2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari Reja



Download 145,78 Kb.
bet10/13
Sana11.03.2022
Hajmi145,78 Kb.
#489692
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Alomatlar fazasi
Baʼzan bu faza oldingi yoki keyingi faza bilan uygʻun holda oʻtkaziladi. Lekin ayrim holatlarda bu fazani alohida ajratish ancha samarali hisoblanadi.
Alomatlar fazasi paytida ayrim reaksiyalarni batafsil muhokama qilishga toʻgʻri keladi. Ishtirokchilardan voqea xodisa roʻy bergandan soʻng, ular uyga qaytganlarida yoki voqeadan soʻng bir necha kun oʻtganda sizda qanday alomatlar kuzatiladi kabi savollar bilan murojat etishlari mumkin. Albatta xodisa kechinmalari toʻgʻrisida savol berilgandan soʻng, odatiy turmush tarziga qaytish borasidagi savollarni ham berib oʻtish lozim.
Yuz bergan voqealardan soʻng stress holatining yuzaga kelishi bu tabiiy xol boʻlib, kuchli stressni boshdan oʻtkazgan kishi odamovi, kamgap va boshqalardan oʻzini olib qochadigan boʻlib qoladi. Qoʻrquv esa xatti-harakatlarga ham oʻzgartirish kiritishi mumkin. Fobiya reaksiyasi (qoʻrquv) voqea guvohlarida voqea sodir boʻlgan joylarga bora olmasliklarida namoyon boʻladi, ayniqsa bu joy ularning ish joylari boʻlsa, bunday dahshatli voqealardan soʻng ishtirokchilar koʻpincha yashash joylarini oʻzgartiradilar, ish joylarini almashtiradilar, avtomobil tezligini kamaytirgan holda boshqaradilar.
Alohida eʼtiborni oilaviy hayotlariga taʼsir etishi mumkin boʻlgan psixologik jaroxatga qaratishi lozim.
Kishilarga ularning oilasi ular kechinmalarini tushunayotgandek tuyulishi mumkin. Baʼzan debrifingga jabrlanuvchilarning oilalarini ham jalb etish foyda beradi. Albatta ular bu hislarini his qilishi uchun tasmalar yoki qoʻlyozmalami oʻqib chiqishlari kerak boʻladi. Bir muddat oila aʼzolariga shunday voqealar bayon etilgan faktlarni koʻrsatish, ularga yaqin kishilarning axvolini yanada chuqurroq his qila olishlariga imkon beriladi.
Nihoya fazasi (xotimalar)
Bu fazada boshlovchilarning biri ishtirokchilarning reaksiyalari borasida xabar berishi lozim. Buni guruhning faol aʼzolaridan biri amalga oshirishi yaxshiroq hisoblanadi. Natijalarni solishtirgan holda guruh axvolini qoniqarli darajaga koʻtarish mumkin boʻladi. Har bir ishtirokchining individualligi alohida belgilangan boʻlishi lozim. Ishtirokchilarda reaksiyalarni koʻrsatishga majburiyat hissi tugʻilmasligi lozim, agar ular xoxlasalar bu reaksiyalarni xoxlagan paytda koʻrsatishlari mumkin. Agar mavjud boʻlsa xodisani va mashgʻulotni tasmaga yozib olingan surati shtirokchilardagi mavjud reaksiyalarni aniq va batafsil koʻrsatib berishi mumkin.
Albatta buni debrifing paytida amalga oshirish mumkin emas, chunki bu jarayonni izdan chiqarishi turgan gap.
Debrifingdan soʻng ishtirokchilar yana bir necha marotaba debrifing uyushtirib, uchrashuv belgilasalar maqsadga muvofiq boʻladilar. Albatta debrifingda yana bir bor takror qatnashish majburiy emas, xoxlaganlar, jaroxati batamom bitganlar unda ishtirok etishlari mumkin. Muolaja reaksiyasi sekin asta ishtirokchilarga namoyon boʻlib boradi.
Qayta moslashish fazasi
Bu fazada kelajak toʻgʻrisidagi tasavvurlar rejalashtiriladi. Guruhning qoʻllab- quvvatlashi asosida guruh aʼzolari qiyinchiliklarni yengib, kelajakka nazar tashlay boshlaydi. Debrifingning muhim maqsadlaridan biri guruh ichidagi psixologik muvozanatni yaratish hisoblanadi. Atrofdagilarning tushunmasliklari oqibatida yuzaga kelgan kechinmalar eng kuchli asoratlarga va stress holatlarga olib keladi. Keyinchalik ishtirokchilar qanday koʻrinishdagi yordamlardan foydalanishlarini muhokama qilish ham juda foydali hisoblanadi.
Bu yerda quyidagi koʻrsatkichlar aniqlashtiruvchi boʻlishi mumkin:

  • Agar alomatlar 6 xafta ichida kamaygan boʻlsa;

  • Agar keyinchalik alomatlar kuchayib, yangilari paydo boʻlgan boʻlsa;

  • Agar kishi uyida yoki ish joyida oʻzini munosib tuta olmasa.

Shunday alomatlar mavjud boʻlsa, davolashni davom ettirish lozim. Yordamning keyingi yoʻnalishlarini oydinlashtirib olish uchun guruh aʼzolari oʻzaro maslahatlashib qaror qabul qilishlari mumkin. Debrifing boshlovchilari ishtirokchilarga bir-birlari bilan aloqani buzmaslik uchun aloqa vositalari bilan almashishlari taklif etiladi (telefon, maktub va h.k.)


Download 145,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish