Uchinchi kun
Nurpkota daryosi – O’rtaqumbel dovoni – Sholkansuv daryosi (Bildirsoy irmog’i) – 13 km.
Yo’l Nurakota daryosining o’ng qirg’og’i yoqalab ketgan. 20 minutcha yurgach, chap qirg’oqda sobiq ot fermasining o’rniga duch kelamiz, yana bir yarim soatdan so’ng Nurakota daryosi hosil bo’ladigan quyilish joyi keladi. Bu erdan yo’l chap irmoq vohasi bo’ylab ketadi, lekin biz so’qmoq bo’ylab undan nariroqqa, Chimyon avtostradasigacha boramiz. O’ng qirg’oq bo’ylab yo’l keyingi qo’shilish joygicha, undan O’rtaqumbel dovoniga (1881 m) boradi. Dovondan chapga qarab yurish, daryo ortida kontrfors bo’ylab pastga, Sholkansuv daryosiga tushish kerak. Atrof – archazor o’rmonlar, daryo yaqinida tunash uchun qulay yalanglik bor, suvi juda toza.
Do'stlaringiz bilan baham: |