Og‘zaki nazoratning afzalliklariga shaxsiy munosabat, o‘qituvchining o‘quvchi-talaba bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlami yanada chu- qurroq tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qo‘shimcha savollar berish imkoniyatlari kiradi. Bunda talaba bilan jonli muloqot olib boriladi. Oquvchi-talaba o‘z fikrini o‘rtoqlashish, boshqalar- ning nuqtayi nazarini tahlil qilish uchun katta imkoniyatga ega. Pedagog tomonidan qo‘yilgan savolga og‘zaki javob berishga tayyorlanish doimo talabaning faol fikrlashi bilan bog‘langan.
0‘quvchi-talabalar bilimini baholashda testlar muhim o‘rin tutadi. Testlarni yakuniy nazorat dan tashqari mavzuni boshlashdan awal ham, joriy va oraliq nazoratda ham qo‘llash mumkin.
Mavzu bo'yicha dars o‘tishdan avval qo‘llanilgan pre-testlar talabalar diqqatini shu testdagi asosiy xatolarga, o‘rganilayotgan kategoriyalaiga qaratish imkonini beradi. Pre-testda unga tanish bo'lmagan g‘oya, tushuncha, gohida alohida so‘z bilan to‘qnash kelib, ulami mustaqil o‘rganishga harakat qiladi. Ular talabani mustaqil ishlashga undaydi, yo‘llanma beradi.
Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Bu ayniqsa, oraliq testlar o'tkazish uchun qulay, chunki test javoblariga ko'ra o‘qituvchi dastur bo'yicha o‘z ishini, dars o‘tiladigan savollami ko'rib chiqadi, kelgusida dars o'tishda qaysi savollarga ahamiyat berishni mo'ljallaydi.
Testlar talabalar bilimini sinash va baholashda qator afzalliklarga ega bo'lish bilan birgalikda, kamchiliklari ham bor. Test savollarini tuzish ko‘p mehnat, vaqt talab qiladi. Shuning uchun keyingi paytlarda o'qituvchilar ko‘proq tayyor test savollaridan foydalanishmoqda. Testning yana bir kamchiligi, tavakkal qilib javob topishning mumkinligidir.
0‘quvchi-talabalar bilimini sinash va nazorat qilishda
Do'stlaringiz bilan baham: |