2-mavzu. Borliq falsafasi (ontologiya)



Download 98,16 Kb.
bet1/14
Sana02.07.2022
Hajmi98,16 Kb.
#733339
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-мавзага Борлик фалсафаси

2-MAVZU. BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA)




Borliq tushunchasi va uning mohiyati. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon,vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.O’quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o’rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o’zaklarga ega bo’lib («ontos» -«borliq», «logos»
«so’z», «ta’limot»), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo’ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O’z navbatida, ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o’z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko’p jihatdan belgilaydi.
Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug’ati»da, so’ngra, X.Volf (1679 -1754)ning falsafaga oid darsligida qo’llanilgan bo’lsada, ulardan ilgari qadimgi yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini ifodalovchi turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni nohaqiqiy borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta’limotdir» deb hisoblashgan. Eley maktabi namoyondalari esa ontologiyani mangu, o’zgarmas, yagona, sof borliq haqidagi ta’limot deb hisoblashgan. Milet va Ioniya maktabi vakillari esa dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl «stixiya», Demokrit «:atomlar», Anaksimandr «apeyron», Anaksagor «urug’» deb atagan. Aflotun esa g’oyalar ontologiyasini yaratgan. G’oyalar ontologiyasi aql bilan erishiladigan mohiyatlar ierarxiyasini tashkil etib, uning yuqori nuqtasida Farovonlik g’oyasi, undan keyin beto’xtov oquvchi xilma-xil hissiy dunyoni aks ettiruvchi ideal namunalar, sonlar, geometrik shakllar yotadi. Arastu fikricha umumiylik ayrim holda yakka narsalardan chetda mavjud emas. Biz olamda ayrim narsalarga duch kelamiz va ulardagi bir-biriga o’xshash jihatlarni umumlashtirib, abstrakt va ideal obraz hosil qilamiz. Shu tariqa Arastu empirizm ontologtyasini yaratdi.

Download 98,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish