2-mavzu bo’yicha seminar savollari



Download 55,89 Kb.
bet6/9
Sana29.01.2022
Hajmi55,89 Kb.
#416610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 mavzu falsafa

Ahmad Donish (1827-1897) bo’lib, u falsafa, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, tarix sohasida asarlar yozgan. 
U mamlakatni odilona boshqarish uchun islohot zarurligini uqtiradi. Davlat, olimning nuqtai nazaricha, xalqning 
manfaatini himoya qilishi, hukmdor esa, bilimdon, aqlli bo’lib o’z atrofidagilar bilan kengashib davlatni idora qilishi 
lozim. Bunday fikrlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar olimning «Navodirul-vaqoe» va boshqa risolalarida o’z ifodasini 
topgan. Olimning asarlari o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. 
XIX asrning ikkinchi yarmida ijod etgan qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Berdaq (1827-1900) «Omongeldi», 
«Xalq uchun», «Ahmoq podsho», «Yaxshiroq», «Bo’lgan emas», «Ernazarbiy» kabi asarlarning muallifidir. Ushbu 
asarlarda mutafakkir qoraqalpoq xalqining turmush tarzini, o’sha zamondagi hayotini mohirona tasvirlaydi. Berdaq 
asarlarida axloq va xulq-odob, nafosat va go’zallik, vatanparvarlik, insonparvarlik, tenglik, qahramonlik va mardlik, 
mustaqillik, haqiqat uchun kurash kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar keng o’rin olgan. 
Uning ijtimoiy-falsafiy va axloqiy qarashlari yoshlar ongida ma’naviyat va milliy mafkurani shakllantirishda 
muhim tarbiyaviy kuchga ega. 
Ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandalaridan biri Furqatdir (1859-1909). Zokirjon Holmuhammad o’g’li Furqat 
Qo’qonda dunyoga keladi. U «Ilm xosiyati», «Akt majlisi xususida», Toshkent shahrida bo’lg’on nag’ma bazmi xususida», 
«Vistavka xususida», «Shoir ahvoli va she’r mubolag’asi xususida» va boshqa ko’plab asarlarida ma’rifatparvarlik g’oyalarini 
ilgari suradi. 
Furqat o’ta murakkab davrning ziddiyatli tomonlarini, mamlakat qoloqligining tub sabablarini haqqoniy idrok qiladi. Bu 
qoloqlikning asl sababi jaholatda, urush-janjallarda deb bildi. Xon va beklarning o’zaro nizolari, ularning savodsizligi va 
johilligi, ochko’z va tamagirligi, tekinxo’rligi mamlakat va xalqqa ofat va kulfat keltirayotganini u ko’ra bildi. 
Furqat jamiyatdagi salbiy illatlar va adolatsizliklarni bartaraf etishda, ma’rifat, ilm-fan, ta’lim-tarbiya muhim 
ahamiyatga ega ekanligini chuqur tushunib etdi. 
O’sha davr ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandalari Muqimiy (1850-1903), Zavqiy (1853-1921), Anbar 
Otin (1870-1914), Hamza (1889-1929) ijtimoiy ziddiyatlar kuchaygan davrda yashadilar. Ular jamiyatdagi illatlarni 
tanqid qilish bilan ajralib turadilar. 
Muqimiy o’z dunyoqarashida erkin jamiyat, insof va adolat, insoniylik, iymon-e’tiqod, erk, barkamol inson haqida fikr yuritdi, 
adolatsizlik, zo’ravonlikka asoslangan jamiyatni qoraladi. 
U «Veksel», «Urug’», «Asrorqul», «Dodxohim», «To’y», «Tanobchilar», «Moskovchi boy» va boshqa xajviy 
asarlarida ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, o’zboshimchalik va zo’ravonlik, og’ir soliqlarni haqqoniy ravishda 
tasvirlaydi. 
O’zbek adabiyoti va madaniyatining yirik vakili Hamza Hakimzoda Niyoziy dunyoqarashining shakllanishida 
Fuzuliy, Navoiy, Hofiz, Furqat va Muqimiylarning adabiy merosi muhim rol o’ynadi. Hamza «Maysaraning ishi», 
«Istibdod qurbonlari», «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» va boshqa ko’plab asarlarning muallifidir. U ma’rifat, 
bilim egallash, baxtli va farovon hayotga intilish g’oyalarini ilgari suradi. Hamza jaholat, bilimsizlik, firibgarlikni 
qoraladi, rus amaldorlarining yaramas xatti-harakatlarini fosh etdi. 
Hamza maktab va maorif ishlarida faol qatnashib, bolalarni bilim egallashi uchun jonbozlik ko’rsatdi, doimo haqiqat uchun 
kurash olib bordi. Uning ma’rifatchilik g’oyalari ijtimoiy-falsafiy fikr va ma’naviyat rivojiga muhim hissa bo’lib qo’shildi. 
Turkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik g’oyalarining vujudga kelishida muhim o’rin egalladi. 
Lekin Sho’rolar davrida jadidchilik ko’pincha bir tomonlama talqin qilindi, uning g’oya va maqsadlarini soxtalashtirish 
va hatto uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham bo’ldi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng bu harakatni 
xolisona va ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug’ildi. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari 
Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib bordilar. Jadidchilik 

harakatining muhim xususiyati uni milliy-ozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyani vujudga kelishi bilan 


chambarchas bog’liqligi edi. 
O’sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari etishib chiqdi. Bular Munavvar Qori, Avloniy, Behbudiy, 
Fitrat, Cho’lpon va boshqalardir. 

Download 55,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish