2-Mavzu. Ekologik barqaror rivojlanish kontseptsiyasi. Ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirishda ekologik omillarning roli Eksternallar. Iqlim o‘zgarishlari muammosi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish turlari va uning hozirgi


Yerning iqlimiga ta’sir etuvchi omillar



Download 124,76 Kb.
bet7/13
Sana01.05.2023
Hajmi124,76 Kb.
#934105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2-маъруза матни

Yerning iqlimiga ta’sir etuvchi omillar.
–Iqlim o‘zgarishiga tabiiy omillar va inson faoliyati sabab bo‘ladi.
Jumladan, tabiiy omillarga Yer, Quyosh, Oy va boshqa sayyoralar harakatidagi o‘zgarishlar, vulqonlar faollashuvi, iqlim isishi natijasida yuzaga keladigan jarayonlar kiradi.
Insonlar esa yoqilg‘ilarni yoqish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali iqlimga ta’sir qiladi. Iqlim o‘zgarishining ekologik va ijtimoiy oqibatlari keyingi yillarda ayrim mintaqalarda to‘fon, o‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchilik, toshqinlar, haroratning keskin isib ketishi bilan bog‘liq holatlar sezilarli darajada ko‘payishi orqali namoyon bo‘lmoqda. Ba’zi davlatlarda iqlim o‘zgarishi ta’sirida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligining pasayib ketishi esa bevosita oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.
Global iqlim o‘zgarishi – XXI asrning asosiy muammolaridan biri. Insoniyatning taraqqiyotga erishish yo‘lida tabiatga nisbatan xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga sabab bo‘layotir.
Ob-havo va iqlim nima? Ob-havo ma’lum hududdagi atmosferaning 10-12 kilometr balandlikda bir vaqtdagi, bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Ob-havoning qator meteorologik kattaliklariga havo harorati, havo namligi, havo bosimi, shamol tezligi va yo‘nalishi, bulutlar va turli atmosfera yog‘inlari turi va jadalligi, nurli energiya va issiqlik oqimlari kabilar kiradi.
Iqlim esa ma’lum bir hududdagi ob-havoning ko‘p yillik rejimi bilan ifodalanib, joyning geografik kengligi, yer usti tuzilishi (orografik, relef), dengiz sathiga nisbatan balandligi, okeanga nisbatan uzoq yoki yaqinligi va boshqa qator omillar bilan aniqlanadi.
Iqlim atamasi grekcha “klima”-qiyalik ma’nosini, ya’ni quyosh nurlarining yerga tushgan paytida og‘ish-tushish qiyaligini anglatadi. Bu atama yunon astronomi Gipparx (mil.avv.160-125 yillar) tomonidan fanga kiritilgan.
Iqlim – quyosh atrofida harakatlanib turadigan Yer sayyorasi yuzasiga yaqin bo‘lgan atmosfera qobig‘ining troposfera qatlamida ro‘y beradigan tabiiy jarayonlar natijasidir. Iqlim fasllar bo‘yicha o‘zgarish xususiyatiga ega. Iqlimga ta’rif beradigan bo‘lsak-“Iqlim deb ma’lum bir hududda uzoq yillar davomida takrorlanib turadigan ob-havo rejimiga aytiladi”. Ob-havo esa iqlim ko‘rsatkichlarining ayni joydagi, ayni vaqtdagi holatidir. Ob-havo bir kecha-kunduzda bir necha marta o‘zgarishi mumkin. Yil davomida ma’lum joyning iqlimida uning fasllariga xos holda ob-havo holatlari sodir bo‘lib turadi.
Iqlimni hosil qiluvchi asosiy omil, manba Quyosh hisoblanadi. Yer yuzasiga tushadigan quyosh nurlarining tushish burchagi qancha katta bo‘lsa, nurlarning issiqlik va yorug‘lik darajasi, quvvati shuncha kuchli, aksincha bo‘lsa shuncha kam va kuchsiz bo‘ladi. Yerning yuzasida atmosfera yoki havo qoplami mavjud, undan biz nafas olamiz va usiz yerda hayot bo‘lishi mumkin emas. Har bir kishi bir kecha-kunduzda 1 kilogramm oziq-ovqat, 3 litr suv va 12 kilogramm havo iste’mol qiladi. Yer atmosferasi yigirmaga yaqin gaz aralashmasidan tashkil topgan. Ularning asosiy qismi – azot va kisloroddan hamda suv bug‘i, azon va mutlaq holatda turuvchi chang va boshqa aerozollardan iborat.
Ob-havoni kuzatish meteorologik stansiyalarda olib boriladi.
Meteorologik kuzatishlar kun davomida har 3 yoki 6 soatda olib boriladi. Bunday bir vaqtda olib borilgan kuzatishlar butun dunyo ob-havo xizmatining (VSP) asosidir. Bunday prinsip meteorologik prognozlar tuzish va dovullardan ogohlantirish va global iqlim haqidagi bilimlarni to‘ldirish uchun kerak.
Shuni alohida aytish joizki, iqlimiy sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar ta’sirida tabiatning rivojlanish bosqichlarida o‘zgarishlar bo‘lib turgan. Bunga Antarktida materigi va Shpisbergen orollarida mavjud bo‘lgan ko‘mir konlari hamda to‘rtlamchi davrda ro‘y bergan takroriy muzlanishlar davri inkor etib bo‘lmaydigan dalillardir. Olimlar iqlimiy jarayonlarda davriy o‘zgarishlar mavjudligini ham e’tirof etadilar.
Iqlimshunos olim A.V.Shnitnikov tomonidan Yerning shimoliy yarim sharidagi quruqliklarda (materiklarda) tabiiy namlikning 1800 yil davomidagi davriy o‘zgarishlari o‘rganilgan. Har bir davr ikki fasldan iborat bo‘ladi, birinchisi 300-500 yil davom etadigan salqin, nam, iliq davr bo‘lsa, ikkinchisi 1000 yildan ortiq kuzatiladigan issiq va quruq iqlim davridir. Keyinchalik olib borilgan tadqiqotlar Shnitnikov fikrini tasdiqladi. Masalan, E. Le Rua Ladyuri Sharqiy Yevropa iqlimini o‘rganar ekan “kichik muzlik davri” bo‘lganligini va asrlar osha, ya’ni har 2000 yilda iqlim keskin o‘zgarishini isbotladi.
Yer tarixida ro‘y bergan iqlimiy o‘zgarishlar paleoiqlimshunoslik fani vakillari tomonidan o‘rganiladi. Bundan tashqari, bu sohaga tegishli paleogeomorfologiya, paleobotanika, paleozoologiya kabi fan ilmiy yo‘nalishlari ham mavjud. Bu o‘rinda geologiya fani alohida o‘ringa ega.
Sayyoramizda hukmronlik qilayotgan hozirgi iqlimiy sharoit asosan yaqin o‘tmishda, to‘rtlamchi davrning quyi, o‘rta va yuqori qismida ro‘y bergan muzlik davridan so‘ng yuzaga kelgan. Yerdagi hayotning asosiy manbai quyosh bo‘lsada, iqlimning hosil bo‘lishida atmosfera qobig‘ining ahamiyati alohida o‘rin tutadi. Atmosfera tarkibining shakllanishi va o‘zgarishi organik dunyoning rivojlanish jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Akademik I.V.Vernadskiy fikri bilan aytganda, u organik dunyoning taraqqiyoti hosilasidir. Atmosfera sayyoramizni o‘ta qizib va keskin sovub ketishdan saqlab turuvchi himoya vositasidir. Yerning havo qobig‘i bo‘lmasa, hayot ham bo‘lmas edi. Iqlimshunoslarning hisoblashlariga ko‘ra atmosferada karbonat angidrid gazi bo‘lmaganda harorat 60S ga, suv bug‘lari bo‘lmaganda esa yer sirtida harorat 250S ga pasayib ketgan bo‘lar edi.
Havo haroratining ko‘tarilishi 1850 yildan boshlab, bugungi kunga kelib 1 darajaga oshgan. Agarda u 2 darajaga yetsa, krizis holatlar vujudga keladi. Sanoat inqilobi amalga oshirila boshlangach atmosferada karbonat angidridning miqdori 30 foizga oshgan. Olimlar iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillarni 3 guruhga – astronomik, geografik va havoni sirkulyatsion omillarga ajratadilar. Bu omillar qanday guruhlanmasin, Yer iqlimining shakllanishida quyidagilar muhim o‘rin tutadi. Bu borada bosh omil quyoshdan yer sirtiga yetib keladigan radiatsiya va yorug‘lik miqdoridir. Yer yuzida suvlik va quruqlikning taqsimlanishi, joyning geografik o‘rni, yer yuzasining tuzilishi, quyosh nurlarining yer sirtidan qaytishi ko‘rsatkichlari, atmosfera tarkibi va sirkulyatsiyasi va havo-dengiz oqimlari kabilardir.
Yer shari iqlimini tabaqalashtirishda turlicha yondashuvlar mavjud. Bular orasida B.P.Alisov tomonidan 1930 yillarda ishlab chiqilgan genetik klassifikatsiyasi ko‘pchilik tomonidan maqullangan.
Bu klassifikatsiyada yil davomida yoki issiq va sovuq davrlarda hukmronlik qiladigan havo massalari tiplari asos qilib olingan. U geografik kengliklar bo‘ylab hukmronlik qiladigan yettita havo massalarini qamrab oladi: ekvotorial, 2 ta tropik, 2 ta mo‘tadil va Arktika, Antarktika. Bunga asosan 4 ta asosiy: ekvotorial, tropik, mo‘tadil, arktika-antarktika va 3 ta oraliq: subekvotorial, subtropik, subarktika-subantarktika iqlimiy mintaqalariga ajratadi. Yuqorida qayd qilingan havo massalarining, iqlim mintaqalarining shakllanishida Yer yuzida radiatsiya balansi, havo harorati va namlikning qutblardan ekvatorga tomon o‘zgarishi asos qilib olingan.
Yer yuzida qaror topgan ushbu iqlimiy sharoit XX asrning o‘rtalariga kelib kuchli antropogen ta’sirga uchradi. Ya’ni, yer yuzasida aholi sonining ortishi, tabiiy resurslarga bo‘lgan talab va ehtiyojning to‘xtovsiz oshishi va nihoyat fan va texnikani rivojlanishi insonning tabiatga ta’sir kuchining ortib borishi Yer shari iqlimining o‘zgarishiga olib keldi va bu jarayon shiddat bilan davom etmoqda.
Bu jarayonni quyidagi dalilllar bilan asoslash mumkin:

  • Atmosferaning kimyoviy, fizik tarkibiga inson faoliyat ta’sirining ortib borayotganligi, Ozon qatlamini yemiruvchi turli is gazlarini hamda karbonat angdrid va boshqa issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarni va aerozollarni chiqarish, turli organik yoqilg‘ilarni yoqish va energiya sarflash orqali atmosfera haroratiga ko‘rsatilayotgan ta’sirning ortib borayotganligi;

  • Tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan o‘zlashtirilishi (yer, suv, o‘rmon, tog‘-kon) tufayli yer sirti albedosining o‘zgarishi;

  • Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi va suv tarkibining ifloslanishi, buzilishi tufayli atmosfera-okean-quruqlik tizimida kechadigan modda, energiya va gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatish;

  • Yer sharida bo‘ladigan, bo‘layotgan etnik nizolar, davlatlararo kelishmovchiliklar, urushlar, xalqaro terrorizm, maishiy va sanoat chiqindilarining tabiatga tartibsiz katta miqdorda chiqarilayotgani;

  • Inson omili ta’sirida yer yuzida modda, energiya almashinuvi tufayli, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni shiddatining ortayotganligi;

  • Kosmosni o‘zlashtirish maqsadida raketalarni fazoga chiqarilishi natijasida Ozon qatlamiga yetkazilayotgan zarar va boshqalar.

Iqlimshunoslarning ma’lumotlariga ko‘ra, yuqorida qayd qilingan jarayonlar tufayli global iqlim isishi kuzatilmoqda. Atmosferada issiqlik gazlari haddan tashqari ko‘p miqdorda to‘planishi dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonlarining o‘zgarishiga olib kelmoqda. Ularning bunday g‘ayritabiiy ko‘payishi inson faoliyati, chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda neft, gaz va ko‘mirdan haddan tashqari ko‘p foydalanilishi natijasida yuz beradi. Miqdori yildan-yilga ko‘payib borayotgan asosiy issiqlik gazlari oksidlangan gaz va metan bo‘lib, ma’lumki, metan tabiiy gazning asosiy elementi hisoblanadi. Ushbu gazlar atmosferada to‘planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik kosmosga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi va atmosferaning isishiga sabab bo‘ladi.
Iqlim o‘zgarishi sababi hisoblangan issiqxona gazlari:
suv bug‘i
karbonat angidrid (SO2)
metan (SN4)
azot oksidi (N2O)
gidroftoruglerodlar (GFU)
perftoruglerodlar (PFU)
oltingugurt geksaftoridi (SF6)
Yer o‘z yuzasidagi infraqizil nurlarni fazoga qayta chiqarmaslik xususiyatiga egadir. Ular yerni issiq “ko‘rpa”ga o‘rab, issiqxona samarasini beradi va Yerdagi haroratni saqlab turadi. Mazkur jarayon Yerni hayot uchun yaroqli qiladi. Issiqxona gazlarisiz Yer hozirgidan taxminan 30 darajaga sovuqroq bo‘lar edi. Ammo afsuski, inson faoliyati natijasida atmosferaga yuqorida keltirib o‘tilgan gazlar chiqarilmoqda. Raqamlarga e’tibor bersangiz, bir kunda dunyoda 9 milliard litr neft yoqiladi. Buning natijasida havodagi SO2 ning miqdori yiliga 30% ga ortib bormoqda. Uning oqibatlari esa quyidagicha: harorat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Muzliklar eriganda okean suvining harorati va fizik xossalari, okean oqimlari, mazkur oqimlarga bog‘liq bo‘lgan mamlakatlarda iqlim, global gidrologik sikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o‘zgaradi. Oqibatda yog‘ingarchiliklar amplitudasida katta o‘zgarishlar yuz berib u o‘ta ko‘p yog‘in yog‘ishi yoki umuman yog‘masligi bilan belgilanadi, qurg‘oqchilik va toshqinlar soni ko‘payadi, tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko‘chkilar yuz beradi. Bir qarashda bu uncha qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmasligi mumkin. Ammo Yerda harorat yana 5 darajaga ko‘tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo‘lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug‘iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o‘rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi.
Iqlim o‘zgarishi muammosi O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlar qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– cuv resurslari taqchilligining kuchayishi;
– o‘rtacha haroratning oshishi;
– yog‘ingarchiliklarning notekis taqsimlanishi – yog‘ingarchiliklarsiz qurg‘oqchilik uzoq davom etishi va bir martada ko‘p miqdorda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi;
– qishloq xo‘jaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay o‘zgarishi;
– harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bog‘liq muammolar ko‘payishi;
– o‘simliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallar qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalar tubdan o‘zgarishi;
– sahrolashish jarayonlarining kuchayishi, demak, yashash va xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lgan yerlar kamayishi;
– iqtisodiyot sektorlari ta’sirining to‘liq qayta taqsimlanishi va boshqalar.
Albatta iqlim o‘zgarishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni hali hech kim hisoblagani yo‘q. Xo‘sh, bizning faoliyatimiz iqlim o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadimi? Albatta, ha. Avvalo bu avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlar, neft, gaz, ko‘mir va o‘tinni yoqish oqibatida ajraladigan SO2, atmosferadagi aerozollar, sement sanoati. Shuningdek dehqonchilik, ozon qatlamining yupqalashishi, chorvachilikning rivoji, o‘rmonlarning kesilishi ham iqlim o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 1901-2012 yillarda o‘rtacha global harorat selsiy bo‘yicha 0,89 darajaga ko‘tarilgan. Bu 1400 yil mobaynidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Xavotirli tomoni shundaki, bu jarayon davom etishi bashorat qilinmoqda. Ya’ni, 2016-2035 yillarda sayyoramizda havo harorati yana 0,3-0,7 darajaga ko‘tarilishi ehtimoldan xoli emas. Buning oqibatida yaqin o‘n yillikda qish chillasida harorat 20-30 daraja issiqqa ko‘tarilishi, yozda esa havoning sovub ketishini kuzatish mumkin. Eng achinarlisi, issiqxona effekti oqibatida dunyo aholisini, xususan siz-u bizning ichimlik suvimiz bo‘lmish tog‘lardagi muzliklarning zahiralari erishi natijasida kamayib boradi. 1960 yildan boshlab bugungi kunga qadar Yerdagi qor va muz qoplami 15 foizga qisqardi.
Sharqiy-Yevropa mintaqasi, Markaziy Osiyo va Kavkaz (jami 28 mamlakat) mamlakatlarining sezuvchanlik va tez zarar ko‘rishi darajasini tavsiflovchi miqdoriy baholash o‘tkazilgan. Baholash natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston iqlim o‘zgarishlariga juda sezuvchan (2 o‘rin) va undan zararlanadigan (6 o‘rin) mamlakat hisoblanadi. O‘zbekiston uchun xavfli tabiat xodisalari oqibatida extimoli bo‘lgan o‘rtacha yillik yo‘qotishlar hajmi 92 mln AQSh dollarini tashkil etib, bu Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun eng yuqori ko‘rsatgich hisoblanadi.
Iqlim isishi, ya’ni havo haroratining global ortishi muammosini bartaraf qilish juda murakkab vazifadir. Chunki, bu muammo ham “tabiat-inson-jamiyat” munosabatlariga, ya’ni uchlikning muvozanatiga, uyg‘un rivojlanishiga bog‘liqdir. Ushbu muvozanat yo‘llarini topish va uni saqlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
-iqlim o‘zgarishi muammosi mazmun-mohiyatini chuqur anglash, yer shari aholisi, davlatlar, xalqaro tashkilotlarning hamkorligiga erishish;
– issiqxona hosil qiluvchi gazlar emissiyasini (atmosferaga chiqarishni) kamaytirish imkoniyatini beradigan yangi texnologiyani ishlab chiqish va unga o‘tish;
– muqobil energiya manbalariga o‘tish va ularning samaradorligini oshirish;
-ekinzorlardan, ayniqsa sholipoyalardan metan gazining ajralib chiqishini kamaytiradigan texnologiya va usullarga erishish;
-uy-joy va binolarni isitishda tejamkor, ekologik talablarga javob beradigan usullarni joriy etish;
-har bir insonda “Sayyoramiz-umumiy uyimiz” tuyg‘usi va mas’uliyatini oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish;
-maishiy chiqindilarni oqilona bartaraf qilish texnologiyasini takomillashtirish;
-iqlim isishi indikatori va oqibatlarini xududlar doirasida o‘rganish va uni bartaraf qilishning geografik asoslarini izlash va ushbu mavzuda loyihalarni ishlab chiqib amaliyotga tadqiq qilish


1. Insonning tabiatga ta’sir etishi, kishilik jamiyati rivojlanishi. Fan-texnika inqilobi va texnikaning rivojlanishi davrida, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan xususiy mulk egalarining maksimal daromad olishga intilishi. XVIII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT) insonning tabiat ustidan xukmronligi mustahkamladi. Inson ITT yordamida tog‘larni o‘rnidan siljitish, daryolar yo‘nalishini o‘zgartirish, sun’iy dengizlarni yaratish va ulkan cho‘llarni mahsuldor vodiylariga aylantirish qudratiga egadir. Keyingi yillarda insonning ishlab chiqarish-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati ulkan miqyoslarga yetdi.
XIX asrning oxiri va XX asrning o‘rtalariga qadar ijtimoiy ishlab chiqarish oqibatlarining atrof-muhitga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida xech kim o‘ylamagan va bunga ehtiyoj ham bo‘lmagan. XX asrning o‘rtalaridan boshlab ITT xamma sohalarni qamrab oldi, uning atrof muhitga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish esa hayotiy zaruriyatga aylandi.
ITT tabiatdan foydalanish borasida misli ko‘rilmagan salbiy oqibatlarga olib keldi. Inson hozirgi kunda o‘z imkoniyatlaridan “takabburlik” bilan foydalanishi, tabiat qonunlariga “ruxsatsiz” aralashuvi, xo‘jalik faoliyati natijasida uni o‘ziga moslashtirishga intilishi bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Muammoning boshqa bir jihati borki, u ba’zan keng jamoatchilik e’tiboridan chetda qoladi. Bu ilmiy texnika taraqqiyotining tabiatdan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish borasidaga o‘rni va rolini belgilash muammolardir.
Bu muammolar tabiatni muhofaza qilish borasidagi bilimlarni rivojlantirish bilan bog‘liq.

Download 124,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish