2-mavzu: demokratik jamiyat toʻGʻrisida qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari


Jadidchilik harakatining ma’rifatparvarlik va vatanparvarlik



Download 31,29 Kb.
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi31,29 Kb.
#204892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu

2.3. Jadidchilik harakatining ma’rifatparvarlik va vatanparvarlik

qarashlarida demokratik tamoyillar.

Milliy davlat mustaqilligi uchun kurashda ozodlik harakatlarining oʻziga xos xususiyatlari hamda shart -sharoitlarini siyosiy jihatdan tahlil qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Xususan, jadidlarning mustaqillik uchun kurash gʻoyalarining vujudga kelishi nazarda tutiladi. Millat ozod boʻlib, oʻzining mustaqil davlatini oʻrnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab boʻlmasligi Behbudiy kelgan birinchi xulosalardan edi. Ayni paytda, bunday gʻoya milliy istiqlolchilik harakatining asosini tashqil etgan. Jadidchilar asosiy e’tiborini jamiyatda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratadilar. Ular yangi usuldagi maktablarni tashqil etish, gazetalar chiqarish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini nashr ettirish, gʻarbning yangi madaniyat va texnologiya uslubiyatlarini joriy etish zaruriyatini hamda uni Turkistonda targʻib etish orqali milliy-dunyoviy ta’limni yuzaga keltirish, ma’naviy hayotni yangilab va boyitib milliy oʻzlikni anglashni yuksaltirishga zamin yaratishga intilganlar. Bunday siyosiy yondashuv bevosita jamiyatda adolatli davlat qurilishining asoslarini rivojlanishiga xizmat qiladigan nazariy omillar ekanligini e’tirof etmasdan boʻlmaydi. Albatta, ular demokratiyaning tom ma’nodagi koʻrinishlaridan uzoqda boʻlganlar.

Turkistonda mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash va uning ijtimoiy-siyosiy asoslarini yorituvchi manbalar Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli, Behbudiy, Fitrat, Avloniy, Huvaydo va boshqalarning asarlarida oʻz ifodasini topgan.

Oʻz davrida jadidlar milliy-madaniy muxtoriyat qurilishi tamoyillarini rivojlantirishga Turkistonda davlatchilik shakli va uni boshqarish qonunlarni joriy etish, sud organlarini tashqil qilish, davlat tuzilmalarini yaratish kabi masalalarga katta e’tibor berishgan. Ammo, shu davr siyosiy sharoiti hamda yerli halqning tushunchasida Turkistonda mustaqil demokratik jamiyat qurish toʻgʻrisidagi qarashlari bir muncha cheklanganligini koʻramiz. Behbudiyning “Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi” dasturida toʻla mustaqil, demokratik jamiyat toʻgʻrisida emas, davlatning avtonomiya shakli nazarda tutiladi. 1917 yildagi Umumturkiston musulmonlarining qurultoyida ham davlatchilik qurilishi toʻgʻrisidagi qarashlarda demokratik yoki federativ shakllari toʻgʻrisida bahs olib boriladi. Ammo, ularning demokratiya va federatsiya toʻgʻrisidagi qarashlari ham aslida konstitusion monarxiya tuzumidan tashqariga chiqib ketolmaydi.

Aynan shu davr voqea-hodisalari bayoni, tafsilotlari hamda muvaffaqiyatsizlikning sabablariga M.Choʻqay “Istiqlol jallodlari”asarida quyidagicha ta’rif beradi: «Birinchidan, ob’ektiv omillar: .Biz kurashga oʻzimiz tanlagan fursatda emas, Rusiya inqilobi jarayoni keltirib chiqargan vaziyat ijoboti bilan kirishdik. Ikkinchidan, sub’ektiv, ya’ni oʻzimizdan boʻlgan omillar: Milliy manfaatlar yoʻlida kurashish lozimligini bilganlari holda turkistonliklar oʻzaro kuchli birlik qura olmadilar va bunga ulgurmadilar».

Turkiston Muxtoriyatining tashqil topishi, uning siyosiy faoliyati, soʻngra inqirozi masalalari mamlakatimizning bir qator olimlari asarlarida oʻz ifodasini topgan.

Milliy istiqlol uchun kurash yoʻllari va shu yoʻldagi maqsad mushtaraklikda boʻlgan emas. Mustaqillikka erishish uchun kurash afsuski, turlicha anglangan va unga turlicha yondashilgan. Ammo, milliy ozodlik harakatining magʻlubiyati yoxud koʻplab ziyoli namoyondalarning qatagʻon qilinishi, shahid boʻlishi bilan millatning hurriyatga boʻlgan intilishi bir soniya ham toʻxtagan emas. Oʻzbek ziyolilarining mustaqillik uchun olib borgan kurashi 30-40-yillarda soʻngra 50-60-yillarda ham turli siyosiy koʻrinishlarda davom etib boradi.

XX asring 80-yillariga kelib, kommunistik mafkura zugʻumi ostida qatagʻonlik siyosati yangi pallaga kiradi. Markaz xodimlari tomonidan uyushtirilgan “Oʻzbeklar ishi”, “paxta ishi” bilan 11 mingdan ortiq Oʻzbekistonlik rahbarlar va oddiy fuqarolar ta’qib ostiga olindi, jazolandi.

Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ziddiyatlashuvi va hodisalarning keskinlashuvi “qayta qurish” yillarida ham oʻz ta’sir koʻlamini kengaytirib keldi. Natijada respublikada jamiyat yaxlitligini parchalaydigan egasizlik holati fuqarolar oʻrtasida parokandalik muhitini yuzaga keltirdi, millatlararo ziddiyatlar, ba’zan toʻqnashuvlar, ayniqsa, davlat boshqaruvida qonunsizlik, boshbodoqlik holatlari vujudga keladi.

Mana shunday qaltis vaziyatda, 1989 yil 23 iyunda Islom Abdugʻanievich Karimov Oʻzbekistonning birinchi rahbari sifatida oʻz faoliyatini boshladi. U qisqa vaqt ichida Oʻzbekistonda vujudga kelgan ijtimoiy tanglik sharoitini barqarorlashtirishga qaratilgan tubdan yangi milliy siyosatni shakllantirishga erishdi. Natijada, siyosiy beqarorlik, fuqarolar va millatlararo nizolarning oldi olindi. Davlat boshqaruvida bosqichma-bosqich demokratik tamoyillar mustahkamlandi - Oʻzbekistonda mustaqil davlat tashqil etishining barcha siyosiy va huquqiy zaminlari yaratildi. Bugungi kunda u «Oʻzbek modeli» sifatida tan olinmoqda.




Download 31,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish