N. N. Lange - Jahon psixologiyasi faniga o’zining durdona asarlari bilan tanilgan olimlardan biri-bu rus psixologi N. N. Lange hisoblanadi. U o’zining "Irodaviy diqqat nazariyasi" degan kitobida (1893 yilda bosilgan) diqqatning nazariyasiga baqishlangan jamiki ishlarning xronologik tarzda turkumlarga (gurushlarga) ajratib xayrli ishni amalga oshirgan.
N. N, Langening nazariy muloshazalarini turkumlashtirish muammosi yuzasidan fikrlar - P. Ya. Galperinning asarida ham keng joy ajratilgan ( P. Ya. Galperin, S. L. Kabilniskaya. Formirovanie (eksperimentalnoe) vnimaniya. M. : MGU, 1974). N. N. Lange diqqat muammosini o’rganishning qadimgi davrdan boshlab, to XIX asrgacha bo’lgan rivojlanish bosqichini sakkiz turkumga ajratgan holda tashlil qiladi va ularning har birini o’ziga xos xususiyatlari atroflicha ochib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |