imidj yaratish baholash
ta`sir ko`rsatish o`qitish
Koʻrsatma uchun: koʻrsatma berish funksiyasi oʻzgarmas boʻladi va muhimi buyurish xususiyati bilan shugʻullanadi. Ozmi-koʻpmi buyurish
xususiyatidadir. Bu bilan aloqa qiluvchi keyingi darajadagi shaxsga muayyan vazifalarni bajarishiga imkoniyat yaratish uchun kerakli koʻrsatmalarni va yoʻriqlarni berishi tushuniladi. Bunda koʻrsatmalar, asosan, yuqori darajadan quyi darajaga beriladi.
Integrallashish uchun: bu jamlovchi funksiya boʻlib, unda integrallashuv
faoliyatlari sinaladi. Integrallashuv funksiyasi, asosan, biznes tashkilotlarining turli xil funksiyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishdir. U turli boshqaruv funksiyalarining birlashuviga yordam beradi.
Ma’lumot berish uchun: tashkilotdagi muloqot funksiyalari yoki shaxs va guruhning muayyan vazifasi yoki kompaniya siyosati(tartib –qoidalari), yo
boʻlmasa, jarayonlari haqida ma’lumot berishdir. Yuqori darajadagi boshqaruv a’zolari quyi darajaga oʻrta daraja vakillari orqali siyosat (tartib-qoidalari) yetkazadilar. Oʻz navbatida, quyi daraja munosabatlarini oʻrta daraja vakillari orqali yetkazadilar. Ma’lumot tashkilotda vertikal, gorizontal va diagonal tarzda yoyilishi mumkin. Muloqotning asosiy maqsadi ma’lumotga ega boʻlish yoki boshqalarga xabar berishdir.
Baholash uchun: faoliyatlarning tekshiruvida vazifalarning bajarilish qiymatini belgilash fikrni shakllantirish muloqot orqali erishiladi. Muloqot shaxs
yoki jamoaning tashkilotga qoʻshgan hissasini baholash vositasidir. Oʻzining qoʻshgan hissasini, boshqa birovning ishlab chiqarish unumdorligini yo boʻlmasa, ba’zi gʻoyaviy rejasini baholash samarali muloqot jarayonini talab etadi.
5. Koʻrsatmalar uchun: muloqot yuqori boshqaruv a’zolari yoki boshqaruvchi tomonidan koʻrsatma(farmoyish)larni chiqarish uchun zarur. Ishchi oʻzidan yuqori lavozimdagi shaxs tomonidan koʻrsatma berilganda unumdorlikni oshira oladi. Koʻrsatmalar boshqalarga ogʻzaki yoki yozma tarzda berilishi mumkin. Buyruq oddiy buyruq, talab buyrugʻi yoki nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
6.Oʻqitish uchun: ish joyida Shaxsiy xavfsizlik ahamiyati nihoyat darajada e’tirof etilgan. Toʻliq muloqot jarayoni ishchilarni ish joylarida Shaxsiy xavfsizliklari haqida oʻqitish va ta’lim berishliklarini talab etadi. Bu muloqot ishchilarga muloqot, tavakkalchilik va x.k.larning oldini olishlariga, shu bilan birga xarajat, jarayon va hokazolarga yordam beradi.
Ta’sir koʻrsatish uchun: toʻliq muloqot jarayoni boshqalarga ta’sir koʻrsatish va ta’sirlanishda zarurdir. Shaxsning boshqalarga ta’sir koʻrsatish imkoniyati boʻlarkan, u osonlik bilan boshqalarni unday oladi. Bu aloqaning samarasini anglatuvchi javob reaksiyasini ta’minlaydi.
Imidj (koʻrinish)ni yaratish uchun: biznes korxonasi jamiyatning boshqa qismidan ajrala olmaydi. Jamiyatda faoliyat yuritayotgan korxona va jamiyat
oʻrtasida oʽzaro munosabat va oʻzaro bogʻliqlik boʻladi. Ish obroʻsi va ishonch
omma orasida yaratilishi zarur. Bu jamiyatda firmaning koʻrinishini koʻrsatib beruvchi oʻzga vosita bilan muloqot orqali bajarilishi mumkin. Samarali tashqi muloqot tizimi orqali jamiyatga korxona oʻzining maqsadlari, faoliyatlari, istiqboli va jamiyatdagi mas’uliyati haqida ma’lumot berishi kerak.
Ishchilarning xabardorligi (moʻljal olishi) uchun: yangi ishchi tashkilotga kelgan vaqtida tashkilot dasturlari, siyosati, madaniyati va hokazolarni bilmaydi. Muloqot orqali insonlar tashkilotda hamkasblari, yuqori lavozimdagilarning siyosati, maqsadi, qoidalari va tartibga solish kabilar bilan tanishadilar.
ko'rsatma funksiyasi
Integrallashuv funksiyasi
Malumot berish funksiyas
Baholash funksiyasi
Ko'rsatmalar funksiyasi
Aloqa
O'qitish funksiyasi
Ta'sir ko'rsatish funksiyasi
Imij yaratish funksiyasi
Ishchilarni habardor qilish
funksiyasi
Boshqa funksiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |