Birinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip, tur)ga kiruvchi muomalalar ta‘sirida balansning aktiv qismida o‘zgarish sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir modda ko‘payadi va boshqa bir modda shu summaga kamayadi. Balansning umumiy summasi esa o‘zgarmaydi.
Misol: Ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish uchun hisob-kitob schyotidan kassaga 50 000 ming so‘m pul olib kelindi. Kassa schyoti 50 000 ming so‘mga ko‘payishi, hisob-kitob schyoti esa 50 000 ming so‘mga kamayishi sodir bo‘ladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
KORXONA BALANSI (ming so‘m)
Aktiv
O‘zgarish
Summa
Passiv
Summa
Asosiy vositalar
1 200 000
Ustav kapitali
1 250 000
Tovar-moddiy zahiralar
600 000
Taqsimlanmagan foyda
450 000
Hisob-kitob schyoti
-50000
700 000
To‘lanadigan schyotlar
848 750
Kassa
+50000
50 010
Budjetga qarzlar
1 260
Balans_____2_550_010__Balans'>Balans
2 550 010
Balans
2 550 010
Ikkinchi tur o‘zgarish. Sodir bo’lgan muomala balansning passiv qismidagi moddalarga ta’sir ko‘rsatib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir moddaning ko‘payishi va boshqa bir moddaning shu summaga kamayishi tushuniladi. Balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi.
Misol: taqsimlanmagan foydaning bir qismi 25 000 ming so‘m ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirildi. Taqsimlanmagan foyda schyoti 25 000 ming so‘mga kamayishi, ustav kapitali schyoti esa 25 000 ming so‘mga ko‘payishini aks ettiriladi.Ikkinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
KORXONA BALANSI (ming so‘m)
Aktiv__Summa__Passiv__O‘z-garish'>Aktiv
Summa
Passiv
O‘z-garish
Summa
Asosiy vositalar
1 200 000
Ustav kapitali
+25000
1 275 000
Tovar-moddiy zahiralar
600 000
Taqsimlanmagan foyda
-25000
425 000
Hisob-kitob schyoti
700 000
To‘lanadigan schyotlar
848 750
Kassa
50 010
Budjetga qarzlar
1 260
Balans
2 550 010
Balans
2 550 010
Uchinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip)ga kiruvchi muomalalar balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir moddaning ko‘payishi va balansning passiv qismidagi boshqa bir moddaning shu summaga ko‘payishi bilan balansning umumiy summasi ham shu summaga ko‘payadi.
Misol: mol etkazib beruvchilardan 35 000 ming so‘mga xom-ashyo materiallar olindi, lekin puli to‘lanmadi.
Balansning aktiv qismidagi xomashyo materiallar schyoti 35 000 ming so‘mga ko‘paydi, passiv qismidagi mol etkazib beruvchilarga to‘lanadigan schyotlar ham 35 000 ming so‘mga ko‘payadi.
Uchinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
KORXONA BALANSI (ming so‘m)
Aktiv
O‘z-garish
Summa
Passiv
O‘z-garish
Summa
Asosiy vositalar
1 200 000
Ustav kapitali
1 275 000
Tovar-moddiy zahiralar
+35000
635 000
Taqsimlanmagan foyda
425 000
Hisob-kitob schyoti
700 000
To‘lanadigan schyotlar
+35000
883 750
Kassa
50 010
Budjetga qarzlar
1 260
Balans
+35000
2 585 010
Balans
+35000
2 585 010
To‘rtinchi tur o‘zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda va passiv qismida boshqa bir modda shu summaga kamayadi, balansning umumiy summasi ham shu summaga kamayadi.
Misol: hisob-kitob schyotidan mol etkazib beruvchilarga olingan xom-ashyo materiallar uchun 600 000 ming so‘m to‘landi.
Balansning aktiv qismidagi hisob-kitob schyoti 600 000 ming so‘mga kamaydi, passiv qismidagi to‘lanadigan schyotlar ham 600 000 ming so‘mga kamaydi.
To‘rtinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
KORXONA BALANSI (ming so‘m)
Aktiv
O‘z-garish
Summa
Passiv
O‘z-garish
Summa
Asosiy vositalar
1 200 000
Ustav kapitali
1 275 000
Tovar-moddiy zahiralar
635 000
Taqsimlanmagan foyda
425 000
Hisob-kitob schyoti
-600000
100 000
To‘lanadigan schyotlar
635 000
Kassa
50 010
Budjetga qarzlar
-600000
100 000
Balans
1 985 010
Balans
1 985 010
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
I va II tipdagi o‘zgarishlar oldingi balans summasini hech qachon o‘zgartirmaydi.
III va IV tipdagi o‘zgarishlar albatta oldingi balans summasini o‘zgarishiga olib keladi, jumladan uchinchi tip o‘zgarishlar balans summasini oshishiga, to‘rtinchi tip o‘zgarishlar balans summasini kamayishiga sabab bo‘ladi.
Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari bir vaqtning o‘zida aktivni bir summaga oshirib, passivni esa o‘sha summaga kamaytirishi mumkin emas.
Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari aktivni bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga), passivni esa boshqa bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga) olib kelishi mumkin emas.