta shaxsiy motivlarni sanab koʻrsatadi:

  1. Merkantil motivlar. Ayrim insonlar uchun terror-pul topish yoʻli.

  2. Gʻoyaviy motivlar. Bunday motiv insonning qandaydir gʻoyaviy — siysiy yoʻnalishdagi jamoaga aʼzo boʻlganida yuzaga chiqishi mumkin.

  3. Dunyoni faol oʻzgartirish yoki qayta qurishga qaratilgan motivlar. Bu motivlar dunyoning hozirgi tuzilishidan, undagi adolatsizliklardan norozilik tufayli paydo boʻladi. Shaxs dunyoni oʻz tushunchasidagidek "Adolatli" qilib, qayta qurmoqchi boʻladi.

  4. Insonlar ustidan xukumronlik qilish motivi. Zoʻrlik qilish orqali terrorist oʻzini va shaxsiyatini tasdiqlaydi. Odamlarni qoʻrqitish orkali terrorist oʻz xukumronligini mustahkamlaydi. Fransuz tadqiqotchisi R.Sole shunday deb yozadi: Zoʻrlik-ayrim terroristlar uchun bosim oʻtkazish, boʻzgʻunchilik — revolyusion akt, oʻz-oʻzini tasdiqlash, oʻzini koʻrsatish turi hisoblanadi.

  1. Terrorga qiziqish motivi. faoliyat turi sifatida terrorga qiziqish, terroristlarni — terror bilan bogʻliq tavakkalchilik, rejalarni tuzish, terroristik aktlarni amalga oshirish spetsifikasi qiziqtiradi.

  2. Terroristik guruhga emotsional bogʻliqlik motivi. Bunday motivlar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: vafot etgan yaqinlari, doʻstlari uchun kasos, oʻch olish, yaqinlari, qarindosh urugʻlari terror bilan shugʻullanishgan boʻlsa, anʼanaviy tarzda ushbu faoliyatni davom ettirish, D.Poust fikriga koʻra shaxs sifatida toʻla shakllanmagan, "hurmatga" muxtojlik sezayotgan individlar uchun terroristik guruhga qoʻshilish fundamental ahamiyatga ega.

  3. Oʻz-oʻzini realizatsiyalash motivi. Bu paradoksal motiv bir tomondan oʻzini realizatsiyalash boʻlib (bu ruxan baquvvat insonlarga xos), boshqa tomondan qaraganda, bunday oʻzini — realizatsiyalash — imkoniyatlari cheklanganligini tan olish, olamga taʼsir etishning zoʻrlikdan boshqa yoʻlini koʻrmaslikdir.

Psixologiya fanlari nomzodi V.A.Sosnin individlarni terrorizm yoʻliga kirib qolishiga sabab boʻluvchi bir qator shaxsiy sifatlarni sanab koʻrsatadi:

  • Oʻz-oʻziga past baho;

  • Guruhda boʻlishga ehtiyoj;

  • Guruhga qarashli boʻlishni istash;

  • Ijtimoiy adolatsizliklardan jabrlanish;

  • Omadsizliklar;

  • Ijtimoiy jihatdan izolyasiyalanganlik;

  • Hayotiy maqsadlarning yoʻqligi.

Shu bilan birga yuqorida keltirilgan xarakteristikani har bir terrorist shaxsida nomoyon boʻluvchi psixologik oʻziga xosliklar deb aytolmaymiz.
Debrifing — guruhiy psixik jarohat bilan ishlash metodi (Badxen, 2001; Romek va b., 2004). Bu fojea yoki falokatli hodisani birgalikda boshdan kechirgan odamlar bilan tashkil etilgan va aniq tizimlashtirilgan gruhiy ish.
Debrifing tezkor psixologik yordam choralariga kiradi. U hodisa yuz bergandan keyin imkoni boricha tezroq oʻtkaziladi, baʼzida bir necha soatdan keyin yoki fojea ertasiga. Debrifingni oʻtkazish uchun optimal vaqt — hodisadan keyin 48 soat ichida oʻtkazilishidir. Biroq, agar vaqt koʻp oʻtkazib yuborilsa, xotiralar chalkashib va tumanlashib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda, hissiyot va holatini qayta tiklash kerak boʻlganda voqea haqida video yozmalar va filmlardan foydalanish mumkin.
Debrifing muolajasi havfsiz va konfidensial sharoitda olib boriladi. U ekstremal vaziyatlar bilan bogʻliq kechinmalar, reaksiya, hissiyotlar bilan boʻlishish imkonini beradi. Oʻxshash kechinmalarni boshqa odamlarda uchratgan ishtirokchilar yengillashadilar, ichki zoʻriqishlari pasayadi. Guruhda qolgan ishtirokchilardan madad olish imkoni tugʻiladi.
Debrifing maqsadi — boshdan oʻtkazilgan stressdan keyingi psixologik ogʻirlik oqibatlarini pasaytirish. Guruhiy muhokamalashning umumiy maqsadi — psixologik qaygʻuni (azoblanishni) minimallashtirish. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalar yechiladi:

  • kechinma, reaksiya va hissiyotlarni "qayta ishlash";

  • yuz bergan hodisa, unga reaksiya mazmunini va tizimini tushunish yordamida boshdan

  • oʻtkazilayotgan tajribani kognitiv tashqillashtirish;

  • individual va guruhiy zoʻriqishni pasaytirish;

  • oʻz reaksiyalari gʻayri tabiiy va normal emasligi hislarini pasaytirish. Bu vazifa hissiyotlarni guruhiy muhokamalash yordami bilan yechimini topadi;

  • ichki va tashqi guruhiy resurslar mobilizasiyasi, guruhiy qoʻllab quvvatlashni, tushunishni, hurmatni kuchaytirish;

  • yaqin kelajakda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan belgi va reaksiyalarni boshdan oʻtqazishga tayyorlash;

  • kerak boʻlganda keyingi yordamni aniqlash.

Debrifingni istalgan joyda oʻtqazish mumkin, asosiysi oʻtqazilayotgan joy qulay, guruh tashqi taʼsirlar (masalan, telefon qoʻngʻirogʻi) dan izolyasiyalangan boʻlishi kerak. Ishtirokchilar stol atrofiga joylashadilar. Bu anʼanaviy guruhiy terapiyadan yaxshi, agar stullar boʻsh muhit atrofida doira boʻlib joylashsalar ishtirokchilar uchun bu boʻshliq muhiti xavfdek idrok etilishi mumkin. Eng optimal guruh islitirokchilari 10 tadan 15 tagacha boʻlib, debrifingni 2 ta tayyorgarlik koʻrgan mutaxassislar olib boradilar. Sodir boʻlgan voqeaga aloqasi yoʻq shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sessiya vaqti birinchi boʻlib aniqlab olinadi va tanaffuzsiz 2 — 2,5 soatni tashqil qiladi.
Debrifingni "davolash" deb boʻlmaydi. Uning mazmuni stressdan keyingi ogʻir psixologik oqibatlar ehtimolini minimallashdir. Debrifingni olib boruvchi guruhiy ish, havotir, jarohat va yoʻqotish bilan bogʻliq muammo bilan tanishgan boʻlishi kerak. U guruh aʼzolarini intensiv emotsionallikni namoyon qilishlariga qaramay oʻziga ishongan va bosiq boʻlishi zarur.

  1. Debrifing fazalari

Debrifing uch qism va yettita fazadan iborat:


  1. Download 145,78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish