Ikkinchi kun
Oqsoqota daryosi – Nurakota daryosi – Berkota daryosi – 18 km.
Erta tongda Oqsoqota daryosi oqimi bo’ylab asfalt yo’lga ulanadigan shag’al yo’ldan pastga qarab yuramiz, 3 km dan keyin o’rmon xo’jaligi chegarasi keladi. Bu erdan asfalt yo’l chapga dovonga va undan keyin Chirchiq shahriga qarab ketadi. Bizning yo’limiz esa Oqsoqota daryosining oqimi bo’ylab, lekin endi Nurakota daryosi boshlanadigan joygacha boradigan tuproq yo’ldan pastga qarab ketadi. Chegaradan bir kilometr narida Nurakota daryosi bilan qo’shilish oldida ko’prik keladi. Oqsoqotaning chap qirg’og’iga o’tamiz. Bu erda keng terrasa bor. Yo’l Nurakota daryosining chap qirg’og’i yoqalab ketgan. Ko’prikdan Berkota daryosigacha 3 soat yuriladi. Daryolar tutashadigan joy yaqinida tunash uchun yaxshi yalanglik, shuningdek buloqlar, cho’milish uchun joy bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |